Kutubxona > O'zbek adabiyoti

Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?

<< < (2/6) > >>

gulasal:
Menga Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asri juda yoqadi. Unda Boburning hayoti juda ta'sirli bayon etilgan.  Kitobni men 9-sinfda o'qib chiqqandim. Asar menga juda yoqadi

Ulugbek-Uz:
Man bu kitobni 10-15 marta o'qigan bo'lsam kerak. Uning davomi "Avlodlar dovoni" ham juda zo'r yozilgan. Temuriylar, Boburiylar avlodi, ixtiloflar, zidiyatlar hammasi tarixiy faktlar asoslanib yozilgani uchun xuddi kino ko'rgandek bolasiz. Bugungi kun yozuvchilarining oldi-qochdi ko'chirma detektivlaridan ming chandon yaxshi.

sn_uk:
assalamu aleykum wa rohmatulloh!
Bu kitobni o'qiganimda Bobur boshidan kechirganlarini o'zim ham birga o'tayotgandek bo'lganman, o'qib bo'lmagunimcha tinchimagnman, oxirida esa uning o'lishini chin ko'ngildan hohlamaganman, va nimagadir yig'laganman  :11
asardagi voqealar, hayot sinovlari shunchalik yorqin ifodalab berilganki, bunchalik mahoratga ega bo'lish uchun odam o'zi hayotda ko'p sinovladan o'tgan bo'lishi kerak manimcha, mashAllah man sevgan asarlardan biri.

Shoxjahon12:
Menga eng ta'sir qilgan asarlardan biri. Asarda hech qanday bo'rttirish va bachkanalik yo'q...
Qayta-qayta o'qisam ham zerikmaganman. Ulugbek aytganlaridek men ham kamida 10 marta o'qiganman.

The_Alchemist:
Bu asar Uzbek adabiyoti durdonalaridan biri. Judayam chiroyli yozilgan odam uqigan sari uqigisi keladi. Afsuski hozirgi kunda hamma yosh yozuvchilar sevgi muhabbatni yozaman deb hamma joyni sayoz asarlarga tuldirib yuborishdi...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version