Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Umar, sen bizga keraksan!

(1/5) > >>

Hadija:
:bsm:

Umar, sen bizga keraksan!
    Sen bizga keraksan, ey Umar! Muoviya hazratlari aytgan ekanlar: "œDunyo Abu Bakrga boqmadi, Abu Bakr ham dunyoga boqmadi, dunyo Umarga boqdi, ammo Umar unga qiyo boqmadi, biz esa dunyoga botib qoldik".
    Seni juda sog’indik Umar. Bugungi kunimizga shunday keraksanki, buni so’z bilan ta’riflab berishimiz, tushuntirib berishimiz juda mushkul. Sening shu alamli kunlarimizga qiyoslanganda, sog’inchimiz o’n chandom oshadi. Ko’zlarimiz namlanadi, seni yaxshi ko’rganimizdan, sening bosib o’tgan yo’lingni hech qanday maslakka almashmaganimizdan ham, o’zimizni ba’zan yomon ko’rib ketamiz nafratimiz keladi o’zimizdan. Kufrlik botqog’idan chiqib, odillik tojini kiygan seningdek inson, har qanaqa zamonga kerakdir. Ammo bugungi kunimizga sen, juda-juda keraksan!
    Biz tarix sahifalarini o’qishni yaxshi ko’ramiz. Ko’p kitoblar, asarlar o’qiymiz. Ularning aksarida buyuklik sifatida nom olgan turli xil sarkarda va qahramonlarni ko’ramiz. Buyuk deb atalganlar aslida juda ko’p. ularning ba’zilarini yaqindan taniganimizdan so’ng bu nisbat haqqoniy emasligini tushunamiz. Ular huddi ichiga havo to’ldirilgan meshga o’hshaydilar. Negaki, ularning nomlarini sun’iy ravishda ko’taradigan odamlar bor. Ular o’zlari ixlos qo’ygan odamni ko’klarga ko’tarishdan lazzat oladilar. Vijdonga qarshi boradilar, o’zlarini tiymaydilar. Bunday odamlarga yaqinlashib, ma’lum bo’lmagan jihatlarini bilishga harakat qilsangiz, ular o’z qobiqlarini yopib oladilar. Yelkanlari suvga ko’mgan kema yanglig’, yolg’onlarni yashirishga urunadilar.
    Sen esa undaylar sirasiga kirmaysan! Shu bois ham seni sog’indik, Umar! Amirul mo’minin nomi yangraganda, behosdan hayolimiz sening jussang ila to’ladi. Oddiy odamlar o’z qusurlarini berkitishsa, sening hayoting buyukligingni yashirish bilan o’tdi. Ammo buyukliklarning son-sanog’i yo’qligidan, tarix sahifalari Hazrati Umar deb atalmish insonning adolatlari bilan bezaldi. Musulmonlar emas, balki boshqalarning ko’z yoshini oqizding o’z amaling ila. Sababi sen insonlar e’tiborini qozonish emas, balki Alloh rizosi uchun xalqqa xizmat qilding. Bizning suyukligimiz, muhtaram janobimiz payg’ambarimiz Muhammas Mustafo s.a.vning yonlarida yurishdek sharafni yuksak ishonch bilan ko’targan, Umarul Foruq, tingla! Bugungi kunimiz odamlarini, tingla ularning qilayotgan ishlarini va o’zing baho ber seni qanchalik sog’inganimizni! Sen bizga qanchalik zarur ekanligingni!

Hadija:
     Bugungi kun odamlari hayo ko’chasi qayerda joylashganini bilmaydigan darajaga tushib qolishdi. Biz seni johilyat davrida qanday yashaganingdan ham, habardormiz. Ehtimol sen Alloh taoloning qur’oni karimida kelgan, oyatlaridan yig’lagan, yerga qulagan bo’lsangda, biz o’shandagi hayotingni ham bugungilarga ibrat o’laroq, ayta olamiz. Nahl su’rasining (58-59 oyat)larida Alloh taolo shunday deydi: "Qachon birovlarga qiz ko’rgani haqida xushhabari berilsa, g’azabga to’lib, yuzlari qorayib ketar va u qizni ho’rlagan holida olib qolish, yoki tiriklar tuproqqa qorish to’g’risida o’y surishib, o’ziga hushxabar berilgan narsaning, ya’ni qiz ko’rishning yomonligidan nomus qilib, odamlardan yashirinib olur. Ogoh bo’lingizki, ular bu qilmishlari bilan eng yomon ya’ni, nohaq hukm chiqarurlar".

