Yolg'iz qolishni xohlaganingizda...  ( 41787 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


JaviK  24 Fevral 2010, 09:19:43

Assalomu Alaykum aziz forumdoshlar.
Bu mavzuni ochishimdan maqsad Inson hayoti davomida dunyo ishlaridan charchab, yolg`iz qolgisi o`tgan umrini sarxisob qilgisi va kimdandir ranjisa o`zini yupatish uchun o`zi yoqqan biron yerda yolg`iz qolgisi keladi. Sizlarda shunday holat bo`lsa qayerga borgiz keladi, hayotizda hech shunday voqea bo`lganmi

Qayd etilgan


JaviK  24 Fevral 2010, 09:23:02

Mening ko`nglim nozik men o`zim yomon ko`rgan hislatim ham shu, ozgina narsadan hafa bo`laveraman. akalarim bilan tez tez tortishib qolaman, ishlardan charchasam uyimizni tomiga chiqib hammaga tepadan qarab o`tirib hayol surib o`zimni yupatib yana qaytib tushaman

Qayd etilgan


lolo  24 Fevral 2010, 09:44:19

xalqimizda maqol bor "bekorchidan hudo bezor"
deyarli barcha salbiy ishlar shu bekorchilikdan kelib chiqadi.
"Yolg'iz qolishni xohlash"ni ham o'z o'rni bor. Bu degani xohlagan ishini qilib o'tirish emas. Ayniqsa hayol surish yomon.
Shunichun yolg'iz qolganda biror foydali ish bilan band bo'lsa yaxshi. Ilm olayotgan yoki biror ijod qilayotganla yolg'iz qolsa odatda foydali va samarali ishni muvaffaqiyatli bajaradilar.
Odamovilik ham yomon. Bo'lar-bo'masga hafa bo'maslikni o'zida tarbiyalash kk. Ayniqsa bu yigit kishiga yarashmaydi. "Ha mayli" deb ketishni o'rganish kk.

Qayd etilgan


uzboy  24 Fevral 2010, 14:52:08

Man birovdan hafa bo'lganlik uchun yoki boshqa salbiy sababdan yolg'izlik qolishni yaxhsi ko'rmayman. Lekin O'zim ba'zida balkondan ko'ch tomonga qarab odamlarni tomosha qilaman, turli hil odam hamma o'z muammosi bilan turli yoqqa ketayati harakatlar qiladi, bundan ham qanday saboq olsa buladi

lekin har kuni kechasi uhlashdan oldin bugun qanaqa yaxshi yomon ishlar qildim deb kerakli xulosalar qilaman, va ertgangi kunda nimalar qilish kerakligini yozib quyaman, kelajak haqida o'ylayman.

Qayd etilgan


Habib  24 Fevral 2010, 14:57:20

Yolg'izlikdan O'zi asrasin!

Qayd etilgan


JaviK  24 Fevral 2010, 14:59:14

Meni esa ba`zida  1 soatga bo`lsa ham yolg`iz qolgim keladi............ :'(

Qayd etilgan


uzboy  24 Fevral 2010, 15:08:08

Yolg'izlikdan O'zi asrasin!
Bu yerda doim yolg'iz qolib ketishlik haqida so'ralmayapti, ba'zida fikrlarni bir joyga yig'ib olish o'zini bosib olish uchun yolg'iz qolib mustaqil o'ylab ko'rasizku shuni nazarda tutilgan

Qayd etilgan


Habib  24 Fevral 2010, 15:21:31

Fikringiz to'g'ri. Men noto'g'ri anglabman  ;) ;)

Qayd etilgan


Mr.Twister  24 Fevral 2010, 23:49:24

Assalamu alaykum.
lolo opaga:
opa sizga anchadan buyon hayron qolib yurib, gapiriw esa noqulayroq edi. Aql o'rgatyapti deb tuwunmang iltimos.
Lolo nega ba'zan userlarning fikriga, ularning xarakterlariga to'g'ridan to'g'ri qarwi chiqasiz. Axir ular ham o'zlaridan kelib chiqib fikr bildiradilar.
Yuqoridagi postizda ham javik_0770_lito ning fikriga to'g'rirog'i xarakteriga qarwi chiqibsiz. Bu b.n siz kiwiga salbiy tuyg'u berasiz va wu orqali siz aytgan odamovilik paydo bo'ladi.
Yolg'iz qoliwning nimasi yomon, siz aytgancha bekorchilik bo'la qolsin. Axir inson dunyoga iw, pul u.n kelmaganku. Yolg'iz qolganda inson, ko'p narsa haqida o'ylab oliwi mumkin. Ko'pchilik wu yolg'iz qolib fikr yuritganligi tufayli islomni tuwungan, iymonga kelgan.
Yolg'iz qoliwni nimasi yomon. Aytingchi sizni hech yolg'iz qolgingiz kelmaganmi (ayniqsa qiz bolasiz)?
Mani ham vaqtincha yolg'iz qolgim, köp narsani unitib, köp narsani qayta eslagim keladi.
Aql o'rgatyapti deb o'ylamang, iltimos.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Fevral 2010, 07:05:16

Men dunyo ishlaridan charchab, insofsizlik, nohaqlik degan narsalarga guvoh bo'lib ruhiy a'zoblarga yo'liqqan paytimda yolg'iz sayohatga chiqishni hususan tog'li joylarda tabiat qo'ynida dam olishga harakat qilaman.

Ayniqsa,  qoyatoshlarda ovozim boricha baqirsam, hamma narsani unitgandek,  ko'nglim ancha taskin topgandek bo'ladi.

Man ham tez-tez yolg'iz qolishni yaxshi ko'raman.
Hamma narsadan dam olishni...

Imkonim bo'lganida allaqachon mr_soib etganidek qilardim...

Yolg'iz qolib tafakkur qilishga nima yetsin?...

Qayd etilgan