Kundalik post  ( 7922 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Abdulhafiz  09 Avgust 2010, 21:55:54


Onajonim! Sizni sog'inaveraman!

Inson o'zi shunaqa: yonimizda bizga bor muhabbati bilan mehr berayotganlarni ular bizga yaqinliklarida kam tafakkur qilamiz, ularning mehru muhabbatlarini kundalik bir oddiy qilinishi kerak bo'lgan e'tibordek qabul qilamiz. Vaqti kelib, bu mehr va muhabbat taftidan uzoqlashganimizda esa, o'sha mo'tabar, aziz insonlarimizni qo'msay boshlaymiz. Kunda aytiladigan "o'g'lim, yaxshi uxlab turdingmi?", "Qorning ochmadimi?", "Charchab qolmadingmi?" degan so'zlarning ham qanchalik qudratga ega ekanligini afsuski, ular oldimizda bo'lmagan paytlarda his qilamiz.

Ota-onanning farzandga mehri hech qachon so'nmaydi. Katta bo'lib, oila qurish yoshiga yetsak-da, biz uchun hamon "qo'zichog'im", "toychog'im" kabi erkalashlar ataladi. Ular bizni xuddi yosh bolalardek asrab-avaylashadi.

Bir kuni uyga borganimda so'rida erta uxlab qolibman. Kechroq uyqum qochdi. Dadam haliyam uyg'oqlar. Onamga gapiryaptilar: "Qo'zichoq rosa charchabdi, qarang, asal bo'lib uxlashini...". Men eshitib yotibman, biroz kulgim qistadi. Keyin dadam oldimga kelib: "Qo'zivoy, tur joyingga yotvol" dedilar. Men kulimsiragancha, o'z joyimga yotdim. Dadam esa nimadan kulimsiraganimni ham bilmasdilar...

Onalar... Ulardagi mehrning ta'rifi yo'q. Onalar... Ular shunday zotlarki, bizni o'ylab yig'laydilar, ozginagina mehrimizdan suyunib o'zlarini qo'yarga joy topa olmaydilar. Biz esa ularni kam eslaymiz. Qachonki boshimizga biron mushkul tushganda, o'sha mehri daryo insonimizni eslab qolamiz. O'sha beminnat, samimiy mehru muhabbatni qo'msab qolamiz...

Farzand onaning bag'ridan yaralgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, ba'zida biz yashirsak-da, ular bilib olaveradilar. Ba'zida og'rib qolganimda uyga telefon qilsam, onajonim: "qo'zichog'im, og'rib qoldingmi, yoki manga shunday tuyuldimi, bolajonim..." deya so'rab qoladilar. Yo'q, hammasi o'tib ketganini aytaman... Qayerdan bildilar ekan-a? Bir kuni ishdan kelayotib qornib qattiq siqib og'rib qoldi. Yurishga qiynalyapman. Qornimni changallagancha bekat tomon yuraman. Shunda xayolimdan o'tkazdim: onajonim yonimda bo'lganlarida hozir... Asal choy berib qornimni bog'lab qo'yardilar... Og'riq ham o'tib ketardi... Alloh-alloh! Shuni o'ylagan zahotim yarim soatdan beri meni azoblayotgan og'riqlar taqa-taq to'xtadi...

Onalarning bizga beradigan mehru muhabbatini qanchalik qaytara olayapmiz...? Hisoblashga, ijobiy javob berishga urinmang... Alllohim onalarni o'zi shunaqa bebaho qilib yaratgan. Ming chiransak ham ulardek mehr ko'rsata olmaymiz. Yagona umidimiz ularning xizmatlarini sidqidildan bajarish va roziliklarini olishdir.

Onajonim! Sizni sog'inaveraman!

18.06.2007

Qayd etilgan


Abdulhafiz  12 Dekabr 2010, 03:39:09

:as:

U ha deb shahar havosidan nolirdi. Toza havo yo'q degani-degan. U toza havo olay deb toqqa chiqdi.



Toza havo, naqadar toza havo dedi, keyin, keyin esa, sigareta tutatdi...




"Xayolga sig'magan xayollar" -dan

Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 May 2012, 21:49:11

Mavzu egasining blogida aylanib yuruvdim, mashi post chiqib qoldi:
ikkita yosh ko'ngil berib turmush qurishdi........
boshida hammasi yahshi edi ,keyin kichik muommolar bo'ldiyu,hamma tuyg'ular uchib ketdi ........janjallashishlar ko'paydi ,ular ohiri bunday yashab bo'lmasligi haqida bu ishni bir yoqli qilish kerakligi o'ylashdi lekin ajralgilari kelmasdi ,
bek o'z begoyimiga shunday dedi kel shu bog'chamizga bir ko'chat o'tkazamiz ,keyin unga 1 oylar qaraymiz keyin agar ko'chat nobud bo'lsa ajralamiz dedi ,ular niholni ekishdi va alohida yashashdi ,bir kun kechasi bek va begoyim bir birlariga sezdirmay bog'chaga chiqishdi
ikkisining qo'llarida ham suv  bor edi .

Qayd etilgan


Shuhrat_  14 Iyun 2012, 18:10:53

iqtibos tugmasi yugakan, kople qildim.      Iqtibos: Chustiy dan Kecha
20:10:48
Gunohimni yuvish uchun bitta
osh mandan
Qachon? Qayerda? Soat nechida?
To'ydagi osh hisobga o'tmaydi.

Qayd etilgan