Aytishlaricha, filmni suratga olish davrida ular vaqtlarini ajoyib o`tkazishgan. Bir-birlariga yengil hazillar qilib, huzur qilishgan. Ammo, Pritining debyuti Mani Ratnamning «Chin yurakdan» («Dil Se») filmi bo`lgan. Garchi film kinoijarada muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo`lsa-da, Priti tomoshabinlar e`tiborini qozonib ulgurgandi. ÂFilmfare jurnali kichik rol o`ynagan bo`lsada, uni eng yaxshi debyutant aktrisa mukofotiga loyiq topdi. Oradan uch yil o`tib, Priti shunday muvaffaqiyatga erishdi-ki, aktrisalar unga hasad qiladigan darajaga yetdi. U suratga tushgan filmlar xitga aylanardi. «Men filmlarda uy bekalari rolini ijro etishni istamayman. Menga rejissyorning kimligi muhim. Filmning kassa yig`imi ham men uchun ahamiyatsiz. Asosiysi rejisser yaxshi bo`lsin», - deydi Priti.
Uzoq vaqt suratga olingan «Yengiltak qiz» (Kya Kehna) 2000-yilda xitga aylandi va Pritining roli yuqori baholandi. Uning nomzodi shu roli uchun «Eng yaxshi aktrisa»likka davogarlik qildi. Ammo mukofot Karishma Kapurga nasib etdi. Garchi mukofotga loyiq topilmagan bo`lsada, ushbu rolni Priti eng yaxshi rolim, deya e`tirof etadi.
Utida Saif Ali Xon va Chandrachur Singh bilan birga suratga tushayotgan Priti grippning og`ir shaklini boshidan o`tkazdi. Lekin baribir ishlashni davom ettirdi. Og`riq qoldiruvchi ukollar unga madad berib turdi. Biroq kasallik o`z ishini ko`rsatdi. Ushbu film umuman muvaffaqiyatga erisha olmadi. Har Dil Jo Pyar Karega, Farz, Chori Chori Chupke Chupke va Mission Kashmir filmlaridagi rollari esa muxlislar tomonidan behisob olqishlarga sabab bo`ldi.
2000-yilda suratga olingan Mission Kashmir filmida u telereportyor rolini ijro etdi. Priti suratga olish jarayonidagi barcha qiyinchiliklarni hamkori Ritik Roshan bilan birga boshidan kechirdi. Keyinchalik ular yana birgalikda Rakesh Roshanning «Biz yolgiz emasmiz» («Koi Mil Gaya») filmida ham suratga tushishdi. «Ritik ishlash eng oson bo`lgan hamkorim hisoblanadi», deydi Priti.
Aktrisa Amir Xonning ashaddiy muxlisasi. Ammo Lagaan filmida sir-sinoatga to`la ushbu aktyor bilan birga suratga tushish imkoniyatini qo`ldan boy berib qo`ygandi. Chunki o`sha vaqtda ikki film suratga olish ishlari sabab, vaqt ajratolmay qolgan. Biroq Farhan Axtarning sharofati bilan biroz keyinroq Amir Xon bilan birga suratga tushish orzusiga erishdi.
Yeh Raaste Hain Pyaar Ke Karishma Kapurga taklif etilib, yakunda Priti Zintaga nasib etgan uchinchi film hisoblanadi. Undan oldingi Har Dil Jo Pyaar Karega va Sangharsh filmlarida ham huddi shunday hol yuz bergan edi. Ushbu filmda esa Priti o`zining sevimli aktrisalaridan biri Madhuri Dikshit bilan suratga tushish baxtiga muvaffaq bo`ldi.
Priti Janubiy Hindiston filmlarida ham suratga tushib turadi. U ishtirok etgan janubiy filmlardan biri Prince â„–1 unchalik mashhur bo`lmagan bo`lsada, ammo filmdagi qushiqlar tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olingan.
Pritining feli juda g`alati. U shu qadar haqiqatgo`y-ki, buning oqibatida boshqalarning ko`ngliga ozor yetkazib ham qoyadi. U o`z hayotini boshqalardan umuman yashirmaydi. «Men shunchalik ochiq ko`ngilman-ki, boshqalar mendan nima kutish mumkinligini aniq bilishadi». Ammo Priti juda ko`ngli bo`sh qiz. «Arzimagan narsalar uchun ham qayg`uraveraman», - deydi u.