Bizga juda keraksan ey Umar. Har jabhada sening yordamingni ko’ryapmiz.
Hozirgi zamon erlari, ayollarni boshqara olmagan holatda ularga qo’l ko’tarishni Mardlikning cho’qqisi deb hisoblashadi.
Ammo ajib holat-ki, sen bu borada hech kim kutmagan tomondan dars bermoqdasan. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sening huzuringga xotinining hulqi yomonligidan shikoyat qilish uchun kelgan. Eshik yoniga kelib, chiqishingni kutib turgan. Shu payt eshik ichkarisida senga butun dunyoni turg’uzib o’tirg’izayotgan Hazrati Umarga, amirul Mo’miningga xotin kishi qattiq-qattiq gapirayatoganini eshitdi. Sen esa, hech bir so’z qaytarmay, jim turarding. Haligi kishi, "Amirul Mo’minin bo’la turib, yana shunchalik shiddati va salobati bilan Umarning holi shu bo’lsa, mening ahvolim nima bo’lardi" deb iziga qaytdi. Shu vaqt uyingdan chiqqaning, haligi kishining qaytib ketayotganini ko’rib, yoningga chorlaganing esingdami?! "œNima ehtiyojing bor?" deb, so’rading. U "œEy Amiral Mo’minin, xotinimning hulqi yomonligidan, tili uzunligidan, sizga shikoyat qilish uchun kelgan edim. Qarasam sizning xotiningiz ham shunday ekan. O’zimcha Amiral Mo’mininning holi shu bo’lsa, mening ahvolim nima bo’lardi dedim" deya, javob berdi. Shunda sen, "œEy Birodar, xotinimning menda bir qancha haqlari bo’lgani bois, bu qilig’iga sabr qildim. Zero, u ovqatimni pishiradi, nonimni yopadi, kiyimlarimni yuvadi, bolamni emizadi, hulbuki bularning barchasi ham unga vojib emas. Shu sababli qalbim taskin topadi, haromdan saqlanaman. Shu bois sabr qildim" deding. U "œEy Amiral Mo’minin, mening xotinim ham shunday deganida" sen "œey birodar sabr qil, u ozgina muddat holos" deding.
Sening lug’atingda mardlik degan so’zga, er kishining kuchi yetib turganida xotiniga qo’l ko’tarmasdlik ham yozilgan edi. Shu birgina voqea tufayli biz angladik, tushunib yetdik.