Men qaytib kelaman (Tog'ay Murod zamondoshlari xotirasida)  ( 122752 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 30 B


Ansora  06 Mart 2010, 13:40:56

6-lavha
Shanba kuni edi. Kechqurun maktabdosh do’sti Sattor Alimardonovning «Jiguli»sida uyga keldi.
—    Yuring,  olishga olib boray. Kelin, shuning putyovkasiga yaxshilab bir imzo chekib bering. Buning buncha jonini olmang-da. O’zi sizga ko’-o’p qobil ko’rinadi-ku.
Botosh qishlog’idagi sport ustasi Abdurasul polvonning hovlisi qaynab yotardi. Odam yorib yurib bo’lmaydi. Katta olishning daragini eshitib ne-ne polvonlar kelgan.
Tog’ay Murodning kelganini kimdandir eshitgan to’y egasi halloslab yetib keldi. U o’zida yo’q xursand edi.
—  Yo tavba-ey, tavba. Tushimmi yo o’ngim? Xudoning o’zi sizni yetkazdi. Olishga bakovullik qilasiz. Haligi kitobingizdagi bakovulingizga o’xshab.
«Yulduzlar mangu yonadi» qissasidagi Bo’ri bakovulga o’xshab baqirib zot aytadi. Baqirib harom-halolni ajratadi. Men bo’lsam, unga bir dunyo havas bilan qarab turibman. Yonimdagi Sattor Alimardonov deydi:
—  Buning bunday ishlarda suyagi yo’q.
Bir mahal to’y egasi adibning yelkasiga to’n, beliga belbog’ bog’ladi. Boshiga do’ppi kiygizdi. Qomatdor Tog’ay Murodga bu kiyimlar juda-juda yarashdi.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 13:41:11

7-lavha
U xonasidagi telefon buzilib qolgan paytlari mening xonamdagi telefondan Toshkentga chiqardi. Nashriyotda ishlaydigan rafiqasi Ma’suma Ahmedova bilan tez-tez xabarlashib turardi. Xotinining kayfiyati yaxshi ekanini eshitgan  kunlari uning ham dimog’i chog’ bo’lib ketardi. Bir kuni telefon go’shagini xotini emas, nashriyot  muharriri Mashrab Boboev olib qoldi. Tog’ay Murod tashvishli gapirardi:
—  Mashrab aka, tinchlikmi o’zi? Kecha ishga chiqqanmidi, shamollab qoldimi? Iltimos, undan bir xabar oldiring. Agar xizmat bo’lmasa?
Tushdan so’ng Ma’sumaning o’zi  qo’ng’iroq  qildi. Andijondan birga o’qigan dugonasi kelganini, shuning uchun... Shundan so’ng yozuvchining ko’ngli joyiga tushdi.
Payt kelganidan foydalanib, hazillashaman:.
—   O’h-ho’! Odamlar xotinidan qo’rqmas ekan.
—  Ukkag’ardi uli, jim bo’l!
Bir kuni ishdan rosa toliqib chiqdik. Tuman markazidagi yakkayu yagona restoran yonidan o’tarkanmiz, men gap qotdim:
—  Odam bugun sa-al charchadi, deyman.
Avvallari bunday gaplarni tez eshitadigan Tog’ay Murod bu gal keskin rad etdi.
— Tinch  yuring.  Bugun-erta  bo’lmaydi. Buyog’i  hayit  yaqin,   Toshkentdan komissiya kelyapti. Tag’in odamning tobini qochirmasin. Keyin  bilsam,  Ma’suma yanga qo’ng’iroq qilib,  ikki-uch kun ichida «Xo’jasoatda bo’laman», deb aytgan ekan. Tog’ay Murodning «komissiya»si   Ma’suma yanga ekan.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 13:41:30

