Oxirgi bor ko`rgan film  ( 261495 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 51 B


munisaxon  05 Aprel 2010, 06:52:29

Turkiyaning TRT AVAZ degan yangi kanali 1 yil oldin ochilgandi. Butun dunyodagi Turkiylar yashaydigan hamma joyda bu kanal ko'rsatiladi. Shu kanalda yaqinda "Nortoy" degan filmidan parcha tomosha qildim. Chunki ko'p tomosha qilishga sabrim yetmadi...Qaysidir ashula gruppasi ham o'ynagan. Kino O'zbekcha pastda Turk tilidagi tarjimasi berib borilayotgandi. Kinoda asosan Toshkent shevasi ishlatilgan, xazil-xuzullar ham hammasi argo..Adabiy tildan asar yo'q! Hayron qoldim, namuncha bu kinolarni saviyasi tushib ketibdi, deb...

Achingan joyim 250 milliyonga yaqin bu kinoni ko'rgan insonlar O'zbeklarni shunday deb o'ylashlari edi. Bizni ham ma'noli kinolarimiz ko'p, lekin ularni reklamasini hech kim qilmagani uchun shunday "yengil" kinolar butun dunyoga namoyish etilyabdi afsus....

Turkiyadagi bu kanal bilan O`zbekistondagi TV- markaz kanali o`z kino va ko`rsatuvlarini ayirboshlashayapti. TVM ko`ngilochar va xususiy  kanal bo`lganligi uchun ular ko`proq foyda keltiradigan filmlarni qo`yishga harakat qilishadi Nortoyga o`xshagan

Qayd etilgan


Habib  05 Aprel 2010, 08:52:08

Bugun Mo`min Oripovning oxirgi ishlagan filmi qalbaki dunyo filimini ko`rdim, 3 marotaba ko`rishim shu kinoni menga yoqdi
Mo'min Orivov haqidagi film,klip,qo'shiq eshitsam,ko'rib qolsam, ruschasiga раздражение bo'lyapti menda. Olamdan o'tgan insonni tinch qo'yishsa bo'lardi TV,Radio dagilar ham. Bilmadim, balki yotgan joyida azoblanishiga turtki bo'lib qolmasmikan bu ishlar? Alloh biladi.

Hayrulla  hamidovning bir hikoyasida eshitganman, Og`lini vafotidan ortidan to`xtovsiz aza ochib yig`lab har kuni unga duo qilish, hotirlash o`rniga yig`i solar ekan, o`g`lining ruhi esa bundan azoblanar ekan,

P.S : meni nazarimda o`lganlarni yahshi hotiralar bilan eslash yomon emas> OLLOH bilguvchi ko`rguvchi zotdir.
P.S: ga qo'shilaman. Siz haqsiz. Bilmadim, shunchaki odamni yuragini siqadi bu narsa, yolg'iz qolgan ayoli,farzandini ko'rsatish boshqalarga ham ta'sir qiladida. Ko'pchilik ko'rib yuragi eziladi. Vallohu A'lam. Inson bunday ishlardan kerakli xulosa chiqarish kerak."Man sezmayapman hech qanaqa chegarani" deb qo'shiq aytgandan ko'ra Biz qayerdan bilamiz o'sha insonni qo'shig'ini eshitib insonlar diskotekada,to'yda bir-biriga qosh qoqib,hirom qilib raqs tushayotgandur? Shu narsa azoblanishiga sabab bo'lmaydi ayta olamizmi? Hamma o'ziga kerakli xulosani chiqarib olish kerak. Alloh qabrini nurga to'ldirsin!

Qayd etilgan


Habib  05 Aprel 2010, 09:41:38

Kecha "Uylanish" degan kinoni tomosha qildim. Komediya qilib ishlangan. Lekin sayoz komediya menimcha. Uzoqovning bachkana yuz mimikalaridan foydalanilgan filmda. Aqlga sig'mas syujet. Bolaning ota-onasi ohirida nimagadur qizning uyida sovchilar timsolida ko'rinishadi. Uyushtirishadi go'yoki. Rejissyorgayam qoyilman.Kinoni boshlashga boshlab qo'yganda, ohiriga kelganda yalqovlik qilib sodda,oddiy yo'l bilan tugatib qo'ya qolibdi. Одноразовс‹й kinolar ko'paysa ko'paymoqda,kamayish yo'q.

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Aprel 2010, 10:57:23

Man Oxirgi martda Kecha Men bu Sen degan kinon ko'rdim To'risi Juda ham tushunarsiz ma'nosiz,Mantiqga To'ri kemeydigan film ekan..

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 Aprel 2010, 00:10:04

Kecha Striker digan Hindcha kino kordim.. Yaxhsi kinoo edi..

Qayd etilgan


UzMuslim  16 Aprel 2010, 11:22:23

Oti nimeydi anuvi bor ku Hozir ha Osmondagi bolalarni Ko'rdim,Manimcha O'zbek ijodkorlarini eng yaxshi filmlaridan bittasi,shu,de.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  16 Aprel 2010, 22:37:21

Kecha "Uylanish" degan kinoni tomosha qildim. Komediya qilib ishlangan. Lekin sayoz komediya menimcha. Uzoqovning bachkana yuz mimikalaridan foydalanilgan filmda. Aqlga sig'mas syujet. Bolaning ota-onasi ohirida nimagadur qizning uyida sovchilar timsolida ko'rinishadi. Uyushtirishadi go'yoki. Rejissyorgayam qoyilman.Kinoni boshlashga boshlab qo'yganda, ohiriga kelganda yalqovlik qilib sodda,oddiy yo'l bilan tugatib qo'ya qolibdi. Одноразовс‹й kinolar ko'paysa ko'paymoqda,kamayish yo'q.
bu umuman "kino" emasku, men deyarli ko'rmadim. Uzoqovni ko'rsam kinoni ko'rgim ham kelmaydi, qiliqlari umuman bachkanaligi uchun...
bu yil faqat bitta kino yaxshi chiqdi, qolgani hammasi bir hil syujet. 7-haykal va 1-kal" degan super komediya bor, shuni maza qilib tomosha qilasiz.

Qayd etilgan


Ansora  17 Aprel 2010, 19:54:36

Turkiyaning TRT AVAZ xalqaro kanalida 2-3 kun oldin O'zbekcha : "Begona kelin" (yoki "Chet ellik kelin") degan (qisqa metrajli edi shekilli) kinoni ko'rdik oilaviy.

Menga ham, uydagilarga ham juda yoqdi. Ayniqsa qishloq hayotidan bo'lishi bizga ma'qul keldi: )

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Aprel 2010, 03:05:44

Bugun Blind Side digan kinoni kordim Oscar yutgan.. Judayam yaxshi kino ekan.. Bogan voqeani Kino qilishgan,...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Aprel 2010, 17:04:01

Kecha koreyalik kinoijodkorlar ishlagan "38-parallel" degan kinoni qayta ko'rdim. Avval koreyschasini ko'rgandim. Ruscha tarjimasini ham ko'rdim kecha. :)
Urush daxshatlari, uning xalq boshiga keltirgan mislsiz kulfatlari ikki aka-uka va ularning oilasi misolida yaqqol ochib berilgan.
Yurtimiz tinch, Xudoga shukur. Olloh yurtimizni tinchligini abadiy qilsin.

Qayd etilgan