Oxirgi bor ko`rgan film  ( 261714 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 51 B


JaviK  31 Oktyabr 2010, 01:10:53

kecha ertalab Titanicni ko`rdim, Hech qachon cho`kmaydi degan kemani Olloh bir parcha muz parchasi bilan cho`ktirib yubordi..
Jek o`z o`lim chiptasini qimorda yutib oldi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  01 Noyabr 2010, 21:52:26

Jinoiy to'dalar (mafiya) haqidagi dedektivlarni yoqtiraman.
internetdan "Don Karleone" degan 12 seriadan iborat serialni 1haftada ko'rib chiqdim, juda manzur bo'ldi. Sitsiliya mafiyasi haqidagi Sprut, Cho'qintirgan ota, Cho'qintirgan ona: Vendetta va Bella Mafiya, Yangi Don...larni bir seria ko'rsak, Kurtlar vadisi juda bachkana ko'rinib ketadi ko'zimizga.
Bella Mafiyani yoshlikda qayta-qayta ko'raverardim, birinchi ko'rganimda yig'lab ham olgandim : )

Qayd etilgan


smartboy_uz  02 Noyabr 2010, 00:15:07

Men ham bugun "Kresniy Otets" filmini birinchi qismini ko'rdim...
Haqiqatan ham ajoyib film, ayniqsa boshlanishiga e'tibor bering...
Mafiya otasini yoniga bir tanishi kelib yordam so'raydi, uni ustga qizining to'yi kuni... Bu uni yo'qlab birinchi marta kelishi edi, ilgari kelmagandi...

Don Karleone bunga ajoyib javob berdi, ilgari bir stakan kofega chaqirib, bizga nima xizmat, deb so'raganingda, yaxshi do'stlarga aylanarmidik, va o'sha hozir senga dushman bo'lganlarga men ham dushman bo'lmasmidim, deb...

Shu gapda jon bor... Ba'zida biror og'aynimizga ishimiz tushib qolsa, srazu tel. qilishga yoki e-mail. yozishga inson uyalib qoladi, nega endi faqatgina ishim tushganda yozyapman, bir ko'ngil so'rab ham qo'ymabman, ancha vaqt bo'libdi, deb o'ylanib qolasan kishi....

Mafiya hayoti yaxshi tasvirlangan bu filmda, qolgan qismlarini ham ko'rib chiqish niyatim bor...

Qayd etilgan


Dilafruza  02 Noyabr 2010, 07:15:18

O'g'rigina kelin

Qayd etilgan


Hadija  03 Noyabr 2010, 14:52:29

Kecha kompda "Tundan tonggacha" o'zbek filmini ko'rdim. Komedya janrida ishlashmoqchi bo'lishibdi, 16-17 yoshlilar tomosha qiladigan, saviyasiz,  1 martagina ko'radigan kino bo'pti. Ochig'i, shuncha bekorchi artislaga ketayotgan shuncha mablag' shuni o'rniga yetim-yesirlar haqda kino ishlashsa yaxshi bo'larmidi...

Qayd etilgan


MSJON  03 Noyabr 2010, 15:18:43

Kichkina xo'jayinni ko'rdim.

Qayd etilgan


Nurilla  04 Noyabr 2010, 02:05:07

Oxirgi ko'rgan kinoim bu KVPni 99-bolumi. Unda mafia ko'zga ko'rinmaydi, asosan siyosat. Bu mani fikrim. Cho'qintirgan otani ko'rish niyat bor, o'zbekchasi bo'lsa. Man ham detektiv, mafiya kino, seriallani yoqtiraman.

Qayd etilgan


JeeS  04 Noyabr 2010, 06:22:52

Kecha kompda "Tundan tonggacha" o'zbek filmini ko'rdim. Komedya janrida ishlashmoqchi bo'lishibdi, 16-17 yoshlilar tomosha qiladigan, saviyasiz,  1 martagina ko'radigan kino bo'pti. Ochig'i, shuncha bekorchi artislaga ketayotgan shuncha mablag' shuni o'rniga yetim-yesirlar haqda kino ishlashsa yaxshi bo'larmidi...

Man xam kurdim, qushilaman fikrizga.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Noyabr 2010, 10:28:12

Jinoiy to'dalar (mafiya) haqidagi dedektivlarni yoqtiraman.
internetdan "Don Karleone" degan 12 seriadan iborat serialni 1haftada ko'rib chiqdim, juda manzur bo'ldi. Sitsiliya mafiyasi haqidagi Sprut, Cho'qintirgan ota, Cho'qintirgan ona: Vendetta va Bella Mafiya, Yangi Don...larni bir seria ko'rsak, Kurtlar vadisi juda bachkana ko'rinib ketadi ko'zimizga.
Bella Mafiyani yoshlikda qayta-qayta ko'raverardim, birinchi ko'rganimda yig'lab ham olgandim : )

Men ham "Don Korleone"ni ko'rib chiqdim. Sitsiliya mafiyasi va uning mudhish jinoyatlari haqida haqqoniy olingan film ekan.
"Yangi Don"ning 2 ta qismini ko'rib, qolganini davom ettirmadim, zerikarli ekan. Amerikadagi mafiya oddiy ishbilarmonlikdan o'zga narsa emas ekan. Lekin Italiya mafiyasi juda mudhish jiyatlarni amalga oshirgan ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Noyabr 2010, 10:30:05

kecha ertalab Titanicni ko`rdim, Hech qachon cho`kmaydi degan kemani Olloh bir parcha muz parchasi bilan cho`ktirib yubordi..
Jek o`z o`lim chiptasini qimorda yutib oldi.


Titanic II filmi ham chiqibdi. Lekin birinchisichalik qiziqarli emas.

Qayd etilgan