Sahobiy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning shogirdi, Islom tarixidagi ilk mufassirlardan biri Abu Solih bunday yozadi: "œDunyoda hech biro damning farzandlari Ummu Fazlning bolalari kabi bir-biridan olislarga dafn etilmagan. Al-Fazl — Shomda (639), Abdulloh — Toifda (688), Ubaydulloh — Madinada (705), Qusam — Samarqandda (675 yil, Shohi Zinda maqbarasida), Ma’bad — Afrikada dafn etilgan. Halifa Usmon zamonida Shimoliy Afrikani fath etishda qatnashgan edi.
* * *
Bu besh o’g’il Payg’ambarimz sollallohu alayhi vasallamning ayollari Maymuna onamizning opasi Ummu Fazlning farzandlaridir. Ular Islom dinini yoyish uchun dunyo bo’ylab tarqalib ketgan edilar".
* * *
Ummu Fazl va Maymuna onamizning onalari Hind Islom olamidagi eng izzatli, mo’tabar qaynona sanaladi. Bu qaynonaning kiyovlariga bir qarang: Olamlar sarvari Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam, Abbos ibn Abdulmuttalib, Hamza ibn Abdulmuttalib, Ja’fari Tayyor ibn Abu Tolib roziyallohu anhumlar.
* * *
Ja’far 629 yili Mo’ta g’azotida shahid bo’lgach, uning bevasi Asmoni Abu Bakr nikohiga olganlar. U zotdan ham beva qolgach, Hazrati Ali ibn Abu Tolib akasining oilasini o’z qarmog’iga olish uchun unga uylangan.