BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 93972 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 17 B


Shoxjahon12  07 Iyul 2010, 10:21:39

O’zgalar haqiga xiyonat qilish -  juda og’ir gunox"¦ Bu voqea yaqinda bo’ldi. Meni ham larzaga soldi bu voqea"¦ Buni bilganlar hayratdan yoqa ushlashdi"¦ XXX qishlog’ilik bir  kishi  XXX degan joydan 5-6 ta ayollarni o’zining yeriga ishga yollabdi. Xullas, ayollarni kun bo’yi ovqatsiz, suvsiz rosa ishlatibdi. Kechki payt ish haqini berishga kelganda, allanarsalarni baxona qilib, xaydab yuboribdi. Ayollar juda norozi bo’lishibdi. Qarg’ishlar, qarg’ishlar, qarg’ishlar"¦ Tun bo’lib qolgan, ayollar ko’chada, o’zga bir joylarda sarson-sargardon"¦ Shu payt ularning oldiga  yengil mashina kelib to’xtabdi. Shofyor ayollardan bo’lgan voqeani eshitgach, "œQani o’tiringlar mashinaga",debdi. Shofyor ayollarni kafega olib borib, rosa mexmon qilibdi va qo’llariga bir dastadan pul tutqazibdi.
-Opajonlar, bugun men ota bo’ldim! Bunday kunni naq o’n bir yil kutdim. Tug’ruqxonadan chiqarkanman birinchi uchragan insonga yaxshilik qilaman, deb dilimga tuggandim. Olloh sizlarni ro’para qilgan ekan, beadad shukurlar bo’lsin!

Oradan bir haftalar chamasi vaqt o’tdi"¦ Ayollarni norozi qilib haydagan odamning uyi oldida beliga belbog’ bog’lab, azadan darak beruvchi faryod ovozlari eshitilib turardi. Kimdir buni bandalik, dedi"¦ Kimdir  haqini ololmay, uy egasini qarg’ab ketgan ayollarni esladi"¦ Tepadagi oliy va odil hakam hammasini ko’rib turibdi"¦

Qayd etilgan


Shoxjahon12  10 Iyul 2010, 16:00:29

XATO QILISHINGNI KUTARLAR

Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.

Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.

(Abdulla Oripov)

(Ushbu she'rni Oxunjon Madaliyev qo'shiq qilib aytgan. Juda purma'no she'r)

Qayd etilgan


Ansora  13 Iyul 2010, 22:18:57

Farzandim tug'ildi.

U dunyoga kelganida ulgurishim kerak bo'lgan samolyot va ko'paytirishim kerak bo'lgan aksiyalar bilan mashg'ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atak-chechak yurishni, shirin-shirin gapirishni o'rgandi.
Biroz o'sgandan keyin esa: «Men sizga o'xshashni istayman, adajon..." deya boshladi. "œMen katta bo'lsam sizga o'xshayman".
Doimo ish joyimga qo'ng'iroq qilib: "œAdajon, uyga qachon kelasiz?", deb so'rardi.
"œQachon kelishimni bilmayman, o'g'lim. Ammo kelganimda rosa mazza qilib o'ynaymiz..."
Yillar shu kabi o'tdi. O'g'lim o'n yoshga kirdi. Unga bir to'p sovg'a qildim.
"œRahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o'ynang", dedi.
"œShu haftaning ichida bitirishim kerak bo'lgan ishlarim bor, o'g'lim. Dam olish kuni o'ynaymiz, ho'pmi?"
"œHo'p", dedi faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "œKatta bo'lsam men ham siz kabi bo'laman..."     
Umr guyo oqar suv, kechdi-yu ketdi. O'g'lim avval maktabni so'ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o'g'liga qilgan nasihatlarini berish uchun: "œO'g'lim, men sen bilan juda fahrlanaman. Kel, biroz o'tirib suhbatlashaylik, senga bir-ikki og'iz gapim bor".
U esa sekin kulimsirab: "œDo'stlarim bilan uchrashishga va'dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasizmi? Keyin gaplasharmiz...", dedi.
Yana yillar o'tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O'g'lim esa boshqa shaharda ishlar va o'sha yerda yashardi. Bir kuni unga qo'ng'iroq qilib: "œDam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo'larmidi?!", dedim.
"œHo'p, ada. Faqat ishlarim ko'proq ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. Men ham sizlarni juda sog'inganman".
"œHo'p, endi qachon kelasan, o'g'lim?"
"œBilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz".Shu so'zlar bilan telefon go'shagini qo'ygan o'g'limning bolalik orzusini ro'yobga chiqarganini tushundim.
O'rnak olgan otasiga o'xshaganini... ayni otasi kabi ulg'ayganini...   

