Yaxshilik qil suvga ot deyishadi, yaxshilikni birov uchun emas, balki ajrni Allohdan kutib, Alloh rizoligi uchun qilinishi kerak, ana shundagina adashmagan va aldanmagan bo'ladi insion. Biz ko'pincha kimgadir xolisona yaxshilik qildik deb (agar o'sha insondan bizga yaxshilik qaytmasa), ortidan yaxshilikni bilmas ekan deb qoyamiz. Yaxshilik qilishga qo'l urgan inson, olqish ham tanqid ham eshitishi mumkin, Alloh rizoligi uchun yaxshilik qilishga jazm qilgan inson esa bu narsalardga parvo qilmasligi kerak.
Ammo buyam kishi hayotida bir tajriba, inson bir marta qoqilgan joyida ikkinchi marta qoqilmasligi kerak. Barchamiz ojiz bandamiz hato qilishimiz, qoqilishimiz mumkin, ammo turib ketish o'zni o'nglab olishni hammamiz ham uddalay olmaymiz. Kishining qilgan yaxshiligi avvalo o'zi uchundir, Allohdan savob va ajr olishimiz begumon, ammo yaxshilik qilgan kishining ko'nglidagi chigillar, g'ashliklar, xiraliklar tarqaladi, savobga sazovor amallar ko'ngilni tozalaydi. Bu ham bu dunyodayoq beriladigan ajri bo'lsa ajab emas.
Hammani ham bir qolipda olchamaslik kerak. Yaxshilar kop dunyoda hali. Aldagan insonni esa Allohga havola qilish kerak, undoq kishilar o'zlari sezmagan holda shu qilgan amallrining jazosini olishadi.Nima bolgandayam bizni qalblarimizni yaxshilik qilishdan burib qoymasin Alloh, deb duo qilaylik.