Yapon she'riyatidan: hayku va tankalar  ( 44188 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Ansora  13 Mart 2010, 14:29:51

***
Kuzgi shamollarda
Ot sug‘oraman . . .
***
Cho‘chqa menga tikildi ,
Qiziqishdan ochilgan og‘ziga
Kirmoqda kuzgi shamol .
***
Kun bo‘yi yomg‘ir yog‘di .
Men o‘yladim xasratga cho‘mib ,
Olislarda qolgan Vatanimni .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:30:02

***
Yemish so‘rab miyovlar mushuk
Lekin hech narsa yo‘q unga bergani . . .
***
Buncha ham mazali
Bo‘lmasa guruch .
Kavshanaman bir o‘zim o‘ychan .
***
Oftob qizdirmoqda
Ustarada qirilgan
Taqir boshimni

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:30:28

Isikava Tokuboku .
( 1886 - 1940 )

***
Yarim kechasi ko‘chada xayrlashayotib
O’pishgandik ikkimiz uzoq . . .
Olis kunlar yong‘ini . . .
***
Turgenevning romanin
Poezdda o‘qib ketayotib
" Isikari " dan o‘tib ketibman

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:30:50

Midzuxara Syuosi .
***
Ko‘l uzra porlayotgan oyni ,
Tomosha qilmas hech kim
Barcha sholi o‘rimida . . .
***
Binafshalar gulladi yana
Toptaldi so‘qmoqlar
Bahorgi o‘rmonlarda
***
Olmalar gullagan .
Boyagina yoqqan bahor selida ,
Oppoq gul qopladi soxil suvlarin .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:31:01

***
Oy porlar .
Qayinlar soyasi sezilmas ,
Tumanlarga cho‘mgan qayinzor
***
Bahorni kuzatayapman
Yomg‘irlarda shalobbo ivib
Bulutlar bilan yuzma - yuz , tog‘da
***
Yomg‘irli kun .
Oqin bo‘ylab oqar xrizantemalar
Ko‘rinmaydi bironta qayiq

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:31:10

***
Choy gullaydi baland qoyada ,
Shom zulmati qoplagan tog‘lar .
Olislardan ko‘tarilar oy
***
Naxotki binafsha
Yolg‘iz gulladi
Tutzorda yana . . .
***
Qaldirg‘ochlar chiyillab uchar ,
Tog‘lar orasidagi uyimning ,
Tomi ustidan .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:31:21

***
Xagi gullayotir
Asama tog‘iga chiqaman
Bulutlarni qayrib . . .
***
Jarlar aro , to‘lqinlar uzra ,
Chaykalarning ini yonida
Olxo‘ri gullar . . .
***
Berkinadi o‘t - o‘lan ichra
Tunash uchun o‘tloq kakkusi ,
Yaqinlashar tun . . .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:31:38

Akutagava Ryunoske .
***
Xatto quyonning ham ,
Quloqlari shalpayib qoldi
Qanday issiq xavo !
***
Mana tong otdi ,
Qo‘shig‘ini to‘xtatib birdan ,
Chirildoq jimib qoldi
***
Tog‘ etaklarida
Yumilib qolibdi sovuq ayozdan ,
Choy g‘unchalari

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:31:48

***
Qishki yomg‘irlar ,
Kanal qirg‘og‘idagi choyxonada
Yolg‘iz bir mexmon . . .
***
Bog‘ yo‘lakchasidagi
Ko‘lmakda aks etar
Azaliya gullari . . .
***
Qish kechasi sovuq ,
Yo‘lning ikki cheti
Bambuk o‘rmoni .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:32:04

Natsume Soseki .
***
Men kasal yotgan xonaning
Bambuk pardasida
Kuzgi kapalak
***
Kuzgi daryo uzra ,
Aks - sado yangrar .
Chayla qurishyapti uzoqda
***
Kuzgi daryo soxili ,
Topib oldim silliq , yapaloq .
Oppoq qayraq tosh . . .

Qayd etilgan