BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 94104 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 B


Shoxruh Mirzo  25 Noyabr 2010, 14:57:35

Atrofimga qarayman...

ALLOHU Akbar, ALLOHU Akbar
ALLOHU Akbar, ALLOHU Akbar...

Ashhadu alla ilaha illalloh
Ashhadu alla ilaha illlalloh...

 Ana, uzoqlardan muazzinning go'zal ovozi eshtilmoqda...

 Qalblarni junbushga keltiruvchi azon, insonga hush yoqadi...

 Atrofimga qarayman, yoshu-qari, kattayu-kichik, masjid sari oshiqadi...

 Ie?! Nega anavilar, bemalol bozorlarda yurishibdi?
 
 Beihtiyor yaqinda bir kitobda, yaxshi sanad bilan rivoyat qilingan hadis ma'nosi o'ylarimga qovushadi...

Nabiy s.a.v.:
-Kofir va mushriklarga salom beringlar, lekin ummatimning munofiqlariga salom bermanglar.
-Ummatingizni munofiqlari kim yo RasulALLOH? (s.a.v.) so'rashdi sahobai kiromlar.
-Azon va iqomatni eshitganda namozga kelmaydiganlar.-deya javob berdilar, Sarvari koinot s.a.v.


 ...Axir,
...axir men ularga har kun salom beramanku...?!

 Atrofimga qarayman...Namozga shoshilayotganlardan, najotdan qolayotganlar ko'proq edi...

 ...Hayya alal falah, hayya alal falah...
  ALLOHu Akbar, ALLOHu akbar
  La ilaha illalloh...
 
 Muazzinning go'zal ovozi hayollarimni to'zg'itib yubordi...

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  26 Noyabr 2010, 17:11:33

Kecha va Bugun.

O'tmishda bir boy bo'lardi. Haj qilish uchun ikki ming tillo yig'di. Do'stlari bilan safarga chiqishga kelishib yurgan kunlarining birida, o'g'li uyiga yig'lab kirib keldi.
-Ha o'g'lim nega yig'layapsan deb so'radi boy.
-Qo'shnimiznikiga chiqqan edim, go'sht yeyishayotgan ekan, menga ol demadi, biznikidan ancha-muncha narsa yeb turishardi.-dedi o'g'il yig'lab.
 Boy darrov darg'azab bo'lib, qo'shninikiga chiqdi-da:
-Ha, go'sht yeb qoldilaringmi? Bizni o'g'ilchani shu go'shtdan yegisi kelgan ekan, ol demabslar? Bir tutam go'sht berganlaringda bo'lmasmidi? Men silarga qo'y so'yib berardim-dedi.
-Qo'shnijon, bu go'sht o'g'lingizga xarom, bizga halol. Uch kundan beri bollarim bilan tuz totganim yo'q, bollarimning ochlikdan sillasi qurib, o'lib qolay deyishdi. Bugun ertalab ko'chaga chiqsam jar bo'yida bir mol o'lib yotgan ekan.
"Ey ALLOHim bu boshqalarga xarom menga halol" dedimda molni so'yib bollarimga yedirdim.

 Boyni ko'zlaridan duvullab yosh oqa boshladi. Darrov uyiga kirib, Haj uchun niyat qilgan ikki ming tilloni olib chiqdi-da qo'shnisini qo'liga tutqazib, qo'shnini tavof qila boshladi...

 Haj mavsumi tugab, boyni do'stlari Hajdan kelib boyga qarata:
-Sizni Baytullohni tavof qilayotganingizni ko'rdik, lekin yo'lda ko'rmadik, bizdan oldin keldingizmi? -deb so'rashdi...

(Lafz Foziljon qoriniki. ALLOHim rahmatiga olsin.)

Shu kunlarda Hojilarimiz yangi bid'atni o'ylab topishibdi. "Hoji to'y" degan. Emishki Hajga borib kelganidan keyin faloncha kishini chaqirib, mana shuncha kilo osh berish kerak ekan?!
 Yaqinda bir Hoji akamiz, shunday to'ylarini o'tkazibdi. Oradan hech qancha kun o'tmasdan bir qo'shnisi chiqib:
-Hoji aka qo'shnijon, bolam kasal. Obormagan joyim, ko'rsatmagan doktorim qolmadi. Uyimdagi bor narsani sotdim. Davolatish uchun ozgina pul yetmayapti. Operatsiya qilishga ozgina qarz berib turing.-desalar. Hoji akamiz:
-Uyalmaysizmi mendan pul so'ragani?! Yaqinda yangangiz bilan nechchi ming dollar sarflab Hajga borib keldim. Ustiga-ustak, kecha yaqinda hoji to'y qildim menda pul nima qiladi? debdilar...

