Islomiy faktlar  ( 44839 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  20 Yanvar 2010, 15:37:42

Maymuna onamiz avval ikki marta: Mas’ud ibn Amrga, u kishidan ajrashgach Abu Ruhmga turmushga chiqdilar. Abu Ruhm vafot etgach, beva qolgandilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Maymuna onamiz Rasuli akram s.a.v.dan 76 ta hadis rivoyat qilganlar. Hadis rivoyat qilish bo’yicha Oyisha onamiz va Ummu Salama onamizdan so’ng 3-o’rinda turadilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Maymuna onamiz 51-hijriyda Rasululloh SAV bilan birinchi marta birga bo’lgan joylari Sarifda vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Maymuna binti Horis onamizning janozalarini Abdulloh ibn Abbos r.a. o’qidilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Yanvar 2010, 07:36:23

Maymuna onamiz Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida yoshlari 26 da edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVdan avvalgi payg’ambarlarda ham ko’pxotinlik bo’lgan. Dovud a.s.ning 100 ta, Sulaymon a.s.ning 300 ta xotinlari bo’lgan. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Rasululloh s.a.v. xolalarining o’g’li Abul Oss ibn Robe’ga turmushga chiqqanlarida yoshlari 10 ga to’lib-to’lmagan edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVning otalari Abdulloh 18 yoshga to’lganlarida bobolari Abdulmutallib Vahobning qizi Ominani xotinlikka olib berdilar. ("œNurul yaqiyn")

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2010, 09:16:06

Abul Oss ibn Robi’ni Badrda Abdulloh ibn Jubayr r.a. asir oldi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Rasululloh r.a.ga Madinaga hijratlarida Kinona ibn Robe’ hamrohlik qildi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Rasululloh r.a. erlaridan ayri holda Madinada 6 yil yashadilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Rasululloh r.a. 8-hijriy Madinada vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2010, 09:18:02

Zaynab binti Rasululloh r.a.ning janozalarini Rasululloh SAV o’qidilar, Baqi’ qabristoniga dafn etildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Rasululloh r.a. vafotlaridan 4 yil keyin Abul Oss ibn Robe’ ham vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV 4 yoshga to’lganlarida Shaqqi sadr hodisasi bo’lib, onalari Halima qo’rqib o’z onalari Ominaga topshirgunlaricha o’sha xonadonda bo’lganlar. ("œNurul yaqiyn")

* * *

Rasululloh SAVning sut onalari Halimaning eri chorvador Haris, kunyasi Abukabsha edi. ("œNurul yaqiyn")

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2010, 07:38:00

Hazrati Ali r.a. Fotima r.a.ga uylanish uchun sovutlarini Usmon ibn Affonga 470 dirhamga sotdilar. Bu pullar kelinga kerakli narsalarga sarflandi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV qizlari Fotimani Ali r.a.ga 400 misqol kumush mahr bilan nikohlab berdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Hazrat Ali va Fotimaning nikohlari paytida Ali ibn Abu Tolib r.a. 25 yoshda, Fotima r.a. 18 yoshda edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

3-hijriyning Ramazon oyida Ali va Fotima r.a. xonadonlarida birinchi o’g’il — Hasan ibn Ali r.a. dunyoga keldilar. Shu kungacha bu ismni hech kim qo’ymagan edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2010, 07:40:36

Rasululloh SAV vafotlaridan 6 oy o’tib-o’tmay, 11-hijriyning Ramazon oyidan uch kun o’tgach, seshanba kuni Fotima r.a. vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Fotima r.a.ning janozalarini Ali ibn Abu Tolib r.a. o’qidilar, Baqi’ga dafn etildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Fotima binti Muhammad r.a. Rasululloh SAVdan 18 ta hadis rivoyat qilganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Ayman r.a.ning birinchi erlari Ubayd ibn Zayd bo’lib, u kishidan Ayman ismli o’g’il ko’rganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2010, 07:44:00

Hazrati Umar r.a. vafot etganida, Ummu Ayman r.a.: "œBugun Islom zaif bo’ldi" — degan ekanlar. O’zlari ham Umar r.a.dan 20 kun keyin vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Sulaym r.a. Rasululloh SAVdan 14 ta hadis rivoyat qilganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV 6 yoshga to’lganlari onalari Ominadan ajraladilar, 8 yoshga to’lganlarida esa bobolari Abdumutallib ham vafot etadi. ("œNurul yaqiyn")

* * *

Imom Abu Hanifa va Imom Shofe’iyning ham "œMusnad" kitoblari mavjud. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Yanvar 2010, 07:54:24

Ko’pchilik ulamolar tomonidan 5-roshid xalifa deb tan olingan, 1-hijriy asr oxirida xalifalik qilgan Umar ibn Abdulazizdir. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

Sunnatlaring rasmiy ravishda yozilib, hujjat sifatida to’planishiga buyruq bergan xalifa — Umar ibn Abdulazizdir. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

Birinchi hadis kitobini tobeinlardan Ibn Shihob az-Zuhriy (124-hijriyda vafot etgan) yozganlar. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

3-hijriy asr "œhadis ilmining oltin asri" deb ataldi. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Yanvar 2010, 07:55:40

Birinchi "œMusnad" egalari Abdulloh ibn Muso al-Abasiy, Musaddad al-Basriy, Hammod al-Xuzo’iylardir. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

Eng birinchi sahih kitob Imom Buxoriyning "œSahih"laridir. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

"œSihohi sitta" (eng sahih 6 kitob):
1. "œSahihi Buxoriy"
2. "œSahihi Muslim"
3. "œSunani Abu Dovud"
4. "œSunani Termiziy"
5. "œSunani Nasaiy"
6. Ulamolarning ixtilofiga ko’ra 6-kitob tarzida "œSunani Ibn Moja", "œMuvattoi Molik", "œSunani Dorimiy" e’tirof etiladi. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

"œMusnad" kitoblarining eng mashhuri Imom Ahmad ibn Hanbalning kitoblaridir. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Yanvar 2010, 16:19:33

Al-Muttaqiy al-Hindiy "œKanzul ummol" kitoblarida 40000 hadisni to’plagan. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

Imom as-Suyutiy hamma hadislarni to’plash niyatida "œJam’ul javome’" nomli kitobga tartib berib, 100000 hadis to’plaganlaridan so’ng vafot etgan. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

Imom Ahmad ibn Hanbal "œMusnad"laridan keltiragan 40000 hadisi sharifni 750000 hadis matnini va ularning roviylarini o’rganib chiqib tanlaganlar. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

* * *

Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.dan 100000 hadisni yod bilgan odam fatvo bersa bo’ladimi, deb so’raganlarida, u kishi yo’q deb javob beribdilar. So’rovchilar yodlanishi lozim hadislarning sonini oshiraverib, 500000 ga yetganida, umid qilaman degan ekanlar. ("œHadis va hayot"-1. "œMuqaddima")

Qayd etilgan