Assalamu alaykum!
Avvalo qaysi ism yuqoridagi hadis sharhida kelgan
"шунинг учун хунук исмларни гўзал исмларга ўзгартишдан зинҳор бош тортмаслик керак"ligiga mos kelishi yoki kelmasligini ajratib olish kerak.
Hadisi sharifda ham, buyuklarning gaplarida ham
"albatta isming Islomiy bo'lsin!" yoki
"Arabiy bo'lsin!" degan qat'iy buyruq yo'q. Balki
"Албатта сизлар Қиёмат куни ўз исмларингиз ва оталарингиз исми билан чақириласизлар. Бас (шундай экан), исмларингизни чиройли қилинглар!" hadisiga ko'ra chiroyli qilinishiga da'vat bor. U qaysi tilda, qanday shaklda bo'lishi shart qilib qo'yilmagan.
Buni avvalo yetuk ulamo bilan maslahatlashiladi. O'zbilarmonchilik bilan ismni almashtirilmaydi. Haqiqatdan ham ism xunuk bo'lsa, unda almashtirish mumkin bo'ladi. Aynan Nargiza ismi haqida ham Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari almashtirish kerak degan qat'iy fatvoni bermaganlar:
Savol: Asallamu aleykum shayx xazratlari aytingi Nargiza ismini ma'nosi nima diniy taraflama albattda. man eshitganman nar bu do'zaxx yani do'zax gulidur dp. shunga shu isimni ma'nosini bilmoxshi edim.Javob: Нар ёки нор дўзах дегани арабчада. Сиз айтган исм арабча эмас. Шунинг учун, мазкур маънони бу исмга нисбат бериш мумкин эмас. (
Manba)
Ism nafaqat insoniy xislatlarni anglatishi, balki odamning yuzi, fiziologik xususiyatlarini anglatishi ham mumkin va buni Islom man qilmaydi. Masalan, Nabiy alayhissalomning o'zlari Oyisha onamizni “Ey Humayro” deb chaqirganlarini tasdiqlaydigan hadislar mavjud. "Humayro" so'zining ma'nosi esa - "qizil yuzlik"dir.