Oxirgi bor ko`rgan film  ( 261470 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 51 B


JaviK  28 Mart 2010, 08:58:02

Bugun Mo`min Oripovning oxirgi ishlagan filmi qalbaki dunyo filimini ko`rdim, 3 marotaba ko`rishim shu kinoni menga yoqdi

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 Mart 2010, 23:36:42

Oxirgi ko'rgan filmim "Avatar'. Yaxshi kino ekan.
Keyin televizorda qanaqaduram bitta kino kordim. Bitta odam it boqib oladi. Itni yaxshi parvarishlab o'stiradi. O'sha odam olamdan o'tgandan keyin vafodor it egasini ishdan qaytadigan vaqtida bekatga chiqib kutaveradi. Shu zaylda 9-yil kutadi (Film bo'lgan voqealar asosida ishlangan ekan).
Manam shu filmni ko'rdim, rosa yaxshi kino ekan.
Avatir mangayam yoqdii lekin bunaqa mavzuli kinolar judayam kopp... Agar kimdur mandan Avatir qanaqa kino dib sorasa,.... judayam Chiroyli Kino diyardimm.. Lekin korishga azgulik

Qayd etilgan


siddiqa  29 Mart 2010, 07:05:22

 :as:

"the pursuit of happyness "    ruschasi погонс за счасти,
(Will Smith )ko'rishni maslahat berardim balki ko'rgandirsiz .uzbekchasi bormi yo'qmi bimayman ruschasi bor ekan ,inglizcha ko'rsangiz boshqacha tasir qiladi .

mashaqqatlarga inson sabri va men sabr qila olardimmi ?degan savolni o'zingizga berib ko'rasiz ,yig'lashingiz aniq bo'lgan kino .

Qayd etilgan


Habib  01 Aprel 2010, 09:23:24

Кеча 2010 йилнинг снг схши фильми,Оскар мукофотига сазовор бслган "Ловелитель бури" фильмини ксрдим. Яхши ишлашибди.
P.S.: Фильм Ироқ уруши ҳақида.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  01 Aprel 2010, 18:07:19

Kecha ~Vnimanie, govorit Moskva~ degan filmni ko;rdim.
2-jahon urushi haqida. Umuman olganda 2-jahon urushi haqidagi kinolar yoqadi.

Qayd etilgan


Habib  02 Aprel 2010, 11:16:39

Bugun Mo`min Oripovning oxirgi ishlagan filmi qalbaki dunyo filimini ko`rdim, 3 marotaba ko`rishim shu kinoni menga yoqdi
Mo'min Orivov haqidagi film,klip,qo'shiq eshitsam,ko'rib qolsam, ruschasiga раздражение bo'lyapti menda. Olamdan o'tgan insonni tinch qo'yishsa bo'lardi TV,Radio dagilar ham. Bilmadim, balki yotgan joyida azoblanishiga turtki bo'lib qolmasmikan bu ishlar? Alloh biladi.

Qayd etilgan


JaviK  02 Aprel 2010, 16:52:45

Bugun Mo`min Oripovning oxirgi ishlagan filmi qalbaki dunyo filimini ko`rdim, 3 marotaba ko`rishim shu kinoni menga yoqdi
Mo'min Orivov haqidagi film,klip,qo'shiq eshitsam,ko'rib qolsam, ruschasiga раздражение bo'lyapti menda. Olamdan o'tgan insonni tinch qo'yishsa bo'lardi TV,Radio dagilar ham. Bilmadim, balki yotgan joyida azoblanishiga turtki bo'lib qolmasmikan bu ishlar? Alloh biladi.

Hayrulla  hamidovning bir hikoyasida eshitganman, Og`lini vafotidan ortidan to`xtovsiz aza ochib yig`lab har kuni unga duo qilish, hotirlash o`rniga yig`i solar ekan, o`g`lining ruhi esa bundan azoblanar ekan,

P.S : meni nazarimda o`lganlarni yahshi hotiralar bilan eslash yomon emas> OLLOH bilguvchi ko`rguvchi zotdir.

Qayd etilgan


Sadulla  04 Aprel 2010, 06:30:47

Tavsiyalarga binoan "Uylanish" degan kinoni ko'rdim.

Labda nimtabassum bilan ko'riladigan kino ekan :  )

Lekin filmni syujeti sal yuzakiroq ishlangan.
Hozirgi kunda ko'rishga arziydigan kinolarni o'zi ham kam, menimcha.

Qayd etilgan


Ansora  04 Aprel 2010, 15:04:28

Turkiyaning TRT AVAZ degan yangi kanali 1 yil oldin ochilgandi. Butun dunyodagi Turkiylar yashaydigan hamma joyda bu kanal ko'rsatiladi. Shu kanalda yaqinda "Nortoy" degan filmidan parcha tomosha qildim. Chunki ko'p tomosha qilishga sabrim yetmadi...Qaysidir ashula gruppasi ham o'ynagan. Kino O'zbekcha pastda Turk tilidagi tarjimasi berib borilayotgandi. Kinoda asosan Toshkent shevasi ishlatilgan, xazil-xuzullar ham hammasi argo..Adabiy tildan asar yo'q! Hayron qoldim, namuncha bu kinolarni saviyasi tushib ketibdi, deb...

Achingan joyim 250 milliyonga yaqin bu kinoni ko'rgan insonlar O'zbeklarni shunday deb o'ylashlari edi. Bizni ham ma'noli kinolarimiz ko'p, lekin ularni reklamasini hech kim qilmagani uchun shunday "yengil" kinolar butun dunyoga namoyish etilyabdi afsus....

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Aprel 2010, 20:05:37

Hech multfilim k'orib yig'lamagandim.. Kecha "UP" digan multfilimi ko'rib rossa yig'ladim.. faqat boshida..

Qayd etilgan