Nima bo'gandayam Qarshi yaxshide.
manga Qarshi yoqmadi. Odamladan masjid qayerdaligini so'rasang, odamga ola qaraydi,lekin bilishmas ekan ko'pchilik masjidning qayerdaligini. Kechasi ko'chada tunadim.Projektor oldida. Aksiga olib tokni butun shahar bo'yicha uzishdi.Ana xolos. Ertalabgacha qotib qoldim. Keyin bir amallab Ko'k gumbaz masjidiga bordim. . Sovuqdan tishim takirlab, arang tutib turibman o'zimni. Bomdodga krayotgan bir odamdan tahoratxonani so;radim. Manga qarab "hov,shu tomonda "dedi ,ko'rsatgan tomoniga borsam, hech joyda tahoratxona yo'q. qidirib topolmadim. U ko'rsatgan tomonda axlatxona edi. Tavba .kap katta odamni qilgan ishini qarang. Jamoatdan qop ketdim. keyin majbur tayammum qilib, o'qidim,musofir namozini. Ko'nglim qoldi . Qayta bormayman deb o'yladim endi.