 
(Lafz Nuriddin qori akamizniki.)

Hajga borish uchun uch ming dollar harajat qilish kerak bo'lsa, ayrimlarda shu pul bor, lekin Hajga borib kelgandan keyin, u yoqdan do'ppi, tasbeh yana nimalar sovg'aga olib kelish kerak ekan, yana kelgandan keyin odamlarga osh berish kerak ekan. deb, qolganiga pul topolmay Hajga bormayotganlar qancha?

(Lafz Yorqinjon qori akamizniki.)

Kamina ushu yozganlarim bilan:
-Falonchi qori unday dedi, pismadonchi qori bunday dedi demoqchimasman. Bular hammasi kecha bo'lgan va bugun bo'layotgan voqealar.

Har uch voqelikda olam-olam ma'no mujassam...

Xulosa sizdan...

Shu o'rinda ikki og'iz:
Tavofu baytul Halil kori onson ast,
Tavofu baytul Jalil kori mardon ast.

Kimni dunyosi bo'lsa ALLOHning uyini tavof qilish unga oson.
Haqiqiy ALLOHning uyi mo'minning qalbi bo'ladi. Uni faqat mard kishi tavof qiladi. deydi Hazrati Jaloliddin Rumiy...

Qayd etilgan


Habibilloh  26 Noyabr 2010, 18:15:39

Necha yillarki vatandoshlarimiz Xaj ibodatlarini emin-erkin bajarib kelmoqdalar. Buning uchun mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimovga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!!! :amn:

Qayd etilgan


BelleQizcha  30 Noyabr 2010, 17:05:16

Khozirgi kunga kelib musulmon va kofirni ajratish qiyin bkb qoldi! Ayniqsa qizlarni"¦
Muhammad isimli yigitam,oysha isimli qiz john va jessicka hammasi bitta kechki clubda raqsga tushishadi!

Qayd etilgan


Sevdo  15 Dekabr 2010, 14:52:08

Bir holat meni uylantiradi,uylab uyimni ohiriga yetolmayman,shunda bir hulosaga kelaman:ALLOH o'zi istagan bandasinigina hidoyatdga boshlarkan.Bugungi holatni kurib yoqangni ushlaysan kishi.Hali yosh bo'la turib,jahannam azobidan,Allohni qahridan farzand qo'rqa olyapdiyu,ammo negadr janozalarni ko'pini ko'rgan,o'limi kun sayin yaqinlashib kelayotgan ota ona bunday tuyg'udan g'aflatda!Ahir bu ne holatki,farzand men namoz uqiyapman ota,shu arog' uyda turmasin,olib chiqib tashkaylik degan so'zi uchun otasidan dashnomlar eshtsa.Ona dugonalarizi sur'atini albom ichiga solib quyaylik.Tirik jonzotni sur'ati osilgan uyga rizq farishtalari kirmaskan degan gaplari uchun ming ma'lomatlarga qolsa.
Bu holdan qanday yurak ezilmasin.Farzand ming ihlos bn namoz uqib,ruza tutsayu,ota ona aroq ichib mast yursa.Bu holda farzand nima qilsin?Albatda shubha yuqki Alloh bizga mehribon zotdir,Ota ona esa Yer yuzida bizga mehr kursatguvchilardir.Nima un anashu mehribon insonlar farzandini Allohni tanishdan tusyapdi?Islomni yaqindan urganayotgan farzand ota ona tusig'iga duch kelsa nima qilsin?Uham hayron,rosti men ham.UNGA BITTA MASLAHAT BERA OLAMAN halos:aziz dustim Olamlarni yaratgan,seniyu meni hidoyatga boshlagan,ota onamizdanda bizga mehribonroq zot InshaAllah ota onangni ham hidoyatga boshlaydi.SEN FAQAT DUO QIL,qalblaridagi qulflarini och,iymon nuri ila qalblarini nurafshon et deb so'ra.FAQAT CHIN KUNGILDAN,IHLOS BILAN SURA,ALLOH ESHTGUVCHI ZOTDIR.Alloh barchamizni hidoyatga boshlasin amin

