BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 93969 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 17 B


Mubashshir Muhammad  24 Aprel 2010, 21:28:04

Assalamu alaykum.
Onam har doim:"G'am yomon, u kishini uch kunda qaritib qo'yadi" desala hayron qolardim. Hatto kulgim kelardi:"Qanday qilib?" derdim doim....
Bu gapga endi aniq ishondim. Dadamga va oilamizga yaqin 80yoshdan o'tgan qori akamiz bor edila. Kichik o'g'illarini oilasi bilan yashardila.O'g'illari qamalib chiqqani uchun ko'proq uyda bo'lardi. Nabiralari bor edi to'rtta. Dadamni aytishlaricha oldingi qamalgan vaqtida ayoli homilador ekan. Tergovda aytgan narsalarimizga qo'l qo'ymasang ayolingni hozir shu yerga olib kelamiz deyishganidan keyin bu kishi qo'l qo'ygan ekan. Ayoli u kishi qamoqdaliklarida ko'zi yorigandi. U kishi qamoqdan yaqinda chiqqandi. Endi yana shu kishini qamoqqa olishga hukm qilingan ekan. Bu kishi bir kechada oilasi bilan bu yerdan ketishga majbur bo'libdi. Biz dadam bilan u qori akadan habar olgani chiqqandik. U kishini ko'rib lol qoldim, hayronlikdan qotib qoldim. O'g'illarini ketganiga ikki kun bo'lgan bo'lsa bu kishi shunchalik qarib bukchayib qolganki ....
Demak:"G'am kishini uch kundan qaritishga qodir ekan-daa" deb qoldim...

Qayd etilgan


Akbarjоn  24 Aprel 2010, 23:34:22

ha albatta, g'am odamni tez qaritadi

o'zimdan misol, yaqinda dunyoviy tashvish bilan bir sutka g'am chekdim, juda qattiq o'ylandim, xama narsada o'zimni aybdor deb bilib ich ichimdan siqilib ketdim, ertasiga kelinayam, menga qarab turib, iye tinchlikmi nima bo'ldi dedi, xa nima qibdi desam o'ng tarafdagi sochiz oqarib ketibdi dedi, oynaga borib qarasam haqqatanam sochimga oq tushib ketibdi
juda qo'rqib ketdim, kim uchun o'ylandimnima uchun o'ylandim deb qoldim, Allohga beadad shukurlar bo'lsinki hammasi o'z iziga tushib ketdi, shundan hulosa chiqardimki o'ylasang ham o'ylamasang ham bu mushkulliklar o'tib ketadi, eng asosiysi Allohga tavakkal qilib o'zidan najot so'rash kerak ekan, bekorga siqilish tiklab bo'lmas asabarizni zoye ketkizishiz ekan xolos
Shundan keyin ortiqcha asabiylashmaslika qaror qildim, oqargan sochlarni qaychi bilan qirqib tashladim, Allohga shukur bir oydan o'tdi boshqa oq sochim yo'q
InshaAlloh vaqti kelganida oqarishga xam ulgurib qolar...

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  25 Aprel 2010, 19:46:30

Bir qo'shnimizni o'g'li bor, ismi Abdulaziz,yoshi 6 da. Adasi qamoqda. U bilan karatega birga qatnaymiz. O'g'il ukam bo'lmagani uchunmi yoshi kichik bolani juda yaxshi ko'raman. Adangni nimaga qamashgan desam:"Namoz o'qiganlayi uchun. Biy kuni namoz o'qib tuygandila milisila bostiyiib kelib olib ketichgan" degandi.
Bir kuni juma namoziga birga chiqdik. Har namozga chiqqanida bir joyda o'tiradi, hech joyini almashtirmaydi. Namozdan chiqqanimizdan keyin bolalar unga hazillashib:"Sen kichiksan, sen masjidga chiqqaning uchun milisala ko'rib qolsa qamab qo'yadi" deyishdi. Abdulaziz bo'lsa:"mayli qamasa,zato adamni oldida bo'laman" dedi.
Unga juda rahmim keldi. Shu kuni kechki namozda:"Ey,Alloh Abdulazizni dadasini qamoqdan chiqargin" deb duo qildim....
Ota-ona bilan har doim birga yashashlik ham katta baxt ekan...

