Ey Umar! Sening johiliyat davridagi hayotingdan ham bugungilarga yetarli ibrat bor. Bugungi johillar, hatto johillikni ham eplay olishmayapti. Sen qizingni ko’mish uchun yo’l olar ekansan, uni boqa olmaslikdan emas, balki, katta bo’lgach sharmanda qilmaslikdan or qilib ko’mding. Payg’ambar alayhissalomga risolat nurlari tushirilmasdan oldin ham, sen oriyat, nomus va rashk tuyg’ularini qalbingda joylab ulgurgan eding. Bugungi avlod sening o’sha davrlardagi hayotingni o’qib, biroz ajablanganda, biz bu avlodga hitob aylaymiz. Yo’q, hazrati Umar o’sha vaqtda ham hazrati Umar edi.
Siz Umarning johiliyat davrini mulohaza qilgandan ko’ra, o’zingizning hayotingizga bir nazar soling. Musulmon oilalarga bir qarang. Ulardagi xorlik va bid’atlarga cho’milib qolishlarini ko’ring. Ikkita farzand tug’ib, "œbo’ldi endi boshqa farzand tug’mayman mablag’ masalalarida iqtisod bo’ladi" degan, e’tiqod bilan, qorinlaridagi bolani olib tashlayotgan minglab ayollar xususida nima deysiz?! Umarning hayoti sizga shunchalik qiziqarli bo’lib qolgan ekan, ho’sh, nega siz johiliyatdagi Umar singari farzandingizga olti yilgina umr bermaysiz?! Nima uchun uni dunyoga keltirmaslikning turli yo’llarini izlayapsiz?! Siz kimsiz o’zi?! Siz olti yoshli qizini ko’mib tashlagan Umarning hayotini hayrat ila tinglaysiz-u, o’z qo’llaringiz bilan hatto tug;ulishiga ham to’sqin bo’layotgan farzandlaringiz xususida lom-lum demaysiz?!
Eng daxshatli tomoni shunda-ki, Umar qizini ko’mib tashlagan davrlarni eslaganda, namozini davom ettirolmagan, qulagan, yig’lagan va holdan toyguncha tavba qilgan edi. U "œo’sha payti men johil edim, Alloh o’zing aytgan sanku islom o’zidan oldingi hamma narsani kesib tashlaydi" deb, tavbasini to’xtatsa bo’lardi. Ammo, umrining oxirigacha qur’oni karimning qayerida, ko’milgan qiz farzandlari iborasi kelib qolsa o’sha joylarini alam va xasrat ila, o’qib o’tdi-ku Umar! "œAlloh meni bu gunohim uchun kechirarkanmi" deb, nadomat chekkan ham hazrati Umar bo’ladi-ku! Bizning kunlarimizda esa, islomni da’vo qilayotganlar, o’z farzandlarini sun’iy yo’l bilan oldirib tashlamoqdalar, bunga nima deysiz?!