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Aprel 2011, 05:06:02

Бир одам Оврупога тақлид қилишни жуда схши ксрарди. Таом ейишдан олдин бақбақасини кстариб турган ёқасига сочиқ қистиради — немисларда шундай одат бор скан. Зиёфатларга борганда биринчи қиладиган иши — қслини ароқ билан ювади — франяузлар микробга қарши шундай курашар сканлар. Ўйнаши билан спишишдан аввал оғзига атир пуркайди — италисликлар бекорга шундай қилишмас. Ҳаммомга тушса, отасидан хафа бслиб кетади — отаси бечора овруполикларнинг суннат қилинмасликларини билмай шу бемазагарчиликни қилиб қсйган-да бир вақтлар. Унинг снг зср одати — зиёфатларга голландисликлар каби керилиб келиб, инглизчасига индамай, бошқаларга сездирмай чиқиб кетарди. Инглизлар еб-ичиб, тсйишгач, ҳеч ким билан хайрлашмай, раҳмат ҳам демай, индамай жснаб қолишаркан. Кетган одамни биров билиб, биров билмай қоларкан.
Тақдирнинг ёзуғини қарангки, бу одамнинг оламни тарк стиши ҳам инглизчасига бслди: оиласи билан рози-ризолик ҳам тилаша олмади, слиб, ксмилганини биров билди, биров билмай ҳам қолди.
Ўзбекчасига сшаб, сзбекчасига слиш ҳам бир бахт скан-да, а?

(Toxir Malik)



Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 Aprel 2011, 12:03:52

Davlating borida, avjing zo'rida
Yo'qlab kelar hatto begonalar ham.
Davlating yo'g'ida, baxting sho'rida
Saloming olmaydi devonalar ham.

Nuriddin Haydarov yuksak maxorat bilan ijro etgan ushbu qo'shiqni juda yaxshi ko'raman. Xuddi mening hayotimdan olingandek,go'yo. Ikki kun avval bir "do'stim"dan qo'l telefonimga sms kelibdi. Meni juda sog'inganligidan sms yuborganligini aytgan "do'stim" salomatliklarimdan, ishlarimdan so'rabdi xatida.   Mening o'rnim bilinayotganligini qisitirib o'tibdi so'zini orasida. Ishlarim sal orqaga ketgan paytlarni esladim. O'shanda xuddi o'sha "do'stim" choyxonada ulfatlar davrasida meni kalaka qilganligi, mening chet elda ta'lim olib kelgan esam-da ishlarim yurishmayotganlgiyu, o'zining o'rta maktab shaxodatnomasi bilan ham mendan a'lo darajada hayot kechirayotganligni aytgandi... Endi bo'lsa o'rnim bilinayotganligini aytibdi. Men uning o'sha paytdagi muomalasini butkul unutgandim. Azaldan shundayman. Ichimda kek saqlashni yomon ko'raman. Qaytaga xursand bo'ldim. Meni eslabdiku, harxolda, deb qo'ydim o'z-o'zimga.  Kecha yana sms keldi o'sha "do'stim"dan. Bu safar u:"Seni juda hurmat qilaman. Telefonimdan katta xarajat ketayotgan bo'lsa ham (!!!!) senga , Koreyaga sms yuboryapman. Bir iltimosim bor: XXX  degan apparatning zapchasti kerak bo'lib qoldi. Shunga yordaming kerak edi. O'shani olib, jo'natib yuborsang, pulini uyingdagilarga berib qo'yardim" debdi. Tushunarli. Shunaqangi xafa bo'ldim undan... Va... 3-4 yil avval mendan falon miqdorda pul qarz olib, qaytarib bermaganligi va boshqa narsalar esimga tushdi... Litseydagi ingliz tili ustozim aytgan edilar: "So'zlasa yolg'on so'zlasa, va'da berib bajarmasa - u munofiqdir!" degandilar...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Aprel 2011, 13:53:39

Xaloyiq serqatnov yo'l bo'yicha ikki gadoning g'ijillashib qolganiga guvoh bo'lganman.
-Sen ipirisqi ikkinchi bor bu yerga kelsang, urib oyog'ingni sindiraman. Bu yer uchun o'yiga falon so'm to'laganman.
-Voy past-ey, falon so'm deydiya. Men esa falon so'm to'lab chiqdim bu joy uchun.

Yo'lda davom etarkanman o'yladim: kim ekan anashu gadolatrdan ham boj undirgan? Albatta, amaldor. Tilanchidan ham past turgan yaramas!

