"Ko'chat ek" hayriya tadbirida ishtirok eting!  ( 4592 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Y_U_R_I_S_T  23 Mart 2010, 19:49:08

Forumdoshlar tomonidan anchadan beri bir hayriya ish - ko'chat ekish rejalashtirilayotgan edi. Mana vaqti soati kelib bu hayrli ish amalga oshadigan bo'p turibti. Demak, 28 mart, yakshanba kuni ertalab soat 9.00da Toshkent shahar Hamza metro stansiyasi yonida uchrashib metro yaqinidagi Novza masjidi atrofidagi bizga ajratilgan hududga borib ko'chatlarni ekmoqchimiz.

Sizlarni ham ushbu hayrli ishga chaqirib qolamiz!

Moddiy hissa qo'shmoqchi bo'lganlar +998974112110 telefon raqamiga bog'lanib Kitayozaga (Abror aka) murojaat qilinglar.

Hasharga bevosita keladiganlar esa iltimos imkoniyat bo'lsa ish qurollari bilan kelsangizlar bag'oyatda xursand bo'lar edik.

Ko'chat ek - ham yurt obodonchiligi, ham sadaqayi joriya!


O'tgan yilgi tadbirlar haqida ma'lumot:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3445.0

Qayd etilgan