Kalamushlar kalamushlik ishi qolib,
Talashardi uyasidan chiqib olib.
Men adirning uyog’idan, derdi biri,
Men adirning buyog’idan, derdi biri.
Ikkisi ham qo’ymadi hech kerilarin,
Bir kun ovchi shilib ketdi terilarin.
Aytganlarim hikmat emas, masal emas,
Har kimga ham yoqadigan asal emas.
Ochiq gap shul: ajratmangiz yeringizni,
Toki shilib ketmasinlar teringizni.
Abdulla Oripov