Assalomu alaykum, Qashqadaryoliklar!!!  ( 223595 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 B


saraton07  24 Dekabr 2010, 14:47:44


Assalomu-alaykum. Uzr saraton, 1 kishini deb butun shahardan hafa bo'lishingiz noto'g'ri, deb o'ylayman...
Tushunmadiz, manga shahar fayzsiz bo'lib tuyuldi. Aura yo'qdek....

Qayd etilgan


The_Alchemist  31 Dekabr 2010, 12:02:05

:as:

Nima bo'gandayam Qarshi yaxshide.  
manga Qarshi yoqmadi. Odamladan masjid qayerdaligini so'rasang, odamga ola qaraydi,lekin bilishmas ekan ko'pchilik masjidning qayerdaligini. Kechasi  ko'chada tunadim.Projektor oldida. Aksiga olib tokni butun shahar bo'yicha uzishdi.Ana xolos. Ertalabgacha  qotib qoldim. Keyin bir amallab Ko'k gumbaz masjidiga bordim. . Sovuqdan tishim takirlab, arang tutib turibman o'zimni. Bomdodga krayotgan bir odamdan tahoratxonani so;radim. Manga qarab "hov,shu tomonda "dedi ,ko'rsatgan tomoniga borsam, hech joyda tahoratxona yo'q. qidirib topolmadim. U ko'rsatgan tomonda axlatxona edi. Tavba .kap katta odamni qilgan ishini qarang. Jamoatdan qop ketdim. keyin majbur tayammum qilib, o'qidim,musofir namozini. Ko'nglim qoldi . Qayta bormayman deb o'yladim endi.

Assalomu Alaykum janob Saraton,

       Tugrisini aytsam sizzi qoldirgan postizni uqib judayam hafa buldim, manimcha bu tabiiy holat bulsa kerak, chunki uzim Qarshida katta bulganman, bu shahar yaxshimi yomonmi mani vatanim. Lekin hafa bulganim faqatgina buning uchun emas balki fikrlariz bir tomonlama, asossiz va judayam tor ekanidan. Chunki biror shaharga kelib 1 kun turib baho bera olaman deyish judayam hato fikr bulsa kerak. Masalan Toshkentda airoportdan viloyat taksilari joyigacha olib borib quying deb iltimos qilsangiz Toshkentlik taksis sizdan judayam katta pul suraydi  viloyatdan ekanizni bilsa. Yoki oddiy kucha kuyda yurganizda va viloyatdan ekanizdani bilishsa munosabat boshqacha buladi, hush bu bilan Toshkent fayzsiz shahar, yaxshi insonlar kam deb hammaga loy chaplash tugri buladimi? axir millionlab yaxshi insonlar borku u yerda? Yoki Samarqand va Buxoroda sizni shevangiz yoki Tojikcha gapira olmasligizga qarab munosabat bildirishadi bozorlarda, hush bu narsa ikki viloyatni madaniyatsizlik va fayzsizlikda ayblasa buladimi?
       Yoki biror bir shaharni axlathonasiga borib usha yerdan qaytib ketsangiz butun shahar axlathona ekan deyishiz tugri buladimi? Axlatxona istalgan shaharizni tashqarisida buladi, Toshkentni axlatxonasi yuqmi? biror bir turist kelib faqat usha yerni kurib, Uzbekiston axlatxona ekanku deb ketsa sizni jaxliz chiqmaydimi? Shunga uxshagan bir tomonlama fikrlaydigan turistla Uzbekistonni yomonlagan fikrlari bilan internetni tuldirib tashlagani etarli shundoq ham.
       Man aytmoqchi bulgan fikrim shuki, istagan shaharizga borishizdan avval tayin bir joyni yoki insonni belgilab olmasdan, shaharni bilmagan holizda borsangiz kuchada qolasiz, biror joyni tushuntirishda sizni qanaqa tushunganiz ham muhim, yoki yaxshi yomon inson hamma shaharda bor, siz ularni qaysi biriga tugri kelganiz ham omadizga bogliq. Axlathona masalasiga oydinlik kiritadigan bulsak Kuk Gumbaz atrofida hech qanaqa ahlatxona yuq. Sizzi oddiy bir tushuntira olmagan odam, yoki oddiy yolgonchi insonga duch kelib qolganiz butun shaharga baho berishga haqli qilib quymaydi. Ikkinchidan shaharda svetni butunlay uchurish kamdan kam holat (faqat bir holat bundan istisno, yaqinda Surhondaryoda eng katta stansiyaga yuqori tezlikdagi internet ulash ishlari olib borildi va usha vaqtda 3 ta viloyatda barcha stansiyalarda vaqtinchalik tokni uzishdi). Hafa bulmangu lekin Qarshiga baho berish salgina erta siz uchun, shaharda kam bulgansiz va bu bilan shahar fayssiz ekan deysihga haqqiz yuq!

The Alchemist

PS:Oldindan ming bora uzur surayman achchiq gaplarim uchun. Forumda mandan
     ham boshqa Qarshilik userla kup shuning uchun usha insonlardan uzur surab
     quysangiz yaxshi bulardi!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  01 Yanvar 2011, 15:32:17

Shaharda masjidni bilmaydiganlar yöq. Agar u odamning özi ham musofir bölmasa albatta. Nafaqat Qarshi, balki yurtimizning istalgan shahar va tumanining tub aholisi masjid qayerdaligini juda yaxshi biladi. Istisno holatlar juda kam bölsa kerak.

