Alloh taolo O'zining Quronu Karimida qanday ismlar bilan ismlagan bo'lsa va qanday sifatlar bilan sifatlagan bo'lsa, biz ham Alloh ta'oloni mana shu Ismlari bilan ismlaymiz va Sifatlari bilan sifatlaymiz. Alloh taolo aytadiki:
Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar.(Arof surasi 180)Hamda , payg'ambarimiz sallallahu alayhi wa sallam o'zlarining ishonarli hadislarida Alloh ta'oloni qanday ismlar bilan ismlagan bo'lsalar va qanday sifatlar bilan sifatlagan bo'lsalar, biz ham mana shu ismlar bilan ismlaymiz va mana shu sifatlar bilan sifatlaymiz.
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh s,a,v: «Olloh taolloning to‘qson to‘qqizta, ya’ni bir kam yuzta ismi bordur. Kimki uni yoddan bilsa, jannatga kirgay», — dedilar».AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-BuxoriyO'zimizcha Alloh ta'ologa biron-bir Ism yo Sifat qo'yib quyishimiz mumkin emas. Alloh taoloda mana shu ismlar va sifatlar borligini isbot qilamiz. Bu ismlar va sifatlar faqat Alloh ta'oloning O'zigagina xosdir. Maxluqlardan biron-bir maxluq bu Ismlar va Sifatlar bilan sifatlana olmaydi deb e'tiqod qilamiz.
Iltimos Alloh ism va sifatlarini post qilib qo'yib borilvotganda albatta Quronda shu ismga oyat keltirishizni hamda Rasululloh s,a,v sahih Hadislaridan qo'yib borishizni so'rardim.
Biz faqat aniq hujat va dalilga ishonamiz!