(Nusrat Rahmatning "Buni hayot deydilar" kitobidan)

Qayd etilgan


muxlisa  26 Aprel 2011, 15:31:31

KO'RGULIK
(bo'lgan voqea)


Bir eski qadirdonim shunday voqeani hikoya qilib berdi:

"Bizning quruvchilar jamoamiz juda ahil edi. Asosan qariyb tengqur yigitlar jamlangani uchun gap-so'zimiz olishar, hazil-mutoyiba ham bo'lib turar edi. Birovning gapi boshqasiga og'ir botmasdi, ishqilib.

Yoz edi. Bir necha kun ko'rinmagan Abdulhamid xomush bo'lib ishga keldi. O'zidan katta akasining ta'ziyasiga borgan edik. Marhumni yana bir bor esladik, kasalligidan gapirgan bo'ldik. Birodarimizdan ko'ngil so'radik yana. Ammo oramizdagi yoshligida nobob muhitda o'sgan, musulmonchilikdan uncha xabari bo'lmagan, Jamshid ismlik yigit kutilmaganda:

"Ha, bratan, endi okangiz qurt-qumursqalarga, ilon-chayonlarga yem bo'lar ekan-da", dedi aralash tilda.

Biz norozilandik, xijolat tortdik. Bu manmanlik edimi, ko'ngil so'rashmi, hazilmi, yoki oddiy mulohazami, tushuna olmadik. Adbulhamid ham uning tabiatini bilganidan indamay qo'ya qoldi.

Oradan hafta-o'n kun o'tib Jamshid "gurung" berdi. Bordik. Bazmi jamshid bo'ldi, gurung bo'ldi. Kun peshindan o'tganda tarqaldik...


Ertasi kuni butun jamoa Jamshidlar uyi orqasidagi anhor bo'yida edik. Shu holatda navbatma-navbat suv yoqasida uch kecha-kunduz qolib kettik. Uchinchi kuni Jamshid endi-endi shishib ayniy boshlagan jasadi topildi...
Ma'lum bo'lishicha, biz ketgandan keyin Jamshid qizchasini yetaklab anhor bo'yiga boribdi. Har kuni ko'rib yurgan anhori. Cho'milmoqchi bo'libdi. Kiyimlarini yechib qizchasi oldida qoldiribdi-da, suvga sho'ng'ibdi. Sho'ng'ibdi-yu, qaytib chiqmabdi...

Jamshidning jasadini qabrga joylagandan keyin jamoamiz bir jiyga yig'ildik. Jimlik hukm surdi. Kimdir uh tortdi. Kimdir nimadir demoqchi bo'lib qarab-qarab qo'ydi. Ichimizdan kimdir:

"Allohning irodasi bu,  -  dedi. Ajali shundan ekan. Alloh har bir narsaga qodir, har narsani ko'rib-bilib turguvchi Zotdir".

Bahodir Nurmuhammad o'g'li

Qayd etilgan


ummugulsumm  26 Aprel 2011, 17:01:18

Qadimda uzining zolimliga bn nomqozongan shoh\+ biri yangi barpo qildirayotgan bogini tomosha qilmoqchi bulibdi .Bogi=tez bitishini istab undagi ishchi,qul\ini tinimsiz ishlatibdi.SHoh= tashrifi chogida qul\i+ biri holsizlanib qolibdi nima bulsa bu\deb shoh tomon hayqiribdi;-bunchalikshoshihs= nima keragi bor?Baribir bu bog= uzumi+ tayorlangan sharob+ ichish senga nasib qilmasdir.SHoh= gazabi chiqsada uzini bosibdi.Buni aytganga tegmaslikni buyuribdi.Yil\ utib uzum\ hosilga kiribdi.hosil= shoh uchun sharob tayorlanibdi.SHunda shoh haligi gapni aytgan qulni topib kelishni buyuribdi .Qulni ob kelishibdi\SHoh shatobni quliga olib shunday depti;-Hush,sen mengabir payt\bu bog= uzumi+ bulgan sharobni tatib kurish nasib etmasdir deganding.Haliham shu suzinga aminmisan?-Bilmadim,shohim icholmaysiz deya olmayman ammo lab bnqadah= orasishunchalik uzoqki ha ne\ bulishi mumkin.Qul suzini tugatar tugatmas honaga bir soqchi kirib shohga habar berdi;-saroyga bir tungiz kirib hamma yoqni vayron qilmoqda.SHoh qulidagi qadahni quyib shutob bntashqariga chiqib ketibdi.Saroy hovlisiga chiqaverishda duchkelgan tungiz shoh= qornini bir suzishda yorib tashlabdi.SHohga sharob+ tatish nasib etmabdi.                                                 

Qayd etilgan