Qayd etilgan


Zulfina  03 Yanvar 2011, 15:38:39

 :as:

Shunaqangi ketgim kemayabtiki Qarshidan...
6yildan beri birinchi marta Qarshidan ketgim kemasligi. Avvallariyam bo'lardiyu, lekin bu gal boshqacha. Balkim yosh ulg'ayagan sari odam yaqinlarini, tug'ulib o'sgan joyini qadriga yeta boshlar...

Qayd etilgan


Abu Muso  13 Yanvar 2011, 12:32:54

 :as:

Qarshi oppoq qor ostida... ;)

Qayd etilgan


Ummu Muslima  13 Yanvar 2011, 14:00:31

:as:

Qarshi oppoq qor ostida... ;)
Alhamdulillah,
bizlarga ham posilka qilvorilar :)

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2011, 15:10:44

:as:

Qarshi oppoq qor ostida... ;)

 :vslm:

Anvar aka, rasmlardan joylarsiz:)

Qayd etilgan


registan  13 Yanvar 2011, 19:23:05

Shaxrsabzni ko'xna masjidiga borgandim!

Juma kuni edi. Nomi esimda yo'q masjidni lekin ming yoshli chinorlar qad ko'tarkan o'zgacha bir salobat berib turibdi!

"Hazrat Imom" masjidi.
Iqtibos

Imom ham ko'pni ko'rgan shu chinorlarday aziz nurli qiyofada gavdalangandi lekin afsus 25-28 yoshli imom ekan.

Mani taxminim bo'yicha imom 32-33 yoshlarda, ismi Fazliddinxon.
Iqtibos

Yonimda o'tirgandan anchdan beri imomlik qiladimi deb surasam xozir tuxtab turing xutbadan keyin uqiladi deydi
-kulvorishimga sal qoldi.

Balki u kishi xato eshitgandir, balki siz, nima bo'lganda ham amri ma'ruf yoki xutba vaqtida gaplashish yaxshi emas, balki u kishi ham shunaqa degandir.
Iqtibos

To'gri aqil yoshda emas boshda lekin bu imom faqat:  Endi aziz brodarlar Endi aziz Brodarlar  so'zidan naryog'iga o'tmadi hisob xutbaga tayyorlanmaganligi ma'lum edi yana tana yukini o'ng oyog'idan chapiga chapidan o'ngiga olaverib hutbasini ham unch yaxshi uqiy olmadi!

Amri ma'ruf qilishini juda qoyilmaqom deb bo'lmaydiyu lekin siz ko'pirtirib tanqid qilganingizdek ham emas.
Iqtibos

Eng qizig'i hutba oxirida bilamiz hamma ommadan xolis duo suraydi! Duo so'raganlar shunchalik ko'pki hech biri uqilmasdan qolmadi usha kuni juma vaqti ham o'tib ketdi hisobi (1 odam 3 marta alohida duo suradi)!

Shu duo so'raganlarni ismini aytib duo qilishi to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilmaymanu lekin manga ham yoqmaydi.
Iqtibos

Siz juma yoki nomoz o'qib o'tiganizda atrofizda sayyohlar tomosha qilib yuradi bularniku chunsa bo'ladi ularni olib yurgan GID musulmon bo'lsa kerak bilsa kerak nomoz o'qilyotganda diqqatni bo'lish mumkun emasligini qayda fotoapparatla shaqir shuqir qilib bir biri bilan baqirib gaplashib aylanib yuraveradilar... 

Kelganimdan buyon deyarli har hafta shu masjidga boraman, to'g'ri sayyohlar tomosha qilishadi lekin orqa tomondan, burilib qaramasangiz e'tiboringizni tortmaydigan darajada, biror marta fotoapparat shaqir-shuqir qilib baqirib gaplashishganini ko'rmagan ekanman.
Iqtibos

Agar ustki kiymizdan Shaxrisabzlikka o'xshamasangiz masjidda sotilayotga kitoblar tasbexlar mushku anbarlar 2 baravar qimmatiga narxlanadi.

Insofni o'zimizga bersin....

Shahrisabzlikka desangiz noto'g'ri bo'ladi, turistlargagina shunaqa qilishadi adashmasam. Wallohu a'lam.

P.S. Tanqidingiz millatchilar kritikasiga o'xshab ketibdi, tanqid kelajak mevasi ekanligini hisobga olgan holda qilinsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Nima bo'lganda ham tanqid uchun rahmat.

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2011, 19:25:35

Ehaaa mullo registan qalaysiz:) xush kelibsiz:) kamnamosiz?

Qayd etilgan


registan  13 Yanvar 2011, 19:33:12

Ehaaa mullo registan qalaysiz:) xush kelibsiz:) kamnamosiz?

Yaxshi Xudoga shukr, o'ziz tinchmisiz, Umar aka, Ensar ukalar ham yaxshi yurishibdimi?

Xush ko'rdik opa, xush ko'rdik!

Kamnamoligimni sababi "honeymoon"da. :)

Yozib turing.

Qayd etilgan