KURTLAR VADISI  ( 419935 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 86 B


Habib  19 Fevral 2010, 10:45:40


Assalomu alaykum Kurtlar Vadisi ihlosmandlari!
Kim qiziqsa, doim ko'rib borsa ushbu filmni o'z fikrlaringizni, taasurotlaringizni qoldirarsizlar.


Qayd etilgan


Habib  19 Fevral 2010, 11:03:41

Kurtlar Vadisi Pusu'ning keyingi, 81-qismi 4-mart kuni efirga uzatiladi. Tanaffus sababi, UEFA Kubogi bahslari.
manba : http://kurtlarvadisi.com/index.php?site=news&news_id=409

Qayd etilgan


Habib  19 Fevral 2010, 11:49:08

O'zi har hafta muntazam berib borilayotgan edi. Shu UEFA Ligasi to'gri kepqoldida. Star TV futbolni ham translatsiya qiladida. Shunga shunaqa bo'bqoldi manimcha. :-)

Qayd etilgan


Akbarjоn  19 Fevral 2010, 14:26:52

Ushbu filmni ko'rishdan xammani qaytargan bo'lardim

Birodaringizga yaxshilikni ilinmaguningizgacxha xaqiqiy musulmon bo'laolmiysiz degan mazmundagi xadisga ko'ra, birodarlarimni yomonlikdan yovuzlikdan qaytarishga izin berasizlar

Alloh asrasin, bekorchi turli xil safsata xayotda bolishi mumkin bo'lmagan yoki bo'ladigan bo'lsa buzg'unchilikdan boshqa narsa olib kelmiydigan film targ'ibotidan barchalaringiz qaytganingiz maqul

agar real fakt kerak bo'lsa men bilgan bir kishi, shu filmni ko'rib ruhiy holati buzilib anchagina axvoli o'zgarganligiga guvohi bo'ldim, Xozirgi kunda Ruhiy kasallik bo'yicha muolaja olyabdi, gar shu muolajalarni olmay qolsa u bolani tanimay qoladi kishi, yurish turishi o'zni tutishi bo'yicha

yana boshqa misol, qaysi birlaring shu kinoni 3-7 seryasini ketma ket ko'rganlarizdan keyin qolganlarini xam korish ishtiyoqi paydo bo'lmiydi
xattoki ko'rmasangiz bir nimangizni yo'qotib qoygandek bo'lasiz go'yo (huddi lomkaga tushgandek!)
shu kinoga sarflanadigan vaqtingizni (250-350 va xatto undan xam kop bolishi mumkin seriya qisimlari) ilm olishga yoki jo'yali bir ish qilishga sarflasalariz bu nafaqat bu kuningiz uchun balki kelajagingiz va hatto oxiratingiz uchun xa foydalimasmi

Bir xolis musulmon birodaringiz sifatida ushbu fitnali "Kurtlar Vodiysi" serialini ko'rishdan qaytaraman
Alloh barchamizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin

:as:

Qayd etilgan


Habib  19 Fevral 2010, 15:15:05

To'g'ri gapingiz birodar. Hammasi to'g'ri.
Lekin buzg'unchilikka qarshi kurashish, jamiyat tinchligini asrashga qaratilmaganmi film qahramonlari hayoti? Jinoiy guruhlarga qarshi kurashish, harom yo'llar bilan giyohvand moddalar sotuvchi guruhlarning ildiziga bolta urishga qaratilganku film mohiyati? Sevgi muhabbat haqidagi serialmasku bu manimcha? To'gri inson joniga tajovuz,urush kabi sahnalar mavjud ushbu filmga. Bu to'g'ri.
Lekin shaxsan man bu filmni oddiy qabul qilaman.  Filmni ko'rmasa biror nima bo'lib qolish ANA O'SHA odamni o'ziga bog'liq. Mukkasidan ketish yo  ketmaslikka bog'liq. Men uchun bu film to'htab qolsa ham farqi yo'q, davom etaversa ham bemalol.
O'zimam bu filmni 45-seriyasidan ko'ra boshladim(PUSUsini). Oldin hamma gapirsa ham e'tibor bermasdim.Ko'zim tushib qolib qiziqib qoldim.
Biz hammamiz kitob o'qiymiz.Tabiiyki ko'pchilik badiiy asar o'qigan hayoti davomida. Asarlar ham xar hil bo'ladi. Qaysinisidadur ezgulik, boshqasida yovuzlik bilan kurashish aks etgan. Masalan men "Shaytanat" romanini o'qiganimda o'zimni Asadbekday tutishga harakat qilardim."O'tkan Kunlar"ni o'qiganimda Otabek bo'lardim. Siz bevosita o'sha asarni ichiga kirib qolgandek bo'lasiz. Tasavvur qilasiz. Film ham xuddi shunday narsada. Faqat undan yahshi tomonlarini olish kerak. Yomon tomoninimas.
Lekin aziz birodar sizning fikringiz ham juda to'gri. Men shaxsan qo'shilaman!
Hafagarchilik yo'q!

Qayd etilgan


Nurilla  19 Fevral 2010, 16:45:42

Shu paytgacha yani 7yil davomida 180ta bolumi bo'lgan bo'lsa, shuni hammasini ko'rganman. Juda zo'r kino, anu meksikanskiy seriallarga o'xshamagan haqiqiy erkaklar kinosi. Yomon tomoni: vaqtni oladi, haftada 1martta beradi, yana bir tomoni Pusuni uzbekchada chiqmagani. Hozircha shunisiga shukr qilib turkchasini ko'rvomman. Yoshi kichiklarga ko'rsatish kerak emas bunday kinolarni.

Qayd etilgan


Nurilla  19 Fevral 2010, 16:50:58

80 bolumini ohirida Abdulhay (Yülfü Yüksel) qo'mondoni Iskender Buyukni buyrug'i bilan Polatni o'zining pichog'i bilan (pichoq qayerda turganini biladide) pichoqlaydi, orqasidan esa Memati Abdulhayni otib tashlaydi. Shu bilan bolum tugaydi, 4martgacha kutamiz endi. Iskandar Abdulhaydan o'z maqsadi yo'lida zo'r foydalanvotti.

Qayd etilgan


Habib  19 Fevral 2010, 17:47:50

Turkcede ko'rgan yahshi bo'voti bir hisobdan. Oz-moz bilardim endi yahshi bilvoman.
Menimcha endi Abdulhey o'ziga kelsa kerak shifoxonada.

Qayd etilgan


uzboy  19 Fevral 2010, 18:08:47

Bu kino juda zo'r deyishgan va o'zim ham ko'p joylarda o'qib qolaman odamlarni fikrlarini, bir kursang uzingni tuhtata olmaysan deyishadi. Lekin o'zim haligacha shu kinoni ko'rmadim. Qaysi saytdan tuliq bowidan kursa buladi, bekor buganda 1-2 seriyadan kurib quysammi degandim, hamma shu kinoni maqtaydi qanaqa ekan deb o'ylayapmanda

Qayd etilgan


Habib  19 Fevral 2010, 18:17:55

Oddiy kino. Mafiya haqida.
Boshidan ko'rmasangiz tushunmaysiz deyishadi to'gri. Lekin man ko'rmadim boshidan. Lekin tushunib ko'rvoman.
Disk sotuvchilarda bo'ladi. Prokatlarda. Har hafta STAR TV kanalidan qo'yiladi.

Qayd etilgan