Oxirgi bor ko`rgan film  ( 261269 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 51 B


Habib  04 Mart 2010, 17:33:46

Men oxirgi bor ko'rgan filmim: Ларанормальнас свление-Paranormal xolat deb ataladi.
Film: bir insonni uyida bo'lib o'tadigan paranormal holat haqida.Uyda kimdir bordek, taqur-tuqur ovozlar,qadam tovushlari, qandillarni qimirlashi..- va boshqa yana g'aroyib hodisalar haqida. Xuddi uydagi DOMOVOY degan narsa  haqida.(ruslar nazdida)
Lekin insonga ta'sir qiladigan film ekan psixologik nuqtai nazardan. Hujjatli film qilib ishlangan.
Triller,tragediya bo'sa kerak ;)

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2010, 17:39:48

So'nggi ko'rgan filmim - Кандагар bo'ldi.
Ruslar ishlashibdi. Afg'onistondagi holatni tasvir qilishibdi.
U yerdagi Islom bilan bog'liq holatlarni savodsizlarcha tasvirlashgan.

Qayd etilgan


Habib  04 Mart 2010, 17:43:23

So'nggi ko'rgan filmim - Кандагар bo'ldi.
Ruslar ishlashibdi. Afg'onistondagi holatni tasvir qilishibdi.
U yerdagi Islom bilan bog'liq holatlarni savodsizlarcha tasvirlashgan.
Xa afg'on xalqini juda qo'pol, madaniyatsiz, ilmsiz qilib ko'rsatishgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Mart 2010, 18:13:08

Xa afg'on xalqini juda qo'pol, madaniyatsiz, ilmsiz qilib ko'rsatishgan.

Filmda Islomga noxolislik oqibatida yuzaga kelgan kadrlar:

- Asirlarga Qur'onni majburlab arab tilida o'qitishadi. Hatto, buning uchun kaltaklashadi. Vaholanki, Islomda majburlash yo'q.

- Asirlarga qo'pol munosabatda bo'lishadi. Ularni doim kamsitishadi. Vaholanki, Islom asirlar uchun xonadon vakillaridek, balki ulardan ham ortiq muomalaga o'rgatadi. Rasululloh s.a.v.: "asirlarga o'zingizning sevimli taomnlaringizni yediringlar" (ma'nosi) deb ta'kidlaganlar.

- Eriga xiyonat qilgan ayolni omma oldida granata bilan portlatishadi. Vaholanki Islom shariatiga ko'ra, xiyonat qilgan ayolning ushbu jinoyatiga 4 kishi guvohlik berishi, qozi vaziyatni o'rganib, qaror berib boshlab bergandan so'nggina toshbo'ron qilinadi. Ushbu ijroning shartlari qiyin bo'lganligi uchun ashobi kirom davrida ham 2-3 marta ijro etilgan xolos.

- Fotosuratlarni butkul haromga chiqarib, asirni kaltaklanadi. Vaholanki, shariat doirasida esdalik uchun rasmga tushishga shariat ruxsat beradi.

- Ayollarning butkul niqoblanishi - eng oliy "shariat" sifatida baholanadi. Vaholanki, Islom shariati, ayolning yuzi, kaftini ochib yurishiga ruxsat beradi.

Qayd etilgan


JaviK  19 Mart 2010, 09:40:57

Avatar degan filmni ko`rdim,  to`g`risi tushunmadim, bu ketish bo`lsa umuman ishlangan kinolarni tushunmaymiz shekilli. 10 ballik tizimda 2 bal
2bal-rejjisiyor mehnati va aktyorlarni xizmatiga baho :D

Qayd etilgan


Habib  19 Mart 2010, 10:03:41

"Avatar"dagi asosiy ma'no- insonlarni buzg'unchiligini ko'rsatib berish. Hozirgi kunga kelib bu filmni sifatli nusxasni ko'rishingiz mumkin. "Avatar"ning ssenariysi aslida "TITANIK"dan  ham avval boshlangan. Birmuncha yil oldin hozirgidek komp.grafikasi rivojlanmagandi. Ayni vaqtda bunday filmlarni olish qiyin bo'lmay qoldi. Filmni ko'rgan bo'lsangiz insonlar gumanoidlar qabilasini tinch turmush tarzini buzib, yerlarini o'zlashtirishga harakat qilishadi. Asosiy maqsad insonlarni zo'ravonligini ko'rsatib berish.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Mart 2010, 14:06:59

Kecha Jizzax telekanali orqali  Mel Gibson ishtirokidagi "Sheryurak" filmini ko'rdim.

Qayd etilgan


Habib  22 Mart 2010, 08:56:32

Avatar degan filmni ko`rdim,  to`g`risi tushunmadim, bu ketish bo`lsa umuman ishlangan kinolarni tushunmaymiz shekilli. 10 ballik tizimda 2 bal
2bal-rejjisiyor mehnati va aktyorlarni xizmatiga baho :D
;) yahshimas birovni ishiga bunday baxo berish ;)

Qayd etilgan


JaviK  22 Mart 2010, 09:05:08

Avatar degan filmni ko`rdim,  to`g`risi tushunmadim, bu ketish bo`lsa umuman ishlangan kinolarni tushunmaymiz shekilli. 10 ballik tizimda 2 bal
2bal-rejjisiyor mehnati va aktyorlarni xizmatiga baho :D
;) yahshimas birovni ishiga bunday baxo berish ;)

 :DHamma ham shaxsiy fikrini bildirishga egaku :D

Qayd etilgan


Habib  22 Mart 2010, 09:31:08

Xa to'g'ri  :D lekin kino normal ishlangan. to'gri fantastika, lekin o'zga sayyoralarda jonzotlar yo'q deyolmaymizda ;) oldi-qochdi filmlardan tuzukroq nazarimda. yana bilmadim. hamma har hil fikrda!

Qayd etilgan