Qayd etilgan


Mahdiyah  26 Aprel 2010, 06:54:02

Yetim aniq biladi otasi o'lgandur, onasi o'lgandur, yoki tashlab ketgan... Har xolda endi diydor Qiyomatda...

Lekin tirik yetimlarchi... otasi qamoqda... yo chiqadi... yo...
Alloh mushkulini oson qilsin!

Duolarimizda shu kabi birodarlarimiz haqqiga duo qilishni unutmaylik.
Bizdan ketadigan narsa 3-4 og'iz so'z va IXLOS!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  27 Aprel 2010, 10:55:11

XADYA

(xajviya)

Ikki  hafta davomida kechani kecha, kunduzni  kunduz demay dars tayyorlaganlarim havoga uchdi-ketdi. Fakultetda "œSattorovning  darsidan besh baho oldim", deb ko’krak kergan talabalarni sanashga bir qo’lning barmoqlari ham ko’plik qiladi. Men ham shular safiga kirsammikin, degandim-da.
-Tak, -  dedi Sattorov burnining ustiga qo’ndirgan ko’zoynagini tepaga ko’tarib. — Ishing "œduoyi salom"ga qolyaptiku, uka.
Kayfiyatim tushib ketdi. Gapirishga endi og’iz  juftlagan ham edimki, u "œtss", dediyu gapida davom etdi:
-Sen meni  noto’g’ri  tushunyapsan. Bilaman, pora berish gunoh demoqchisan. Sen buni pora deb emas, shunchaki xadya deb hisobla. Xo’pmi, uka?
Yomg’irda qolgan kuchukdek shalvirab qoldim . Yuqori bosqichda o’qiydigan bir talaba:"sattorov hammadan oladi", degan edi. Demak, uning gaplari to’g’ri ekan-da"¦ Jaxlim chiqdi.
-Ustoz, xadya dedingizmi?
-Ha.
-O’sha narsani xadya deb emas, bosh-ko’zimdan sadaqa deb bersam qandoq bo’larkin?!
Sattorovning ko’zlari ola-kula bo’lib ketdi:
-Hammang gapga o’qigansanlar. Senga sadaqani ko’rsatib qo’yaman.
Qishki ta’tilni igna ustida o’tirgandek bedor o’tkazdim. "œMana senga", deb baxo qo’yib bermasa-ya"¦ O’zim axmoqman-da. Tinchgina duoyi salomini berib qo’ya qolsam o’larmidim. Ta’til tugashiga uch kun qolganda kursdoshim Abduvali telefon qilib qoldi:
-Sattorovdan besh olishga qachon ulgurding, xumpar?
Men jurnalni o’z ko’zim bilan ko’rmaguncha uning gaplariga ishonolmasdim.

OTABEK YO’LDOSHEV

Qayd etilgan


Shoxjahon12  30 Aprel 2010, 17:00:25

-Mana masalan, men ona tili o’qituvchisini bolasiman. Ko’cha-ko’yda odamlar o’zbek tiliga rus tilini qo’shib gapirshadi. Buni ko’rsam vabshe jaxlim chiqadida. Raz o’zbekmisan o’zbekcha gapir.  Nima qilasan odamni nastroeniesini buzib.
-Nimasini aytasan, o’rtoq.  Bu  vabshe ne to-da.  O’rtoqlarim orasida ham ko’p unaqalar. Ularga obyasnit qilish bez polezno.

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2010, 06:30:13

-Mana masalan, men ona tili o’qituvchisini bolasiman. Ko’cha-ko’yda odamlar o’zbek tiliga rus tilini qo’shib gapirshadi. Buni ko’rsam vabshe jaxlim chiqadida. Raz o’zbekmisan o’zbekcha gapir.  Nima qilasan odamni nastroeniesini buzib.
-Nimasini aytasan, o’rtoq.  Bu  vabshe ne to-da.  O’rtoqlarim orasida ham ko’p unaqalar. Ularga obyasnit qilish bez polezno.


