Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Aziz forumdoshlar hammangizga katta rahmat. Imkoni bo'lsa bu yerga yaxshilab o'ylab, tesha tegmagan fantaziyalaringizni qoldiring,iltimos. Bo'lar bo'lmas narsalar, umimiy gaplar o'quvchini zeriktiradi. Fantaziyalaringiz ijtimoiy, falsafiy, ilmiy - ommabop, fan va texnika mavzularida bo'lsa juda ajoyib bo'lar edi. Adabiyot sohasida ham, ham nazmda, ham nasrda fantastik o'y va tasavvurlaringizni qoldirsangizlar ham maqsadga muofiq bo'lardi.
Shu o'rinda men siz azizlarning e'toborlaringizga ushbu hikmatli iborani havola etmoqchiman. E'tibor bering-a, qanchalik ilmli insonlar bu dunyodan o'tishgan. Bizlar bularning oldida hech kimmiz.
O'ylaringa e'tibor ber, chunki ular Sening so'zlaringa aylanadi.
So'zlaringa e'tibor ber, chunki ular Sening hislaringa aylanadi.
Hislaringa e'tibor ber, chunki ular Sening hatti-harakatinga aylanadi.
Hatti-harakatlaringa e'tibor ber, chunki ular Sening odatlaringa aylanadi.
Odatlaringa e'tibor ber, chunki ular Sening xarakteringa aylanadi.
Xarakteringa e'tibor ber, chunki ular Sening taqdiringa aylanadi.
Taqdiringa e'tibor ber, qaysiki unda Sen o'ylaringa e'tibor berasan. Talmuddan
Ushbu hikmatli so'zni imkon qadar tarjima qilib, e'tibotlaringizga havola qildim. Tirik jon borki, hayot bor. Jamiyat gultoji inson boshqa tirik mavjudotlardan mana shu fikrlar qobiliyati orqali farq qiladi. Bu zamin Olloh hikmatlariga boy, qayerga qaramang, qayerda bo'lmang Olloh hikmatlaridan barhamand bo'lasiz. Biz insonlar ushbu hikmatlarni anglab butun olamlar egasi Olloh taologa hamdlar aytamiz. Hozirgi ilmiy - texnikaviy taraqqiyot Olloh ilmining bir shingili xolos. Bu mening shaxsiy fikrim.
Bu mavzudan maqsad hech qanday yolg'on yoki mish-mishlar to'qish emas, balki umimiy tasavvurlarimiz natijasi deb qarasak o'rinli bo'larmidi. Hech kim o'z ilmidan, dunyoqarashidan, tasavvuridan chetga chiqib keta olmaydi. Ollohning marhamati kengdur!
Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohui va barokatoh!