SHAYTANAT filimidan yoqqan lavhalaridagi gaplar  ( 46064 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Shoxjahon12  30 Yanvar 2011, 15:10:52

-U vinzavodga burnini tiqmoqchi. Fe'lini bilasizku.
-Bilaman,bilaman. Bu o'jarni fe'lini yaxshi bilaman. Esingdami, ilgari ham insofga chaqirib gapirganimda, "amalingizdan qo'rqasiz",derdi. Mana hozir amalidan qo'rqadigan boshlig'i boshqa. Bukrini go'r to'g'rilarkan. Lekin sen bukri bo'lsang ham bu dunyoda yuraver. U dunyoga shoshilma. Senga Choqunlani aytib berganmidim? Eshit: Bir tajang uyg'ur yigit bo'lgan ekan. Bir kuni ustarada sochini qirdirib mazza qilib ketayotsa, boshini ari chaqibdi. Nima qilarini bilmasdan arini ketidan quvlabdi. Yetib borib qarasa, eski paxsani orasida otni kallasidek keladigan arining uyasi bor ekan. Shartta cho'pni olib, arini uyasini kovlabdi. Arilar to'zigandan to'zibdi. Shunda tajang yigit boshini arining uyasiga tiqib, "Choqsunla, choqsunla endi otash", degan ekan. Sen o'sha choqsunlaga o'xshaysan. Lekin sen arini uyasini emas, o'limni uyasini kovlashni niyat qilibsan. Bu niyatingdan qayt. Qadamingni o'ylab bos. Bola-chaqang borligini unutma. Seni o'sha haqiqat, adolat, deb javrayotganlaringni hammasigayam jon shirin. Jon shirin. Men ularni bo'yniga qo'ng'iroq ilingan serkaga o'xshataman. O'zlari podani boshlab boradilaru, pichoqqa esa senga o'xshaganlar ilinadi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Mart 2011, 07:04:37

Asadbek: Xongirey manga sovg'a-povg'a bervormadimi?
Maxmud: Buni sizga ko'rsatmay,degandim.
Haydar:Nima bir qop axlat bervoribdimi?
Maxmud:Undan ham battar. G'ilayni kallasini bervoribdi. Borgan kunimo mendan ajratib olishdi. Xongirey "Xo'jayiniga xiyonat qilgan senlarga xizmat qilolmaydi",dedi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  12 Mart 2011, 22:47:15

-Sizzi bir Xolidiy degan domlangiz bor-a? U muttaxam haliyam hamma o'zbeklarni bosmachi deb yuribdimi?
-Bek aka, menda tarixiy dalillar bor. Mana masalan Qo'qon muxtoriyatini olsak. Lenin:"O'z xuquqing o'zlaringda",dedimi? Dedi. Lekin Qo'qon muxtoriyatini qonga botirvordku. Men buni tarixiy dalilllar  asosida isbotlasam, anovi padarla'nati:"sizzi xulosayz milliy nizo keltrib chiqardi",deydi.

(Anvar va Asadbek)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Mart 2011, 15:50:39

Asadbek: Bilib qo'y:san mani odamimsan! Man sani Sharif Namozovga almashtirganim yo'q. San xoinlik qilding.Shuning uchun jazoladim. Bizni oramizda xoinga bitta jazo beriladi. Man sani ayadim. Bundan buyog'iga shunga yarasha qadamingni bosgin.
Qilich: Xo'p!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Mart 2011, 16:05:07

Elchin: Nima gaping bor edi? Mani so'ragan ekansan.
Anvar: Qaynotangga uchrasim kerak.
Elchin:Iye, nechuk? Qaynotamga ishing tushib qolibdi. Bunaqa odamlardan xazar qilarding, shekilli.
Anvar:Otasi masalasida iltimos qiluvdi. Arxivlarni kovlashtidim... Xe, topdim. Endi natijasini aytishim kerak.
Elchin: O'zi kimu, otasi kim bo'lardi...
Anvar: Menga qara, otasi zo'r odam bo'lgan. Eshityapsanmi, zo'r odam bo'lgan. Ko'plar qatori asirga olingan. Konslagerdan qochgan. Yugoslaviya o'rmonlarida jang qilgan. Uning bittagina aybi bo'lgan: Yugoslaviya doxiysi Tito bilan shaxsan tanish bo'lgan. Tushunyapanmi? Urush tugagach doxiy uni bag'riga bosib, suratga tushgan. Stalin bilan Tito orasidan olamushuk o'tganidan keyin xoinlar ro'yhatiga tushib qolgan. Xo'sh, endi nima deysan?
Elchin: Nima derdim, bunaqa qahramonlardan son mingta.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Aprel 2011, 19:54:36

Muxiddin ota: Xudo ko'ngliga soldi.
Abduraxmon tabib: Barchamizning qalbimiz Olloxning izmida. Ha, hamma narsada zang bor. Qalbning zanglashi esa nafsdan. Birodar, hazrati Alisher Navoiy aytgan ekanlar: Oniy bilkim, xudoy bermish anga, Nafsi ammora tarkini ganjin. Balki shu ondan inimdagi qalb zangi to'kila boshlagandir.

Muxiddin ota: Ularning qonida asli zulm ham, yomonlik ham bo'lmagan. Palagi toza edi. Bu dunyoda har bandaga muxlat berilarkan. Men sezib turibman, bo'tam yurak-yurakdan tavba qilyapti. Tavbalari qabul bo'lar. Inshoollox! Muxiddin ota: Bu dunyoda adashmagan kim bor? Asadbek inim ham adasha-adasha bir kunmas bir kun asli nasliga qaytsa ajab emas.

Abduraxmon tabib: Iloxo omin, aytganingiz kelsin!

(Asadbek tabibnikidaligida bo'lgan gaplar)

Qayd etilgan


JaviK  12 Yanvar 2013, 11:55:24

Asadbek: Don berganni tovug`i. Topgan odamini qarayu...

Qayd etilgan