BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 93970 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 17 B


Shoxjahon12  08 Aprel 2010, 16:11:58

Avtobusdaman. Bekatda orastagina bir ayol chiqdi.
-Bolam 16-bolnitsada sil bo'lib yotibdi. Mo'minlar, musulmonlar, sadaqa qiling. Ishlaringiz baroridan kelsin. Sadaqa.....
Bunday "nola"larga ko'p guvoh bo'lganmanu, bunisi yanada ajablantirdi. Ishonasizmi, sadaqa so'rab yurgan ayol, bolasi kasalxonada deb ishontirmoqchi bo'layotgan ayol og'zini to'ldirib "jevachka" chaynar,old-yuqori tishlari yaltirardi (balki tilladandir!). Hammasidan oshib tushgani shu bo'ldiki, avtobusdan "nasibasi"ni yig'ib olib, tushib ketayotganda cho'ntagidagi "sotka"si "ovoz berib qoldi".  :o

Qayd etilgan


Ansora  08 Aprel 2010, 16:26:45

Yigit bilan qiz qiyinchiliklar bilan turmush qurishdi. Oilalarni rozi qilish oson bo'lmadi. To'y ham bo'lib o'tdi.

Bir kuni qizning onasi yigitning onasidan: "Kuyovim qizimni qanchalik yaxshi ko'rgan edi hay quda", deb so'rab qoldi. Kuyovni onasi esa: "Voy qudajon bularni ishqi Layli-Majnunnikidan kam emasdi, sizga bir voqeani aytib beray, deb qoldi.

Kelinim o'g'limga juda chiroyli quti sovg'a qilgandi. O'g'limni xonasida, oynani yonida turardi. Bir kuni xonani tozalab, changlarni artayotib, qutini ichiga qaradim. Qutida esa soch bor edi. Qutida soch nima qilib yuribdi, deb uni darrov ahlatga tashladim. Kechqurun bo'lib, o'g'lim ishdan keldi, xonasidan kiyinar-kiyinmas chiqib, "onajon qutini ichidagi soch qayerda", dedi hovliqib.
Men esa: "Voy o'g'lim men uni ahlat deb o'ylabman", dedim hijolat bo'lib.

O'g'lim: "Onajon qanaqasiga ahlat bo'lsin, u meni sevgilimning, sizning esa keliningizni to'kilgan sochlari edi".
Keyin bilsam, kelinimni sochlari to'kilganda o'g'lim unga sezdirmay hammasini biriktiribdi va o'zi sovg'a qilgan qutini ichiga joylabdi. Kelinimni sog'inganda sochiga qararkan...

Bu gaplarni gaplashib ikki quda anchagacha yig'lashdi....

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Aprel 2010, 16:38:42

Ikki ayolning suhbati qulog'imga chalindi. Asli "chalinmasligi" mumkin ham edi. O'zim Koreya firmasida ishlaganim uchun Koreya degan so'z yangragan har bir davraga "bir bosh suqib ko'raman". :)
Xullas, ikki ayolning suhbatidan:
-O'rtoqjon, qizingni ko'rdim. Biram yetilibdi. Oy desa oydek qizing bor-a.
-Ha, rahmat.
-Sovchilarning oxiri ko'rinmayotgandir unda?
-Ha, lekin hech kimga bergim yo'q. Koreyaga uzatmoqchiman. Mana, ovsinimni qizi o'tgan yili koreyalik kuyovga tegdi. Yomon yashayotgani yo'q. To'g'ri, kuyovning yoshi 55daligini hisobga olmaganda hammasi "cho'tkiy". Zato yegani oldida, yemagani ketida. Eri bir oyog'i yerda, bir oyog'i go'rda. O'lsa, boyligi ham qolib turibdi-da. Man qiynalib yashadim, xotya qizim to'q yashasin.
Shundaylar ham bor oramizda... Afsus... Ex, noshukur banda...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Aprel 2010, 16:52:24

-Ukam, Koreyaga o'qishga ketaman, deb yurganding. Nima bo'ldi?
-Imtihondan o'tolmadim.
-"Soqqa"ni tashlamadingmi?
-Yo'q. Imtihonni koreyalik bir professor oldi. Pul olmas ekan.
-Nega olmas ekan. Ja oladi-da. Olmaydigan odam bor ekanmi. San bo'shlik qilgansan-da.



Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Aprel 2010, 17:09:16

Maktabda ingliz tilidan dars bergan o'qituvchimiz bilan birga tushlik qilib qoldim. Hozir kollejda dars berayotgan ekan. Yonida yana bir yoshroq hamkasbi bor edi. Hamkasbi nuqul kollej direktorini yomonlar, "poraxo'r", ikkiyuzlamachi, vijdonsizga chiqarardi. Ancha bosiq va namozxon ingliz tili o'qituvchimiz hamkasbining gaplariga javoban:
-Insof berib qolar!-derdi.
-O'sha poraxo'r, vijdonini pulga sotgan nusxa qiyomat kuni qilmishlariga qanday javob berar ekan-a, - dedi hamkasbi tutoqib.
Ingliz tili o'qituvchimiz unga uzoq o'ychan tikilib:
-U-ku, mayliya, biz qanday javob berarkanmiz,- dedi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  09 Aprel 2010, 09:35:32