Hadija:
      Biz bilamizki islom dini kelishidan ilgari, arablarda vahshiy bir odat bor edi. Ular qiz farzand ko’rishni o’zlari uchun or deb bilishar va ko’plari qizlarini tiriklay yerga ko’mib yuborar edilar.
Bunga sabab, dinsiz iymonsiz kimlasarning jaholat va kibr havolari bo’lib, ayrim tarixchi ulamolari bu razolatni bir voqeaga bog’laydilar:
      Uzoq o’tmishda, butun arab jazirasi no’mon ismli podshoh qo’l ostida bo’lib, barcha qavm qabilalari unga boj to’lar ekanlar. Bir yili qabilalardan biri, zimmalaridagi soliqni to’lashdan bosh tortganlarida, podshoh askarlari bositirib kelishib, u qabilaning hamma xotin halaj o’g’il qizlarini asir qilib olib ketishgan va ularni o’z qabilalariga qaytarish uchun, boj to’lanishini shart qilishgan ekan. Bu talab bajarilguncha, oradan o’tgan fursat ichida, qabila boshlig’ining qizi bilan podshohning o’g’li bir-birlariga ko’ngil qo’yib qolishgan ekan. Shuning uchun qiz boshqalar safida o’z yurtiga qaytib ketishdan bosh tortadi. Hech qanday do’q po’pisa va yalinib yolvorishlar kor qilmagach qizning otasi, qabila boshlig’i dushmaniga ko’ngil qo’yib o’zini sharmanda qilgan qizidan nihoyat darajada g’azablanib, bundan keyin qiz ko’rsa, albatta tiriklay yerga ko’mishga qasam ichadi. Shunday qilib, bu qabih odat avloddan-avlodga o’tib, tarqab ketaveradi va qachonki islom dini kelgach, qur’on bu yaramas odatni man etadi. Su’raning davomida ohiratga iymon keltirmaydigan kimsalar, eng yomon sifat egalaridir. Alloh esa eng yuksak sifatlar sohibidir. U qudrat va hikmat egasi bo’lgan zotdir degan oyatni o’qiganingda ey Amirul Mo’minin Umar, o’zingdan ketib qolganing to’g’risidagi rivoyatlarni ham tinglaganmiz!

Hadija:
     Ey Umar! Sening johiliyat davridagi hayotingdan ham bugungilarga yetarli ibrat bor. Bugungi johillar, hatto johillikni ham eplay olishmayapti. Sen qizingni ko’mish uchun yo’l olar ekansan, uni boqa olmaslikdan emas, balki, katta bo’lgach sharmanda qilmaslikdan or qilib ko’mding. Payg’ambar alayhissalomga risolat nurlari tushirilmasdan oldin ham, sen oriyat, nomus va rashk tuyg’ularini qalbingda joylab ulgurgan eding. Bugungi avlod sening o’sha davrlardagi hayotingni o’qib, biroz ajablanganda, biz bu avlodga hitob aylaymiz. Yo’q, hazrati Umar o’sha vaqtda ham hazrati Umar edi.
    Siz Umarning johiliyat davrini mulohaza qilgandan ko’ra, o’zingizning hayotingizga bir nazar soling. Musulmon oilalarga bir qarang. Ulardagi xorlik va bid’atlarga cho’milib qolishlarini ko’ring. Ikkita farzand tug’ib, "œbo’ldi endi boshqa farzand tug’mayman mablag’ masalalarida iqtisod bo’ladi" degan, e’tiqod bilan, qorinlaridagi bolani olib tashlayotgan minglab ayollar xususida nima deysiz?! Umarning hayoti sizga shunchalik qiziqarli bo’lib qolgan ekan, ho’sh, nega siz johiliyatdagi Umar singari farzandingizga olti yilgina umr bermaysiz?! Nima uchun uni dunyoga keltirmaslikning turli yo’llarini izlayapsiz?! Siz kimsiz o’zi?! Siz olti yoshli qizini ko’mib tashlagan Umarning hayotini hayrat ila tinglaysiz-u, o’z qo’llaringiz bilan hatto tug;ulishiga ham to’sqin bo’layotgan farzandlaringiz xususida lom-lum demaysiz?!
     Eng daxshatli tomoni shunda-ki, Umar qizini ko’mib tashlagan davrlarni eslaganda, namozini davom ettirolmagan, qulagan, yig’lagan va holdan toyguncha tavba qilgan edi. U "œo’sha payti men johil edim, Alloh o’zing aytgan sanku islom o’zidan oldingi hamma narsani kesib tashlaydi" deb, tavbasini to’xtatsa bo’lardi.  Ammo, umrining oxirigacha qur’oni karimning qayerida, ko’milgan qiz farzandlari iborasi kelib qolsa o’sha joylarini alam va xasrat ila, o’qib o’tdi-ku Umar! "œAlloh meni bu gunohim uchun kechirarkanmi" deb, nadomat chekkan ham hazrati Umar bo’ladi-ku! Bizning kunlarimizda esa, islomni da’vo qilayotganlar, o’z farzandlarini sun’iy yo’l bilan oldirib tashlamoqdalar, bunga nima deysiz?!

Hadija:
      Ey Umar, biz sen orqali bugungi avlod vakillariga qarab xitobimizni qilib oldik. Aslida sen bizga bus butunligingcha keraksan. Birgina farzand masalasida emas, balki barcha jabhada seni sog’indik. Ey Umar sening mardliging, odilliging omonatga vafodorliging tillarda doston bo’ldi. Rasululloh s.a.v o’z hadislarida, garchi sening shunchalik doston bo’lishingni bashorat qilgan bo’lsalar-da, senga hayronligimiz behatdir, bisyordir. Odamzod ko’tarishi mushkul bo’lgan, hayotni hotirjam yashab berishing, bizni juda ham qiynab yuboradi. Adolat oldida mardlar singari turib berishing, bizni ajablantiradi. Chunki, ey Umar! Biz juda ham o’zgarganmiz. Yo’q, sen biz deganda butun dunyo ahlini tushunma, balki, musulmonlarni tushunaver. Bizning ahvolimiz o’nglanishi uchun, sening hayoting juda lozim bo’lib qoldi.
      Bugungi avlodning hayotidan hotirjamlik, go’zallik va islomga harislik yo’qolgan. Mardlik nimaligini odamlar unutishgan desak, ozginagina mubolag’a ishlatgan bo’lamiz xolos. Haq aytilganda, kibr ustunlik qilib, "œmen buni tasdiqlamayman" deb, shunga arziydigan javob bera olmaydigan, ammo o’z fikrida qat’iy turib olayotgan minglab johillarni ko’rib, sening hayoting yodimizga tushadi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version