 

Madina.

 Manba:  http://www.bolajon.com/index.php?option=com_content&task=view&id=58&Itemid=81

Qayd etilgan


Shoxjahon12  30 Iyul 2010, 12:00:58

Tilimizda "yetti uxlab tushimizga kirmagan" jargonlar paydo bo'lmoqda. Mana masalan, kechagina bir taksiga chiqqandim. Orqa o'rindiqda bir 25 yoshlardagi yigit o'tiribdi. Taksidan tushadigan joyiga yetganda shofyorga qarab:
-Aka, mana shu joyga to'kib keting (!!!), -dedi.
Bu gapga xayron qolganimni ko'rib, shofyor:
-Shunaqa gaplar modaga kirdiku,uka,- dedi. - Kecha bittasi nima deydi degin? "Aka, mana shu joyga tuflab keting", desa bo'ladimi.

Qayd etilgan


Ansora  31 Iyul 2010, 14:22:04

Tilimizda "yetti uxlab tushimizga kirmagan" jargonlar paydo bo'lmoqda. Mana masalan, kechagina bir taksiga chiqqandim. Orqa o'rindiqda bir 25 yoshlardagi yigit o'tiribdi. Taksidan tushadigan joyiga yetganda shofyorga qarab:
-Aka, mana shu joyga to'kib keting (!!!), -dedi.
Bu gapga xayron qolganimni ko'rib, shofyor:
-Shunaqa gaplar modaga kirdiku,uka,- dedi. - Kecha bittasi nima deydi degin? "Aka, mana shu joyga tuflab keting", desa bo'ladimi.


Ha endi undaylar o'zini inson emas, tupirikday ko'rsa ne ajab???

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Avgust 2010, 07:49:18

Har kim ertasini o'ylasin...

Xolam etib berdilar:

"Oilada 5 qiz 1 o'g'il edik. Qoshnimizda aksi 6 o'g'li bor edi, qizi yo'q.
Har gal qo'shnim uyimizga chiqsa asabim o'ynardi.
Qo'shni eri-xotinlar ota-onamni shu 5 qizi borligi uchun huddi malomat qilganday, masxaraomuz tazrda gap tashlardi "Ha qo'shni ishlat manabu qizlaringniyam, 1 o'g'il bo'gandan kn ishlasinda qizlar ham..."
Yillar o'tdi... Hozir shu qo'shnimning 6 o'g'lining har birida 5-6 tadan qiz bittayam og'li yo'q, faqat biridagina 1 og'il yana nechtaduram qizi bor"...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  02 Avgust 2010, 16:20:09

Nafaqaga chiqayotgan avtobus haydovchisi o’zi 31 yil haydagan avtobusi bilan xayrlashayotganini ko’rdim. U avtobusni o’pib, ko’zidan duv-duv yosh to’kkancha:
-Seni boshqa haydovchiga tashlab ketayotganligim uchun meni kechir. Sen orqali o’g’limni uylantirdim, qizimni turmushga berdim. Nevara to’ylar qildim. Agar notekis yo’llardan haydab, loyli, qorli yo’llarda haydab seni qiynagan bo’lsam kechir! —deya ko’zlaridan yoshlar tinmasdi. 

