Tun imtihoni!  ( 17672 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


forumnnb  21 Iyul 2006, 22:32:29

Assalomu alaykum!

Qayerdadir shunga o`xshash bir maqola o`qib qolgandim, adashmasam qaysi bir gazetada edi.... shu maqola menga qattiq ta`zir qilgan, o`xshamasa ham yozib berishga hrakat qilaman  :)

   Mana yurib-yurib kunni ham keh qildingiz. Endi uyga ketish kerak, soat ham 22-23 lar bo`lib qolibdi.  Mana sizga tanish yo`llar, ko`chalar....... kechasi ular qanday chiroyli ko`rinadi-ya. Nihoyat darvozangiz yoniga keldingiz, uzoqdan chiroq ko`rindi, "uxlashmabdi", deb o`ylab,  darvozani gursillatib taqqillatdingiz, ichkaridan "hozir" degan tanish ovoz eshitildi.  Darvozani sharaqlab ochilgan qulfi, sizni beixtiyor cho`chitib yubordi. Ostonada esa sizning munis onangiz jilmaygancha turardi, "Men keldim" dedingizda, o`z xonangiz tomon yo`l oldingiz, tashqaridagi ayvonda esa otangiz, sizning padari buzrukvoringiz o`tiribdi..... Sekin uyga kirdingiz, negadir jimjitlik, "bolalar uxlab qolishibdi-da" deb o`ylab, asta ularning ustiga bordingiz, ustidagi ko`rpalarni yopib, yuzlaridan o`pib qo`ydingiz.  Ayolingizning  yoniga bordingiz, "ha, umr o`taverar ekan " degan xayol bilan asta ayvonga chiqdingiz, endi ota-onangiz yo`q, ular uyga uxlashga kirib ketishgan, axir siz keldingizku. Negadir tushkun kayfiyatga tushib qoldingiz, ichingizdan nimadir zil keta boshladi.....
.......Negadir uyqungiz kelmayapti, sigareta tutatdingiz, birin-ketin ko`z oldingizdan bu kun lavhalari o`ta boshladi, ishxonadagi qaynoq hayot, ko`chalardagi transportlar va hokazo... "men keldim emish" nafratlana boshladingiz o`zingizdan, men kelganimni ular ko`rib turishibdi axir!!! uning o`rniga  hech bo`lmaganda "Assalomu alaykum" onajon, "Yaxshimisiz" otajon demaymanmi, asta onamning tizzalariga bosh qo`yib, erkalanmaymanmi, otajonimning oyoqlarini uqalab qo`ymanmanmi??? axir ular kechasi bilan sizning duongizni qilishadi..... Negadir sun`iylashib ketayapman degan xayol keldi miyangizga, hatto bir og`iz shirin gap aytishga ham.........   Ayolingiz ko`z o`ngingizdan o`ta boshladi, "ha u ham qariyapti, unga ham qiyin" degan xayol o`tadi miyangizdan. Axir u ku sizning ikkinchi yarmingiz, yo`qni bor qiladigan, mushtipar  ayolingiz, bolalaringizning onasi.......  O`g`lim hali ham yotmadingimi? degan ovozdan cho`chib tushdingiz, endi onangizga mehringiz boshqacha.... Agar sizda ham shunday bo`lgan bo`lsa........ Bilingki, tun imtihoni

Faqat bu imtihonga nima majbur qiladi, vijdon azobimi, mehrmi, hali hanuz bila olmayman, siz nima deb o`ylaysiz????????

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyul 2006, 11:28:49

Assalamu alaykum.
Juda ham go'zal, topib aytilgan so'zlar. Har birimizni iymonimini va vijdonimizni uyg;otadigan, ota-onalarimizni g'animat eknligini eslatadigan dil izhorlari. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Menimcha bu imtohonga majbur qiluvchi, ham iymon,ham vijdon azobi. Ko'proq iymon bo'lsa kerak.Chunki iymon bor inson ota-ona Allohning bergan eng ktta ne'mati deb biladi. Va ularning qadriga yetadi.

Qayd etilgan


MaxCmd  24 Iyul 2006, 13:45:13

 :)

Qayd etilgan


ikbaljohn  24 Yanvar 2008, 11:52:32

Ayol!

Ayol,sening xusnu tarovatingni,
Ming bor kuylasam gar ado bo'lurmi?
Muhabbat mulkida malika bo'lsang,
Oshig'ingdek faqir,gado bo'lurmi?

Oyog'ing o'pmoqqa keltirib yoysam
Zamin ko'ksidagi chechaklar yetmas.
Osmonni uzsamu poyingga qo'ysam
Yulduzlar bir nafas qoshingdam ketmas!

Sen onasan,desam,yonib ketar qalb,
Bu dunyo mehrga to'lib ketadi!
O'n sakkiz yoshingda bu dunyo,yo rab,
Ishq degan sahroga to'lib ketadi.

Ne-ki ishq,dilga o't,nur solguchisen,
Sensiz tilda qo'shiq,bayot bo'lurmi?
Sen jon berguvchi-yu,jon olguchisen,
Seningsiz bu hayot-hayot bo'lurmi?

Qahr etsang chaqmoq,ketadi kuyib,
Mehringdan ko'pirib ketadi ummon.
Yashaysan dunyoni boshingga qo'yib,
Alloh shu boshingni asrasin omon!

(C) Shahlo Ahrorova

Qayd etilgan


Muhammadali  26 Yanvar 2008, 11:40:34

Haqiqatta ham judayam muhim bo'lgan imtihonlardan birini ko'taribsiz. Hozirgi kunda "ko'cha handoni, uy zindoni" maqoliga tog'ri keladigan insonlar kopayib ketmoqda. Jamiyatimizdagi bazi insonlar ko'chadagi oshna oga-inilariyu, ayollar bilan juda chiroyli muomala qilib, o'z uylarida kayfiyatsiz holatda otiradilar. Qalbida iymoni bo'lgan insonlargina bu hollatlarda o'z hatosini tushunib, bu imtihonda vijdonan hatolikka yo'l qo'ymaslikga harakat qiladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  12 Fevral 2008, 00:59:38

Assalomu-alaykum.
 Bugungi kunda nafaqat tun hatto kun ham imtihonga aylanmasa holimiz harob bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtga yaqinlashib yashayapmiz.Bizlar islom ummatini ohirgilari bo'lib qolmasmikanmiz?,Amallarimiz bizlarni nimalarga boshlab ,qay hotimaga yetaklar ekan?Bu kabi savolni har lahza har soniya o'ylamasak Alloh asrasin umrimiz poyoniga qanday hotima bilan borishimiz shubhada qoladigan bir vaqtda yashayapmiz.

Qayd etilgan