Assalomu alaykum biroz kechroq bo`lsada taqdim etayapman. Fikrlaringizni kutib qolaman
Ingliz tilini o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalar
[/b][/font]
Yangi pedagogik texnologiyalar deganda ko`pchilikning ko`z oldiga kompyuter va boshqa zamonaviy uskunalar keladi. Yangi pedagogik texnologiyalar yangicha dars o`tish uslublarini yaratish va shu orqali ta`limda muvaffaqiyatli naijalarga erishishdir. Pedagogikada texnologiyani qo`llash , yangicha uslubda darslarni o`tish kabilar o`tgan asrning 50-yillaridan boshlangan edi. Bu harakat dastavval AQSHda ko`plab qo`llanilgan, shu sababli ham birinchi bo`lib, 1961-yilda "œPedagogik texnologiya" jurnali chop etila boshlandi.Angliya, Yaponiya, bir necha Yevropa davlatlari AQshdan so`ng bu yo`nalishga hissa qo`shganlar. Bizga esa bu kabi texnologiyalar keyinchalik, ya`ni 90-yillarda kirib kelgan bo`lsada, hozirgi kunda bu yo`nalishda ko`pgina yangi loyihalar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Ta`lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta`lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga juda ko`plab imkoniyatlar yaratilgan.
Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida "œo`quv jarayonini ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash" zarurligi alohida ko`rsatib o`tilgan. Ta'lim-tarbiya jarayonini samarali ro'yobga chiqarish ko'p jihatdan maktabning har bir o'qituvchisi, akademik litsey va kasb-hunar kolleji, oliy maktab muallimining yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning umumiy nazariy va amaliy asoslarini qay darajada egallaganligi bilan belgilanadi. Pedagogik texnologiyani qo`llashdan asosiy maqsad bu barcha o`quvchilarninig o`zlashtirish bo`yicha tengligiga erishishdir yoki Gerbert Spenser ta`kidlaganidek: "œTa`limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o`rgata olishdir".