Qayd etilgan


Shoxjahon12  12 Avgust 2010, 17:21:46

Kecha ishdan uyga qaytarkanman, kechki payt 3-4 ta bolalarning bir darvoza oldida sho'x ovozlari eshitildi:
Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Qo'chqordek o'g'il bersin beshigingizga.
O'choqda kul,
Cho'ntakda pul.
Chiqara qoling yuz so'm pul...

Bolaligim esimga tushdi... Biz ham besh-olti yosh paytlarimizda shunday yurardik. Kattalar bizga konfet, pul, qand-qurslar berishardi.
Shularni eslab, xaligi bolalarga chuqur entikish bilan bir zum tikilib qoldim. Shu onda kutilmagan hol yuz berdi: darvoza taraqlab ochildiyu, semiz bir ayol boshini chiqazdi va:
-Ovozlaringni o'chirasanlarmi-yo'qmi? Yo'qollaring, gadoyvachchalar! - deya qichqirdi...
Bolalar ayb ish qilgandek mulzam holda darvozadan uzoqlashishdi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Avgust 2010, 18:10:08

-Тақсир, фалончи бундай қилади-ку, менам қилсам-чи?
-Тақсир, фалончи ҳожи тсйига ароқ қсйибди-ку, менам қссверайинми?
Азиз биродарим, сиз бунинг срнига «Лайғамбаримиз (с.а.в.) шундай қилганлар, мен ҳам
шундай қилайин», деб айтинг ва шундай қилинг.


(Тоҳир Малик "ОДАМИЙЛИК МУЛКИ")

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  18 Avgust 2010, 19:13:29

Adashmasam bundan 2 yil oldin, Sergeliga bormoqchi bo'lib, Sobir Rahimov shox bekatida Qo'yliq tarafga yuradigan taxilar to'xtash joyiga o'tdim...

Yo'l yo'lakay ketadigan taxi chiqsa ketarman degan niyatda...

Birpas turib bitta oq VAZ 2106 moshinasi kelib to'xtadi. Rulda yoshi taxminan 45lar atrofidagi ayol :
-Qatga borasan?
-Sergeli
-O'tir
-Nechpul?
-1500
-A, yo' (yo'l yo'lakay ketadigan taxilar 600 700ga obketishardi...)
-Nechpul berasan?
-800 so'm
-Bupti o'tir, o'tir...

  Ichkarida yana ikki kishi boridi.
Moshina joyidan qo'zg'algandan keyin haligi ayol gap boshladi:
-Sigaretila yo'mi?
-Yo' (I? tajub ila haligi ayolga boqdim, boshida ro'mol, ro'molni ham hijobga uxshatib o'rab olgan.)
-O'zim namoz uqiman, shu erim o'lgandan keyinmi yoki qamalgandan keyin dedimi (aniq esimda yo'q) sigaret chakishga o'rganib qoldim....
    Haligi ikki kishi, yo'lda tushdi, ular qanchagadir kelishgan ekan kam berdilarin haqini deb ula bilan tortishdi...

Ularni tushirgandan keyin yana gap boshladi...

-E odam bo'mi ketlarin, yuribsanlade, Erkakman dp, hezale, dagavor qigandan kiyin bermisanmi pulni...

Bu ayol rosa qiynalgankan degan hayol o'tdi, shu tushsam 800 mas 1000 so'm beraman deb niyat qildim.

-Sho'tta to'xtatvorin...Mana deb cho'ntagimdan 5 ta 200 so'mlik chiqardim,
-Yo' keremas,
-Nimaga? (Mani hayolimdan o'tgani, man mardlik qilib 200 ko'p berganimga, uyalib omadi shekilli ...)
-Olin...
-Qanaqa bolasan? Sanga ettimu 1500 dp?
Astag'firulloh! Boshimdan bir paqir muzdek suv og'darib yuborgandek bo'di, yana 500 so'm chiqardimda, eshikni yopodim.

Bir nimalar deya moshina yana joyidan qo'zg'adi...namozxon opam....


Ha,...yo'lda tushgan haligi 2 kishiga ham qiyin bo'lgan shekilli...


Qayd etilgan