Vodiy maning iftihorim, Marg'lonim sharafi shonim  ( 35230 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Umarbek  22 Iyul 2006, 00:33:32

 Voalaykum assalom,
Siz Farg'ona viloyatidan ekansiz, man hursandman siz bilmasamda siz taqdim etgan fotosuratlar orqali, sizning ko'nglingizdagi vodiyimizga bo'lgan muhabbat yaqqol ko'rinib turibdi.
Albatta bizni vodiyimiz dunyoda yagona va netakror hisoblanadi.  Bunga albatta shak-shubha yoq.

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:54:59

Assalomu alaykum!

Ahli Marg'ilon! Qayerdasiz?

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:55:17

shoir:
Assalomu alaykum Marg'ilon ahliga!

Men ham bir necha marta shahringlarda bo'lganman. Juda chiroyli, sarishta shahar. Odamlari ham hushmuomala, hushchaqchaq.

Bir qarindoshimiz borlar. Biz borsak, qo'ygani joy topa olmaydilar. Tezda marg'iloncha osh tayyor bo'ladi.

AbdulAziz, xudo hohlasa sizlarnikiga ham borish nasib qilsin (to'ylarda!)

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:55:35

AbdulAziz:
Shoir, xudo hohlasa hammangizni taklif qilaman, kelasiz, o'zim osh qilib beraman.

Marg'ilonning qayerlarida bo'lgansiz?

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:55:46

Shoir:
Marg'ilonni Eshonguzarida qarindoshimiz bor. Bu mahallada juda uzum zo'r bo'larkan. Haliyam shu uzumning ta'mi og'zimda qolgan.

Yana "O'ram" degan choyxonalaringda ham bo'lganman. Ovqatlari judayam zo'r. Ayniqsa, marg'iloncha osh va mantilari.

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:56:10

AbdulAziz:
Eshinguzarda mani ammamlar turishadi. Haqiqatda uzumiga gap yo'q. Manam har borganimda ataylab uzum yegani u yerga o'tib turaman.

"O'ram" samovorning taomlarini manam yaxshi ko'raman. Bollar bilan ko'p borib turamiz. hatto qish paytidayam kavatakli osh qilishadi.

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:56:24

Shoir:
Eshonguzarda qanaqadir kotta kanal o'tgan-a. Buyog'ida uzumzorlar juda ko'p. Odamlarning uylaridagi so'ritoklarni ko'rib havasim kelgandi. Juda chiroyli. Ayniqsa, yozda salqin. Kuzga yaqin borsangiz, uzumlarning oltindek tovlanishini ko'rib maza qilasiz...

Maniyam qarindoshlarim 3-4 marta "O'ram"ga olib borishdi. Gap yo'q, faqat gap yo'q.

Yana "Satkak" degan joyga borgandik. Juda zo'r joy ekan, bahavo, daraxtlarning soyasi, baliqlar, qanaqadir mozor ham bor edi, adashmasam. U yerda ham maza qilgandik.

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:56:33

Assalomu alaykum Davron aka!
Qaleysiz?
O'qish ishlar yaxshimi?
Bizam yuribmiz. Ishlar yaxshi, xudoga shukr.
Shaharda aytarlik yangiliklar yo'q. Shahrimizi yubileyiga tayyorgarlik ko'rib yotibmiz.

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:56:40

Iye Shoir aka!
Marg'ilondi ancha-muncha joylarida bo'lganakansiz.
Maniyam birmuncha oshnalarim bor Eshonguzarda. "O'ram"li bollardiyam taniyman.

Satkek ja yaxshi joy. 2-3 haftadan keyin daraxtlar barg chiqarsa, atlaram jaa chiroyli bo'ladi.
Yana Marg'ilonga kesez, to'g'ri bizikiga kelo'rasiz, o'zim mehmon qilaman.

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 07:56:52

Assalom:
Assalomu alaykum Marg'ilon ahli!

Sizlarni juda yaxshi ko'raman. Judayam samimiy va qiziq, askiyachi xalqinglar bor!

Man ham birnecha marta yurtingizda mehmon bo'lganman.

Qayd etilgan