 ;D  :D   :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2010, 06:35:32

Kecha dugonam bir qo'shnimni otasi aytgan gapni gapirib berayabdi. Og'zim ochilib qoldi.

Qizi 23 yoshga to'ladi yaqinda, stuardessa bo'lib ishlayabdi, ham institutda o'qidi.

Otasi: "Shuncha o'qitayabman kontraktga, hali beri erga tegmaydi, ishlab biz o'qitganlarni "oqlab" (- haqqini to'lab) keyin oila quraveradi..."


Astag'firulloh! Kimni dardi nimada? ... Shunaqa otalar ham borakanda dunyoda

P.S. Shu "ota" gapini oxiriga "Hali yoshakanu, vaqti bor" dib qo'shib qo'ymaptida

Qayd etilgan


BelleQizcha  02 May 2010, 08:50:55

-Mana masalan, men ona tili o’qituvchisini bolasiman. Ko’cha-ko’yda odamlar o’zbek tiliga rus tilini qo’shib gapirshadi. Buni ko’rsam vabshe jaxlim chiqadida. Raz o’zbekmisan o’zbekcha gapir.  Nima qilasan odamni nastroeniesini buzib.
-Nimasini aytasan, o’rtoq.  Bu  vabshe ne to-da.  O’rtoqlarim orasida ham ko’p unaqalar. Ularga obyasnit qilish bez polezno.


 ;D  :D   :D
Vopshem hafa-kuu ;D ;D ;D

Qayd etilgan


Ansora  04 May 2010, 21:05:59

Bugun televizordagi kanallardan birida bir ayol dardini aytib qoldi. Turkiyadagi kanallar hususiy bo'lgani uchun insonlar qanchalik ko'p ko'rsa, "reyting" degan narsa bilan buni o'lchab turishadi va shu kanal yana ham ko'proq pul ishlaydi.

Qanchalik ko'p dardi bor odam bo'lsa kanallar orasida talash bo'ladi. Lekin shu dardini aytgan odam uchun davo ham topiladi, shu tarafi yaxshi...

Hullas ayol men 1.5 yil oldin erimdan ajragandim, 7 yoshdagi qizim dadasidan ajragani uchun psixologiyasi buzildi, kecha kunduz yig'layabdi, erim bilan yarashmoqchiman, farzandim uchun, deb qoldi...

Ma'lum bo'lishicha, ayol bundan bir necha yil oldin ko'krak rakiga chalinib, ko'kragini biri kesilibdi...Er esa 27 yillik ayolini !!! jismoniy nogiron bo'lding, deb turtgani turtgan hayhot!!! O'tirsa o'poq- tursa so'poq.

Ayol 13 yoshligida !!! oilasi majburan eriga berishadi. Ayol: Men turmusha shunchalik o'rganib ketgan ekanman-ki huddi turmushga chiqqan holda tug'ilgandayman....

Ayol sabr bilan muolajalariga davom etibdi, rakni ham yengibdi! Lekin yuqorida aytganimday, jismoniy nogiron bo'lib qolganligi uchun eri umuman ayol o'rnida ko'rmay qolibdi. Katta qizi turmush quribi nevarali bo'lishlariga qaramay er ayoliga ega chiqmabdi...

Bir kuni nonushtada boshim aylanib yiqilib tushsam, erim o'rnidan jahl bilan turdi, stulni devorga urib: .....rak mubtalosi, dedi.....Shu kundan keyin erimdan ajralishga qaror berdim.....

Bechora AYOL, shuncha pastga urishlarga qaramay farzandi uchun o'sha er bilan yarashishga tayyor....

Quloqlarimga ishonmadim, eh inson bolasi, qanchalar gunohkorsan, muzlab qoldim to'g'risi, mendan shunchalik, qolganiga siz qaror bering, azizlar....

Qayd etilgan