Yapon she'riyatidan: hayku va tankalar  ( 44196 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 11 B


Ansora  13 Mart 2010, 14:23:51

***
Qaydan keldi bu yalqovlik?
Bugun arang uyg‘otishdi meni
Shovullaydi bahor yomg‘iri.
***
Qiziqamiz yonar qurtlarga,
Qayiqchidan umid yo‘q, u mast,
To‘lqinlar qayiqni surib bormoqda.
***
Oydin qish kechasi
Qor bosgan yo‘llar,
Itga otay desam topilmaydi tosh.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:24:15

Kobayasi Issaning yana ikki xaykusi:

Kechib o‘tdim sayoz va toshli,
Fe’ruzarang daryo suvlarin
Shippagimni qo‘limga olib
***
Oydin kecha
Tiniq sholipoya suvida
Oqib yurar gilos gullari .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:24:36

Kovaxigasi Xekigadoning ikki xaykusi

Suzayotir qora kemaday,
Sekin asta bulutlar aro
Tog‘ning cho‘qqisi.
***
Shilliqqurtning sira
Chig‘anog‘idan chiqqisi kelmas
Kuzgi shamollar.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:25:01

Masaoka Sikining ikki xaykusi

Gullagan Yamabuka soyasi,
Suv solingan qovoqda
Biltanglaydi kumushrang baliq.
***
Kimsasizlik.
Daraxt soyasidagi o‘rindiqda
Qarag‘ayning igna barglari.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:25:33

Nayto Meysetsu yozgan xaykular:
(1847 - 1926)

***
Og‘ilxona ustida
Porlar yangi oy.
Olxo‘ri gullabdi.
***
Qaytarib keladi o‘z ovozimni
Yana o‘zimga
Kuzgi bo‘ronlar.
***
Oy porlayotir.
Oyoq qo‘ydim osma ko‘prikka,
Lapangladi ko‘prik g‘ijirlab .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:25:44

***
Yurmayotgan otining
Jilovidan tortar zo‘r berib
Aravakash sovuq kechada.
***
Eshitilar oyna ortidan
Dexqon ketmonining chiqirlashlari.
Shudgorda tosh ko‘p.
***
Zilol suvli daryo,
Lapanglab oqmoqda
Suvga qulatilgan xodalar.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:26:06

***
Tutunlarda ko‘rinmay ketar
Sargashta roxib.
Olislarda yangrar qo‘ng‘iroq.
***
Chug‘urchuqlar galasi
Uchib o‘tdi tepamdan.
Eshitdim qanotlar shuvillashini.
***
Menga sovg‘a berishdi,
Uyga olib ketyapman suvli kosada
Oltin baliqchani.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:26:25

***
Qish yomg‘iri.
Xamma narsa jim.
Qirg‘oqdagi qayiq ham hatto.
***
Go‘yo itoatkor kapalakni oldiga solib
Xaydab kelayotganga o‘xshar
So‘qmoqdagi yo‘lovchi.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:26:50

Taneda Santoka xaykulari:
(1882 - 1940)

Shunday ketmoqdaman
So‘zanakni qalpog‘imga
Qo‘ndirganimcha.
***
Yolg‘iz o‘tiribman
Romlarga yelimlab
Yangi qog‘ozni.
***
Qanday va qayoqdan qaramayin
Hamon yog‘ayapti to‘xtamay
Yog‘ayapti qor.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:27:43

***
Chirildoqlar chirillar.
Berkinishning iloji yo‘q
Bu tovushlardan.
***
Hamon uchayapti
Kuzgi daraxtlarning
Yaproqlari sovuq shamolda.
***
Dam olib yotgan chog‘im
Qizil so‘zanak
Oyog‘imga qo‘ndi o‘tloqda.

Qayd etilgan