8-lavha   
Ulkan zalga o’lik,  berahm sukunat tushgan. Hamma hozir zo’r bir odamni dafn etib kelishganday. Shu motamsaro sukunatni minbarga ko’tarilgan raykom xodimi bo’lib yubordi. U byuro qarorini o’qishga kirishdi. «Gazeta bosh muharriri Eshmirza Muhammadievga qattiq hayfsan berilsin. Bo’lim mudirlari ogohlantirilsin. «So’fi Olloyor kim bo’lgan?» maqolasining muallifi Tog’ay Murod gazeta ishidan chetlashtirilsin».
Qarab turibman. Tog’ay Murod yig’lamoqdan nari-beri. Uning polvon kelbat vujudi titrardi. Axiri bo’lmadi. U o’rnidan turdi. Raykom xodimlari uni gapirishga qo’ymadi.
 — Biz  sizdan  hech  narsa  eshitmaymiz,  o’tiring.  Oltinsoyni O’zbekistonga sharmanda qilganingiz yetar.
Ammo Tog’ay Murod o’tirmasdi. Uning ko’zlari, yuzi qip-qizil bo’lib ketgandi. Uning ovozi zalda momaqaldiroq  yanglig’ jarangladi:
— Aytinglar, men nima qipman? Mening aybim nima? Shu
maqolammi? Shunga shunchami? Men unda nimani noto’g’ri yozibman? Nimasi yomon? Hali ko’rasizlar, yaqin qoldi. Odamlarning bari islomga qaytadi, Xudoga qaytadi. Kerak bo’lsa, hamma qishloqlarda machit bo’ladi. Odamlar emin-erkin namoz o’qiydi. Har bir uyda Qur’on kitobi ochig’liq turadi. Sizlar Xudo bexabar bir odamlarsiz.
Byuro o’tayotgan zalning orqa eshigi ochildi. Birov byuroni yopolmadi. To’rdagilar orqa eshikdan qochib chiqishdi. Biz tashqariga chiqqanimizda firqaning amaldor shotirlaridan birovi ham qolmagandi.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 13:41:45

9-lavha   
Adibning xatosi «Oltinsoy tongi» gazetasida bosilgan «So’fi Olloyor kim bo’lgan?» maqolasidagi quyidagi yozuvlar edi: «Ey musulmon bandasi, jon berar chog’ingda kimni eslaysan? Partiyanimi? Komsomolnimi? Albatta, Xudo deysan. Otajon-onajon deysan. Minba’d hali men aytganlarni aytmaysan. Otajoning, onajoning janozasida esa tirik turib, bir siqim tuproq tashlay olmasang!»
Buni qarangki, gazetaning aynan shu sonini kimdir konvert¬ga solib O’zbekiston Markazqo’mi kotibiga shaxsan jo’natgandi. Bari mojarolar shu tufayli edi.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 13:42:05

10-lavha   
— Xo’jasoatga ham bormayman. To’g’ri ketaman. Poezdga chiqaman.
Denov vokzalidamiz. Dardi, ijod dunyosi bu yorug’ olamga sig’mas yozuvchiga taskin-tasalli berolmayman. U bamisoli bola fe’lli bo’lib qolgandi. Qo’lidan dastro’molchasi tushmasdi:
— O’z elimda meni sharmanda qilishdi-ya. Kun keladi, bu muttahamlar mendan oldin mullo bo’ladi. Shunda aytaman. Shunda o’chimni olaman. Oldilaridan salom berib o’taman. Bular dumi yo’q, orqasi siyg’onchiq tulki.
—  Aytganingiz kelsin. Hayot jazosini bersin.
Yuzi bo’g’riqqan Tog’ay Murod poezdga chiqdi. Uning so’nggi gapi shu bo’ldi: 
— O’z yurtiga sig’magan yozuvchi oshnangga xayr de! Tuman gazetasida ishlay olmay haydalgan, senlarni qora otli qilib ketayotgan oshnangga qo’l silta!
Uning ko’zlari to’la yosh edi. Endi bu yoshlarni g’ijim dastro’moli bilan ham artmasdi. Ajablanib qarayotgan odamlarga parvo ham qilmasdi. U telbavor alfozda edi.
Poezd jo’nab ketgan bo’lsa-da, perronda behol turib qolgandim. Tanamdagi qon yaxlaganday edi: «Nahotki, bari buyuklarning boshida ko’rgiliklar shunday ko’p bo’lsa?!»

