Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar.
Bugun 1431-hijriy yil muharram oyining 10-kuni.Bu kun "Ashuro kuni" nomi bilan mashhur.Bu kuni tutilgan ro'zani Payg'ambarimiz (S.A.W) eng maxbub amallardan biri ekanligini takidlab o'tganlar.Bu kunni nafaqat musulmolar balki yahudiylar va nasorolar ham ulug'lab ro'za tutadilar.Ibn Abbos roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam Madinaga kelib ,yahudiylar Ashuro kuni ro'zasni tutayotganini ko'rdilar va:
"Bu nima ?" dedilar.
"Bu solih kundir.Bu kun Alloh Bani Isroilni dushmandan qutqargan kun.O'shanda Muso uning ro'zasini tutgan" deyishdi
U zot sollalloxu alayhi vassallam :
"Men sizlardan ko'ra Musoga haqliroqman" dedilar va uning ro'zasini tutdilar,tutishga amr qildilar".
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Payg'ambarimiz (S.A.W) yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshash ishni qilishni yoqtirmas edilar,doimo ularnikidan boshqacha Islom ummatiga xos ishni qilib o'rganganlar.Shuning uchun yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshab faqat o'ninchi kun emas, balki ularga xilof qilib, to'qqizinchi kunini ham ro'zasini tutishlarini aytdilar.Shuning uchun musulmonlar muxarram oyining 9 va 10-kunlarini ro'zasini tutishlari kerak.
Abu Qatoda roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam :
"Allohdan umid qilamanki,Ashuro kunining ro'zasini o'zidan oldingi gunohlarininng kafforati bo'lsa " dedilar".
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan . (Xadis va Hayot 9-juz Ro'za kitobi)
Alloh barchamizni islom va imonda bardavom qilsin Assalomu alaykum varahmatullohi va barakotu.