Habaringiz borki, 21-dekabr bilan bog'liq bo'ladigan (tahminiy) ovatlardan dunyo olimlari (o'zlaricha) habar berishmoqda. Qadimgi MAYA qabilasining kalendariga ko'ra, 21-dekabr yilning tugashi hisoblanadi. Huddi bizning 31-dekabr kabi... Lekin bu yiling oxirgi kuni emas. Undan keyin 1-yanvar bor!
Hayol yoki Haqiqat NIBURU planetasining kattalik hajmi yerning kattalik hajmidan 4 (to'rt) barobar katta. U qanchalik yerga qarab kelsa, yerdagi ta'bii ofatlar shunchalik kop va katta bo'lib boraveradi. Bu haqidagi ma'lumotlarni ham bizga Maya qabilasi qoldirgan. Ammo millionlab kuzatuvlar va izlanishlar ostidagi NIBURU planetasi hozirda yani bizning davrda mavjud emas. Agar mavjud bo'lganda biz uni bilmasmidik?! Agar u ko'zga ko'rinmas holatda bo'lsa ham, atrofdagi planetalarga o'z ta'sirini o'tqazmasmidi.....?!
Huddi shu kabi Maya qabilasi 21-dekabr haqida aytib ketgan.... (chungandursiz)...
Bir qancha odamlar borki, ana shu gaplarga ishonib atrofdagi odamlarni chalg'itishadi. Yoki aytishadiki, ASTRANOMLAR bu 21-dekabr ofatini odamlardan berkitishadiganday.... Siz tasavvur qila olasizmi, har kecha, tinmay, millionlab Astranomlar kuzatuvi ostida bo'lgan samoda, biror o'zgarish bo'lsa, uni qanday xalqdan yashira oladi. Axir samoni bir emas millionlab Astranomlar kuzatib turishadi.
QUYOSHDAGI O'ZGARISHLAR Ba'zi insonlar aytishadi, 21-dekabr kuni Quyoshda ulkan portlash yuzaga keladi.... (qiziq aslida o'zlari tasavvur qila olisharmikin buni?!)
Astranomlar izlanishi davomida quyoshda portlashlarni kuzatib borishadi. U kichik portlashlar ta'bii. Ammo MAYA qabilasining aytib qoldirganiga ko'ra shu yilning 21-dekabr kuni Quyoshda ulkan portlash yuzaga keladi. U portlash natijasida yer yuzasiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.
Aslida esa, Quyoshdagi o'zgarishlarning eng katta o'zgarishlari xar 11 yilda takrorlanadi. Va shu xar 11 yilda takrorlanganda, quyosh yuzasidagi va yerning qobig'i yemirilaveradi. Ana shu xar 11 yildagi quyosh portlashi, MAYA qabilasi kolendarining so'ngi kuni 12.21.12 ga to'g'ri kelyapti Ammo hozirgi kuzatishlar natijasida, Quyosh va yerning qobig'i yemirilishi mo'tadil holatda.
21-dekabr ofatlari haqida MAYA qabilasi yozib qoldirgan va shunga qarab ba'zi olimlarimiz ham tahmin qilishmoqda. Ammo ularda hech qanday dalil isbot yo'q. "Xar bir aytilgan va qoldirilgan ta'bii ofatlarga dalil isbot talab qilinadi"
Carl Sagan
"Oldingi sodir bo'lgan ta'bii ofatlar va yer qit'asining bo'linishlariga million yillar bo'lib ketgan. Ammo biz hamon yashamoqdamiz...."
Dr. Michael