Kecha qosh qoraygan maxalda ishdan chiqib, taksiga o'tirdim. Yo'lda ketarkanmiz, 35 yoshlar chamasi bir kishi qo'l ko'tardi.
-Shu kishini ola ketaylik, - dedi shofyor.
-Yangiyo'lgacha opketing,aka, - dedi yo'lovchi.
Yo'lovchi o'tirdi. O'n metr ham yurmadik hamki, yana bir yigit qo'l ko'tardi.
 Shofyor yana to’xtamoqchi edi, taksidagi yo’lovchi:
-Aka, shu bolani opketmang. Ichib olgan. Boshingizni qotirgani qoladi. Ichsa mayli, chegarani bilib ichish kerakku. Ichiga yuz gramm kirdimi, bo’ldi, shaytonni malayiga aylanadi, - dedi. Shofyor uning gapi bilan xaligi yigitga to’xtab o’tirmadi.
Yo’lda ketarkanmiz, qaytanga xaligi yo’lovchining o’zi ichib olganligi ma’lum bo’ldi. U telefonda kimlar bilandir gaplashar, og’zidan bodi kirib, shodi chiqardi. U bu yerga yozib bo’lmaydigan darajadagi so’zlar bilan so’kinar, ora-sira tashqariga tuflab qo’yardi. Yangiyo’lga yaqinlashgan bir paytda u mashina ichiga qayt qilib yubordi. Yigirma daqiqa avval bir yigitni  "œmayxo’r"ga chiqargan odam o’zi uning "œustozi" ekanligini bildirib qo’ygan edi.

Qayd etilgan


Ansora  09 Aprel 2010, 12:40:56

Yigit sevgan qiziga "ko'zingni yum" dedi. Qiz ham hayajondan ko'zlarini yumdi. Yigit qizning barmog'iga uzuk taqdi...Qiz hayajon bilan ko'zlarini ochib, tezdagina uzukka qaradi. Uzuk qizga juda yoqdi, lekin barmog'iga katta edi.
- Voy kattaroq ekan, dedi.
Yigit esa- Ha haqlisan sendan oldingi qizning barmoqlari katta edi, dedi....

Qizning yuzi birdan bo'zardi...Yigit esa buni farqiga bormasdan oldin sevagn qiziga bu uzukni olganini, undan ayrilayotganda uzukni ataylab so'raganini "sendan keyingi yaxshi ko'rgan qizimga beraman", deganini "sayray boshladi"...

Qiz esa uzukni astagina barmog'idan chiqarib yigitga berdi va uning yonidan uzoqlashdi...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  13 Aprel 2010, 16:30:50

O’sha ingliz tili o’qituvchimizning chet tili borasidagi bilimiga shubxa qilmaydigan bir o’rtog’im savol berib qoldi:
-Aka, hamma Angliya, Amerika, nari borsa Avstraliyaga ketishga harakat qilishyapti. Ingliz tilini "œmixlab qo’yasiz". Lekin nega chetga borishga qiziqishingiz yo’q? — deb so’rab qoldi. — Axir ingliz tilining "œI" harfini  bilmaydiganlar ham ketishyaptiku. Sizni bemalol yuborishadiku.
O’qituvchimiz uning savoliga savol bilan javob berdi:
-Nima qilaman uyoqlarda?
So’ng bir zum tin olib qo’shib qo’ydilar:
-Menga talab bo’lmagan joyga bormayman.

Qayd etilgan


Ansora  13 Aprel 2010, 22:22:28

Ular juda baxtli edilar. Chunki farzand kutishayotgan edi. Kelinni onasi kuyoviga nasihat qildi: "O'g'lim endiii qizim sizga har doimgidan yana ham ko'proq omonat, bilasiz ikki jonli"...

Kuyov zotan ayolining xozirgi nozik ahvoli, bo'lajak farzandining xayoli bilan hayajondan kechasi kunduzi aralashib ketgan, qaynonasining gaplarini eshitarkan ko'zlari namlandi: "Onajon, dedi, havotir olmang, albatta ko'zimday qarayman ularga ham qizingiz ikki jonli bo'lsa, men uch jonliman, chunki ularni jonlarini ham jonimda tashiyabman"...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Aprel 2010, 11:34:05

Qishloq o’rtasidan anhor o’tgan. O’tgan hafta anhor ko’prigi oldidan o’tarkanman juda badbo’y xidni xis qildim. Sinchiklab qarasam, ko’prik tagidagi temirga katta eshakning o’ligi ilinib qolibdi.
Eshak o’ligini suvga tashlagan odamning farosatiga la’nat o’qidim. Ko’prikdan sal nariroqda yoz kelishi bilan bolalar cho’miladi. Ikki hafta avval Toshkentdagi XXX sanatoriysi xovlisida o’qigan hikmatli iborani esladim: "œKasallikning kelib chiqishi ham, davolanishi ham o’z qo’limizda".
Ha, kasallikka o’zimiz yo’l ochamiz"¦

Qayd etilgan