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 13:42:19

11-lavha
Oradan besh-olti yil o’tdi. Tog’ay Murod Toshkentda dongdor bo’lib ketdi. Oltinsoyda deyarli yarmini qoralab olgan «Otamdan qolgan dalalar» romani ayniqsa mashhur bo’lib ketdi. Muhtaram Prezidentimiz nazariga tushdi. Dilbar asarlari kinorejissyorlar e’tiborini tortdi. Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotini olgan yozuvchiga «O’zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berildi.
Tog’ay Murodning bu muvaffaqiyatlaridan oltinsoyliklar, jumladan, o’zim  ham  terimga sig’masdim.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 13:42:36

12-lavha
1998 yil. Hovli etagida bolalarim bilan g’o’zapoya bosmoqda edim. Bir mahal Xidirsho arig’i tomonidan bir yap-yangi «Jiguli» shundaygina hovlimiz eshigida to’xtadi. Tog’ay Murod siyoqli bir odam oldingi eshikdan  tushdi
—  Yo tavba! Tog’ay Murodga o’xshaydi-ku.
 Rosti,  hammamiz jimib qoldik. Mashinadan tushgan kishi chindan  ham Tog’ay Murod   edi! U juda chiroyli kulimsirab turardi. Quchoqlashib ko’rishdik.  U avvalgidan ham  xiyla to’lishgan, yuzlari yanayam salobat baxsh etib, bir qarashda har qanday odamni hayajonlantirib qo’yadigan qiyofa kasb etgandi.
Mashinani uzun bo’yli, xushkelbat yigit ichkariga oldi. Bu yigit uning iqtisodchi   jiyani   edi.
—  Mana, biz ham mashina oldik. Lekin sabil rulga yurak bo’lmaydi. Shuning uchun jiyanni yollab turaman.
Shu vaqt ko’zi bostirma ostida turgan mashinani ko’rib sevinchi oshib ketdi.
— E, ukkag’ardi uli, sizam mashinali bo’psiz-ku. G’ayrat qiling, buyursin.
Shu kuni tut tagidagi qadrdon so’rida gurungni rosa urdik — mashinalarni yuvdik.
E-voh,   Tog’ay   Murod   bilan   so’nggi   gurungimiz,   so’nggi  ulfatchiligimiz, shu bo’lib qoldi.
Hozir, rosti, shu so’rida kechalari yotolmayman. Tog’ay Murod o’tirganday bo’laveradi.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 13:43:28

MIRZAPO’LAT TOSHPO’LATOV

KUNLARDAN BIR KUN...

Xabar


Men, o’tgan asrning 80-yillarida G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlardim. Tog’ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatidagina bilar, u bilan yaqindan tanish emasdim.   «Oydinda yurgan odamlar», «Ot kishnagan oqshom» qissalariga muharrirlik qilish sharafiga muyassar bo’lgunimga qadar, Tog’ay Murod bilan shunchaki salom-alik qilar, jiddiy suhbat qurgan emasdim.
Bir kuni meni o’sha paytlardagi nashriyot direktori Jumaniyoz Jabborov kabinetiga chaqirib qolishdi. Xonada Jumaniyoz Jabborov bilan nashriyotning «Original proza bo’limi» mudiri Lola Tojieva o’tirardilar. Ular menga yozuvchi Tog’ay Murod asarlariga muharrirlik qilishimni aytishdi.
—  Faqat muomalada ehtiyot bo’lasiz. O’jarroq, lekin o’zi katta yozuvchi. Asarlarini o’qib maza qilasiz, —  deya «Oydinda yurgan odamlar» deb nomlangan qissalar to’plamining qo’lyozmasini uzatdilar. Ushbu to’plamga adibning mashhur «Oydinda yurgan odamlar» va «Ot kishnagan oqshom» qissalari kirgan edi. Ushbu  qissalar Tog’ay Murod keyinchalik yozganiday, «ne kunlarni ko’rmadi...». Bu qissalarning chop qilinishi voqealarini yozsa, e-he, katta bir kitob bo’ladi. Men hozir qissalar taqdiri haqida emas, Tog’ay Murod portretidagi ba’zi chizgilar haqida so’zlamoqchiman.
Shunday qilib, men qissalarni o’qiy boshladim. Birdan asarlar meni o’ziga rom qildi. Ba’zi asarlarni qiynalib-qiynalib zo’rg’a jig’ibiyronimiz chiqib o’qirdik. Tog’ay Murodning asarini o’qib boshlaganimni bilaman, go’yoki joyimda mixlanib qoldim. Sehrlanib tushlik ham qilmabman, kech soat sakkizlarda qo’lyozmani o’qib tugatib o’rnimdan turdim. Asarni o’qib bo’lib, shunday xayollar ichida qoldimki... Ana asaru mana asar...

