Internet orqali yaqin do`st topganmisiz?  ( 84539 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 16 B


Asal  19 Fevral 2007, 15:20:42

Har kimning hayotga bo'lgan ehtiyoji turlicha bo'lganligidan bo'lsa kerak.
Ammo haqiqatan ham internetdan haqiqiy do'st topish mumkin.
Payg'ambarimizning hadislariga ko'ra:
Bir kishini juda ham do'st tutmang, bir kun kelib dushman bo'lishi mumkin.
Bir kishini juda ham dushman ko'rmang, bir kun kelib do'st bo'lishi ham mumkin.

Man sizzi gapizga 100% qo'shilaman :)

Qayd etilgan


Asal  19 Fevral 2007, 15:21:51

Lekin man shettan yaqin do'st topmoqchiman!!!

Qayd etilgan


Shahina  19 Fevral 2007, 16:21:42

Lekin man shettan yaqin do'st topmoqchiman!!!

Assalomu alaykum Asalxon!
Yaxshimisiz?
Forumga xush kelibsiz.
Xudo hohlasa siz bilan ham apoq-chapoq bo'lib ketamiz.

Qayd etilgan


ikbaljohn  21 Fevral 2007, 20:11:17

Ehhe.Internettan topgan do'stlarimmi aytsam sanog'i yo'q.Ular bilan hatto uchrashib ham turaman.Lekin nimagadir mutloq ko'pchiligi qizlar... 8)

Qayd etilgan


Bir muslima  24 Fevral 2007, 16:22:05

Assalomu alaykum,
hayotda topa olmagan bir do'stni netdan topdim. Har bir voqeda bir hikmat bor ekan. Shu do'stligimiz menga ko'p narsani o'rgatdi. Birodarlar, netdan do'st topsa bo'ladi. Faqat shu do'stlik me'yorida bo'lsa. Ba'zila o'g'il bolalar bilan tanishishadi. Ammo, to'g'ri yo'lda foydalanishmaydi. O'zingiz bilasiz, har bir narsani Alloh uchun qilish kerak.

P.S. vaqtdan unumli foydalaning. zero har bir quyosh botishida bir kamayish bor.

Qayd etilgan


Asal  06 Mart 2007, 19:52:19

Man hudo hohlasa mana shu forumdan o'zim bilan tengini topib do'stlashmoqchiman.Bu qiz bo'lsa ham u honim mastura bo'ladilar biza ula bilan uje yaqindan do'st bo'vommiza Hudo hoholasa ula bilan endi endi tanishishni boshladik.Baribir bilmadim lekin ula bilan ko'rishish nasib etarmikan manga??? :D)

Qayd etilgan


Dilnura  04 Aprel 2007, 17:59:22

Ollohga shukurlar bo'lsinki netdan juda zo'r do'stim bor,men u insonga shu kadar ishonamanki....... Men u inson bilan olloh uchun do'stlashganimdan bagoyat hursandman :D
 U inson meni har kandey muammolarimga yordam berib kelgan.
OLLOHGA BEADAD SHUKURLAR KILAMAN,CHUNKI BUNDE INSONLAR JUDA KAM!!!

Qayd etilgan


DilyaD  06 Aprel 2007, 18:27:17

Salom, do'stlar! Internetdan do'st topish juda zo'r, ammo internetdan topgan do'st o'ziga ishonmaganlar uchun faqat internetda qolgani ma'qul, do'stlik bu eng oliy tuyg'u, internet esa do'st topish uchun  qalb va hayotdan keyingi virtual uchinchi maskan. Demak, bu ham do'stlik.

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Aprel 2007, 10:05:47


http://forum.ziyouz.com - INTERNETDAGI ENG YAQIN DO'STIMGA ALLAQACHON AYLANIB BO'LGAN. HAMISHA SHUNDAY BO'LSIN

Qayd etilgan


Xolms  18 Aprel 2007, 19:52:11

Meni ham Inetda do'stlarim bor. Ba'zilari opa bazilari aka yana bazilari... Ko'proq menda ham qizlardan tashkil topgan. uzigabek.clan.su dagidaqa bu yerdan ham do'stlar ortirishni hohleman.

Qayd etilgan