BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 94102 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 B


azizbek_mx  18 Dekabr 2011, 21:15:03

"Havo sovuq, lekin insonning qalb xarorati va bir-birlariga munosabatlari sovuqlashmasa bas".
ular shunday muomala qila olishadi... bizdachi? qani birov shunday gaplarni aytsinchi, g`alati qarab, "g`alati ekanmi"  deb qo`yamiz... chunki g`alati tarbiyaga o`rganib boryapmiz tobora...

Qayd etilgan


Ansora  22 Dekabr 2011, 18:11:06

Qo'shni domda er xotin turadi, amaki-70, xola-65 yoshlarda...

Ayol baqiryabdi: Voyey, yomon siqildim sizdan...

Eri: Asl men sendan siqildim...

Tragik-komik holat:)

Qayd etilgan


Donishmand  23 Dekabr 2011, 09:45:56

Qo'shni domda er xotin turadi, amaki-70, xola-65 yoshlarda...

Ayol baqiryabdi: Voyey, yomon siqildim sizdan...

Eri: Asl men sendan siqildim...

Tragik-komik holat:)

Qo'shnilarning gapini poylash mazzadee....
O'zbekchilik...

Qayd etilgan


Humayro  23 Dekabr 2011, 10:23:58

... ba'zi postlarni o'qib fikr qilasan, bazilarini o'qib shukr.

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2011, 13:06:04

Qo'shni domda er xotin turadi, amaki-70, xola-65 yoshlarda...

Ayol baqiryabdi: Voyey, yomon siqildim sizdan...

Eri: Asl men sendan siqildim...

Tragik-komik holat:)

Qo'shnilarning gapini poylash mazzadee....
O'zbekchilik...


Ayol baqirdi, teshik quloq eshitadi, xoh O'zbek, xoh Yapon bo'lsin...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  01 Yanvar 2012, 10:27:09

Bir paytlar sevimli shoirimiz Erkin Voxidovning "Muxabbat" deb nomlangan kitoblarida tarjima san'ati haqida shunday satrlarni o'qigan edim:

Oy o'rtanar, ko'zlarida yosh,
Ko'ksi dog'u yuragi qiyma.
Der:"Ey falak, men edim quyosh,
Nega meni qilding tarjima?"


Darhaqiqat, tarjimonlikdek qiyin ish bo'lmasa kerak. Tarjimon hamma soxadan oz-oz bo'lsada bilishi kerak bo'ladi. Biror xalq tilidagi ijobiy so'z boshqa xalq tilida sal boshqacharoq yangrashi ham bor gap.
Mana,masalan, kuni kecha bir koreys tanishim uylandi. To'yga taklif qilingan ekanmiz. Bordik. O'zbegimning to'ylaridek gavjum bo'lmasa ham har holda Koreya miqyosida olsak, "anshlag" - 145ta odam ovqatga navbatga turibdi.
Tanishimni tabriklarkanman, "Bag'ringiz bolalarga to'lsin", dedim. Bu tabrigim do'stimizga unchalik yoqmaganligini yuz tuzilishidan sezdim. "Xali farzand ko'rishga shoshayotganimiz yo'q", dedi u kulimsirab. Bu gapidan keyin tabrigimning davomi deb o'ylab turgan so'zlarim:"Keyingi yil farzand muborak deb tabriklash nasib qilsin"ni ichimga yutib qo'ya qoldim. Sevimli yozuvchimiz Toxir Malik yozganlaridek, "o'zbekcha yashab,o'zbekcha o'lish ham bir baxt ekanda".

Qayd etilgan


Humayro  03 Yanvar 2012, 10:39:26

BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKR!


Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Yanvar 2012, 05:35:30

Kecha TV da ko'rib qolgandim Eronlik bir ayol qo'lsiz, oyog'ida deyarli barcha uy yumushlarini bajarar ekan. Undan tashqari rassomchilik bn ham shug'ullanar ekan. Xozirda gilam to'qishni o'rganayotgan ekan.







Allohni bergan ne'matlariga yana bir bor shukr qilaylik!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  12 Yanvar 2012, 15:50:03

Ha, Mahdiyah, nimasini aytasiz. Inson irodasi temirdan ham chidamli...

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Iyul 2012, 17:40:02

Xozir yozganlarimga balki ishonarsiz, balki yo'q.
Lekin bu xozirgi zamonda, o'zimizda bo'lgan xodisa.
O'qib, qandaydur kinodagi stenariy deb o'ylamen, balki golivuddan ibrat olishgandir ular...

Pastki mahallada bir oila yashardi, ota-ona, bir o'g'il, bir qiz. Bola opamning sinfdoshi edi.
Singlisi ham bizning maktabda bizdan kichkina sinfda o'qigan.
Shu qiz yaxshi ko'rgan yigiti bn bola og'irlashni rejalashtirishgan.
Bir boyroq odamni farzandini o'g'irlab, undan pul talab qilishgan.
Birpastda militsiyani qo'liga tushishgan.
Nima maqsadda bunaqa qilishgan? deb so'rasam
Javob mani batamom xayron qoldirdi...

DABDABALI, ORZU-HAVASLI TO'Y QILISH MAQSADIDA emish.
Shunaqa to'yga mablag' yetmaganidan shu rejani tuzib o'zlaricha pul topmoqchi bo'lishgan.
Ikki yoshni ham bir necha yilga qamashdi...
Qiz 20 dan oshgan, yigit ham 2-3 yosh katta edi..


Qayd etilgan