Oxirgi bor ko`rgan film  ( 261552 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 51 B


JaviK  23 Fevral 2010, 17:52:24

 :as: Bu mavzuni maqsadi biz tele ekran orqali yoki net, dvd disklardga jo bo`lgan qaysi filmni oxirgib sevib tomosho qilganimiz va u haqda tanqid va yahshi fikrlarimizni muhokama qilamiz degan umiddaman

Qayd etilgan


JaviK  23 Fevral 2010, 17:55:37

men oxirgi bor ko`rgan filmim Poyma-poy.
Bu filmni mazmuni yahshi,lekin komedikligi ozgina bachkalanib qolgan, hayotda bo`ladi manimcha bu voqealar, chunki forumimizda ham shunday savolga duch keldim, Yigit qizni sevib qoladi, lekin yigitni ota-onasi to`yga rozi bo`lmaydi, meni yoki qizni tanla deydi qizni onasi, yigit shunda sevgisini tanlaydi sababi qizga u kerak edi.

Qayd etilgan


uzboy  23 Fevral 2010, 19:44:41

ahha, man ham kecha uzboys.com saytidan Poyma Poy kinosini kurdim
kino haqiqatdan ham hayotdagi muammolarni kursatgan. Lekin juda sodda qilingan, bolani onasi boshqa qizni olib beraman deydi, yigit boshqa olaman deydi va shunchaki oddiygina yigit uydan chiqib ketadi.
Lekin ohiri manga yoqdi, qiz o'z rolini yaxshi uynab bergan. Ubaydullo Omonga esa gap yuq, yig'laganda dildan his qilasiz, qoyillatib yig'laydi. Effekt muzikalar ham zur ishlatilgan. Umuman olgan manga yoqdi kino

Qayd etilgan


siddiqa  23 Fevral 2010, 22:16:19

men oxirgi bor ko`rgan filmim Poyma-poy.
Bu filmni mazmuni yahshi,lekin komedikligi ozgina bachkalanib qolgan, hayotda bo`ladi manimcha bu voqealar, chunki forumimizda ham shunday savolga duch keldim, Yigit qizni sevib qoladi, lekin yigitni ota-onasi to`yga rozi bo`lmaydi, meni yoki qizni tanla deydi qizni onasi, yigit shunda sevgisini tanlaydi sababi qizga u kerak edi.

Ona rolidagi aktrisa va onadan ayrilgan farzand qiz tasviri judayam tasirli ishlangan ekan .boshqa uzbek  kinolariga nisbatan yahshiroq  :) :)

Qayd etilgan


Habib  24 Fevral 2010, 10:49:22

So'nggi ishlangan filmlar ichida ENG MAZMUNDOR ishlangani AROSAT filmi bo'lsa kerak. Hozirgi kunning dolzarb mavzularidan biri ushbu filmda JUDA MOHIRONA tarzda ochib berilgan. Aktyorlar jamlanmasi juda topib,chertib-chertib tanlangandek. Ko'rmaganlar bo'lsa ko'ringlar.Afsus qilmaysiz. Film juda ayojib ISHLANGAN.

AROSAT
Bosh rollarda: MuhammadIso Abdulhayirov, Lola Eltoyeva, Hayrulla Sa'diyev, Abdug'ofir Sobir Mirzo, Bahtiyor Qosimov.
Senariy muallifi: G'ofur Shermuhammad
Rejissyor:Mansur Abduholiq
Film bo'lib o'tgan voqealar asosida ishlangan.
O'zbekkino Milliy Agentligi. "5-studiya" Yoshlar Ijodiy Uyushmasi.

Qayd etilgan


Habib  24 Fevral 2010, 12:47:10

Bundan bir necha yil avval ishlangan "ERKAK" kinokartinasi ham YAHSHI filmlar qatoriga kirsa kerak.  Aktrisa LOLA ELTOYEVAning ishtiroki, Voha(Surxondaryo-Qashqadaryo) udumlari va er kishining OILADAgi o'rni haqida haqidagi ushbu kinoasarni ko'rishga arziydi. Sevgi muhabbat, jo'shqinlikni ko'proq yoqtiruvchilarga tavsiya etmayman.

Qayd etilgan


uzboy  24 Fevral 2010, 14:43:19

So'nggi ishlangan filmlar ichida ENG MAZMUNDOR ishlangani AROSAT filmi bo'lsa kerak. Hozirgi kunning dolzarb mavzularidan biri ushbu filmda JUDA MOHIRONA tarzda ochib berilgan. Aktyorlar jamlanmasi juda topib,chertib-chertib tanlangandek. Ko'rmaganlar bo'lsa ko'ringlar.Afsus qilmaysiz. Film juda ayojib ISHLANGAN.


Manimcha arosat yaqinda emas sal oldinroq ishlagna edi, man uni utgan yili kurganman. Haqiqqatda filmda juda dolzarb mazvu ko'tarilgan va insonlarga Islomni tark etish qanaqa oqibatlarga olib kelishi juda yaxshi ko'rsatilgan. Ko'rmaganlarga tavsiya qilaman, hozirgi kunda bizda shunaqa holatlar bo'layorganini ko'p eshitaman, ibratli kino

Qayd etilgan


Habib  24 Fevral 2010, 14:53:20

O'tgan yili ishlangani TO'G'RI, LEKIN so'nggi ishlangan filmlar jumlasiga kiradi ;-)

Qayd etilgan


siddiqa  25 Fevral 2010, 16:05:32

So'nggi ishlangan filmlar ichida ENG MAZMUNDOR ishlangani AROSAT filmi bo'lsa kerak. Hozirgi kunning dolzarb mavzularidan biri ushbu filmda JUDA MOHIRONA tarzda ochib berilgan. Aktyorlar jamlanmasi juda topib,chertib-chertib tanlangandek. Ko'rmaganlar bo'lsa ko'ringlar.Afsus qilmaysiz. Film juda ayojib ISHLANGAN.

AROSAT
Bosh rollarda: MuhammadIso Abdulhayirov, Lola Eltoyeva, Hayrulla Sa'diyev, Abdug'ofir Sobir Mirzo, Bahtiyor Qosimov.
Senariy muallifi: G'ofur Shermuhammad
Rejissyor:Mansur Abduholiq
Film bo'lib o'tgan voqealar asosida ishlangan.
O'zbekkino Milliy Agentligi. "5-studiya" Yoshlar Ijodiy Uyushmasi.


lekin ohirida o'sha ayolning turmush o'rtog'i kechir kechir deb baqiradi ,

kimdir ayoliga aytayapti deydi har hil tushunish mm ,ayni ohirida tavba qilinish holi kuchliroq ishlanganida yahshiroq bo'lardi . :)

Qayd etilgan


Habib  25 Fevral 2010, 16:36:05

ENDI bilasizmi "kechir" deb ayolidan avf so'ragan tushunishimcha. Chunki o'zini ham, xotinini ham shu ahvolga tushishiga sababchi bo'lib qolgan. Lekin meni filmga hech qanday e'tirozim yo'q. Qo'lidan kelgancha ishlabdi, insonlarga ziyo taratishni maqsad qilishibdi, umrlaridan BARAKA TOPISHSIN.

Qayd etilgan