Internet orqali yaqin do`st topganmisiz?  ( 67934 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 B


Ansora  17 Oktyabr 2009, 11:16:06

İnsonni ishlatgan so'zlaridan uning xarakterini bilsa bo'ladi.
Buni bilish uchun albatta jiddiy tajribaga ega bo'lishingiz kerak.
Hammaga ma'lumki bizning Osiyo qizlari ancha sodda, beg'ubor. Yani tezda ishonishadi.
O'tgan yillarda Qozog'istonda bir voqea yuz bergandi. Amerikada bir qotil internetdan qizlarni aldab, ularga oshiq bo'lgan yolg'oni bilan ularni Amerikaga chaqirar ekan. İlgari ham shunday ish qilgani uchun odam ustasi farang bo'lib ketgan.
Hullas qiz bechora, "men ham meni yaxshi ko'rgan birini topdim", deb yangi sevgilisining jo'natgan pullari bilan Amerikaga keladi. Qotil esa uni turli qiynoqlar bilan o'ldiradi.
Ehtiyot bo'lish kerak, aziz qizlar.
Rabbim yaxshilarni chiqarsin qarshimizga....

Qayd etilgan


IXLOS  17 Oktyabr 2009, 17:44:36

Assalomu aleykum aziz forumdoshlar!!!
Ollohga bexisob shukrlar bo'lsinki men internet orqali Olloh yo'lidagi do'stlarimni topdim.
Ular shunday do'stlarki xar qanday kunda menga Ollohni eslatib turadi menga shuni o'zi kifoya!
Axir biz Ollohni rizoligini topish va visoliga yetishish uchungina yashayapmizku, shunday emasmi?
Bazi insonlarni ko'ramiz biz do'stmiz deb, u bilan birga turli xil gunoxlarni amalga oshirishadi,lekin
bu do'stlik emas, bu ochiqdan-ochiq dushmanlik. Chunki do'stini jahannam sari ketayotganini ko'rib
turib uni qo'llab quvvatlaydilar.

"So'zi va harakati bilan senga OLLOHni va OXIRATni eslatmaydigan kimsa bilan
do'st bo'lma"   "Fuzayil ibn Iyoz"

Yana bir narsa, aytingchi yon atrofingizdagi do'stlaringizdan qaysi biri yoki qanchasi yaxshilikka buyurib,
yomonlikdan qaytaradi va sizga Ollohni eslatib turadi!!!
Ollohga xamd bo'lsin forumdagilardan-chi? yoki boshqa...
Xammalaridan Olloh rozi bo'lsin va barchalariga ofiyat ato etsin!!!  "Omiyn"




Qayd etilgan


Robiya  19 Oktyabr 2009, 02:15:37

:as: Kapalak opa va IXLOS birodarlarning javoblariga qo'shilaman. Hamma narsa niyatga bog'liq,niyatni xolis qilish kerak,duoda sobit bo'lish kerak,inshoALLOH uchratadi do'stni! Men ham internet orqali haqiqiy do'stimni topganman. Alhamdulillah,gina kuduratsiz,istaganimda munosib maslahatini,yordamini ayamaydigan,...fazilatlar egasi!. Alloh u kishidan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


_IYMONA_  03 Dekabr 2010, 07:08:30

Assalamu alaykum. Men ham avvallari internet orqali do'stlashganlarga taajjublanardim... Hammasi to'satdan boshlandi o'zimda ham. Dastlab internetga yangi kirgan vaqtlarim Shayh hazratlariga savol berishdan boshlandi. Keyin Islom.uz, muslimaat.uz saytidan foydalana boshladim. Shu tariqa Allohning izni ila muslima, soliha dugonalar bn tanishdim. Allohga hamdlar bo'lsinkim, menga shunday dugonalarni ato etgan Robbimga...

Qayd etilgan


jasur.best  03 Dekabr 2010, 22:24:46

internetda do'st emas, shunchaki tanish orttirish mumkin. Meni internetda tanishlarim ko'p. Ba'zilar bilan arzimagan masalada tortishib qolamiz va shu bilan umuman gaplashmaymiz. shunaqa gaplar....

Qayd etilgan


UzMuslim  04 Dekabr 2010, 00:40:45

Bir vaqtlar topgandim,hozir esa yo'qotganman,u ham shetlarda Yurubdi,yaqin do'stlar ortirib.maqtanib.

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  04 Dekabr 2010, 10:11:47

:bsm:

Аллоҳга шукур ман нетдан дсст топганман. Улар билан сқинман. Ўша дсстларим билан юрганимда баъзилар ссрашади. Бу оғайнинг билан қатта танишгансан деб - ман шунда интернет орқали топганман десам хайрон бслишади. Аллоҳ бераман деса жойнинг фарқи йсқ назаримда.

Qayd etilgan


JaviK  04 Dekabr 2010, 10:13:32

Ha biz ham Mirolim bilan ziyouz orqali tanishganmiz

Qayd etilgan


IXLOS  04 Dekabr 2010, 12:07:05

Assalamu alaykum aziz forumdoshlar...
Bir vaqtlar topgandim,hozir esa yo'qotganman,u ham shetlarda Yurubdi,yaqin do'stlar ortirib.maqtanib.
   To'g'risi bu gapingizga unchalik tushunmadim boisi men ushbu forumdagi barcha muslim va muslimalarni o'zga bir dunyo sohiblari deb bilaman... Men ham internet orqali, ayni shu forum orqali do'st topganman. Allohim shu do'stlarimni ikki dunyo saodatiga erishtirsin va bizlarni ikki dunyoda hech ayirmasin... Men odamlarga hayron qolaman sababi shuki ular do'stni farqiga bormay qolishgan. Men o'zim har kuni guvohi bo'lamanki dunyo ne'matlariga erishtirsa hatto shahvoniy, hayvoniy ishlarga targ'ib qilsa ana bularni do'st deb biladilar aslida esa ular do'zax sari shaxdam qadam bilan yetaklaydilar. So'zlarim noto'g'ri bo'lsa ma'zur tutasizlar...

Qayd etilgan


Ansora  04 Dekabr 2010, 14:53:27

Bir-birimiz haqida eng yaqin insonlarimdan kam duo qilmaydigan tanishlarim bor.
Men ham esimga kelganida yuragimdan duo qilaman haqlarida.
Demak ancha do'st topibman, alhamdulillah...

Qayd etilgan