Assalomu aleykum aziz forumdoshlar!!!
Ollohga bexisob shukrlar bo'lsinki men internet orqali Olloh yo'lidagi do'stlarimni topdim.
Ular shunday do'stlarki xar qanday kunda menga Ollohni eslatib turadi menga shuni o'zi kifoya!
Axir biz Ollohni rizoligini topish va visoliga yetishish uchungina yashayapmizku, shunday emasmi?
Bazi insonlarni ko'ramiz biz do'stmiz deb, u bilan birga turli xil gunoxlarni amalga oshirishadi,lekin
bu do'stlik emas, bu ochiqdan-ochiq dushmanlik. Chunki do'stini jahannam sari ketayotganini ko'rib
turib uni qo'llab quvvatlaydilar.
"So'zi va harakati bilan senga OLLOHni va OXIRATni eslatmaydigan kimsa bilan
do'st bo'lma" "Fuzayil ibn Iyoz"
Yana bir narsa, aytingchi yon atrofingizdagi do'stlaringizdan qaysi biri yoki qanchasi yaxshilikka buyurib,
yomonlikdan qaytaradi va sizga Ollohni eslatib turadi!!!
Ollohga xamd bo'lsin forumdagilardan-chi? yoki boshqa...
Xammalaridan Olloh rozi bo'lsin va barchalariga ofiyat ato etsin!!! "Omiyn"