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 20:22:30

Uchrashuv

Xonada hamkasabalarimga meni qattiq hayajonga solgan qissalarni to’lib-toshib gapirib turganimda to’satdan birov eshikni ochdi. Xonaga zabardast, ko’zlari o’tli, o’ta jiddiy Tog’ay Murod kirib keldi. Hamma bilan qisqa-qisqa salomlashdi-da, qarshimga o’tirdi.
— Kitobimga sizni muharrir qilib tayinlashgan ekan. Qachon fikringizni aytasiz? — dedi u menga yuzlanib.
Men unga qarab:
—  Hozir aytishim ham mumkin, —  dedim.
—  Mayna qilmasdan to’g’risini ayting, —  dedi u jiddiylik bilan.
Men Tog’ay Murodga qarab:
—  Rosti bilan kecha o’qib bo’lganman. Hozir sizning asaringiz haqida gapirib o’tiruvdim.
—  Xo’sh, qalay?
—  Juda zo’r. Hatto biror verguliga ham qalam tekkizmoqchi emasman.
Uning birdan chehrasi yorishdi:
— Nima deb xulosa yozasiz?
— Nima deb yozardim? To’plam menga yoqdi, bu yaqin-orada bunday ajoyib asarni o’qiganim yo’q. Uni bemalol nashr qilsa bo’ladi, kitob esa qo’lma-qo’l bo’lib o’qiladi, tahrirga muhtoj emas, biror vergulini ham o’zgartirib bo’lmaydi, deb yozaman.
Uning bu gaplardan xursand bo’lgani shunday ko’rinib turardi. Biz ilk bora shu zaylda uchrashdik. Shu-shu, Tog’ay Murod bilan tez-tez uchrashib turadigan, uzoq-uzoq suhbat quradigan yaqin aka-ukaga aylandik.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 20:23:12

U ranjigan kun

Tog’ay Murod nihoyatda jiddiy, har bir gapini o’ylab gapiradigan, bir so’zli, o’z fikrini kishining yuziga dangal aytadigan, dadil hamda katta bilimga ega nuktadon adib edi. Mana, qissalarining bosmaxonadan korrekturasi ham keldi. U o’sha kuni nashriyotga kelganida, men gapni uydagilar, bola-chaqa yaxshimi, deb so’rashishdan boshladim.
Birdan uning jahli chiqdi. Atrofga bir qarab oldi-da, tash¬qariga chiq, dedi. Men Tog’ay akaning orqasidan chiqdim.
   — Hozir sen hazil qildingmi yo atayin shunday dedingmi?
   U menga birinchi marta sensirab gapirdi. Jahli chiqqani oqarib ketgan yuzidan shundoq sezilib turar edi.
   — Nimaydi, hazil qilganim yo’q, biror nojo’ya gap aytdimmi? —  men shosha-pisha shunday dedim.
—  Men uylanmaganman.
   Talmovsirab qoldim. Rostdan ham uning oila qurmaganligini bilmasdim. Nima deyishni bilmasdan, beixtiyor uzr so’radim.
— Bilmagan bo’lsang, mayli.
Uning ovozi ohangidan yumshaganini sezib, dadillashdim:
—  Nasib bo’lsa, uylanarsiz, ko’z ostingizga olganingiz bordir.
— Bor. Qarshingda o’tirgan Ma’suma bor-ku, so’ra, shu qiz tegsa olaman. Bor, kirib so’ra, — dedi.
   Dabdurustdan eshitgan javobimdan andak shoshib qoldim. Xullas, kursdoshim Ma’sumaga Tog’ay akaning ko’ngli borligini aytdim. Bu gapni Tog’ay aka shoshirganiday, o’sha kuni emas, ertasi kuni payt poylab aytdim. Ma’suma o’ylab ko’ray, keyin javobini aytaman, dedi.

Qayd etilgan