Namangan haqida yozilgan she'rlar.  ( 13558 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Abdulhafiz  28 Mart 2010, 10:15:22

:as:
Bu mavzuda Namangan viloyati va tumanlariyu qishloqlari haqida yozilgan she'rlar qo'yib boriladi.

NAMANGAN GO'ZAL

Tabiat Namanganga boqqan maxal
O'zi xam sevibdi degan bor masal
Ko'rishga quyosh chiqqay aylab
jadal
Qalamkashga berib biro lam g'azal
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Giyohi shifo dori to'gu qiri
Yuzi gul eli hulchilikning piri
Quyosh olmasa to'lgay oy anjiri
Anori tilodek shirin xar biri
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Tarozosiga palla uyu quyosh
Emas pahtasin vaznicha to'gu tosh
Qilur atlasin ko'kda yulduz talosh
Baland ximmatidan to'kin nonu osh
Xush ovozi ko'p, sana'ti beadad
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Quyuq so'zli mashrablar beqiyos
Bu fikrimga donstonlaridan asos
Eli manidan kiydi rangin libos
Olib suratin qo'lga, bagri'nga bos
So'ginseng ko'rarsan uni xar mahal
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Qizi soching oshiqi sochi xam
Yetishmas so'zim o'glini maqtasam
Shifo so'zlarin misli Kavkazda ham
Siyohdonga qo'ydim qonib ich
qalam
Topib yozmasang yaxshi so'zlar
uyal
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Bahodirlari Chustu, Kosonsoy, Pop
Zadaryoda mos qayda bor, bo'lsa
top
So'zing bormikan uychi madhida
bop
Kerak bo'ldi so'z gavhari qop-qop
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Etuk yangi qorg'onlik mardonlar
Yigib katta mehnatla durdonalar
Qo'shib hissa norinlik farzonalar
Zamu-samo madh etar galma-gal
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Elining yuzida vafo barq urar
Shirin xalqu, odob vafo narq urar
Bilim, ilmu fan xam razo barq urar
Bo'lib xusni olambano barq urar
Qishi, yozu, kuzu fasli xoxi hamal
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal
Namangan degan so'z shirin dil
navoz
Bu so'z qalbim ichra tarannumli soz
Butun xalqdan xam o'zim ishqiboz
Kel, ey Chustiy, bir ofarinnoma yoz
Borur senga mehru biro lam go'zal
Go'zaldur Namangan, Namangan
go'zal.
Nurulloh hoji o'g'li Nabixon Chustiy
{www.ziyouz.com}

Qayd etilgan


azizbek_mx  13 Aprel 2011, 14:47:52

Assalomdan boshlayin ushbu kalomim,
So'ylayin tarifin Namangonimiz:
Ming bor eshitgandan afzal bir ko'rgan,
Namanganga bir bor, kelib keting, siz.

Armonda Boburga panoh bo'lolmay,
So'nggi bor Mashrabning so'zin tinglolmay...
Bul g'arib diyordan xokingiz olmay
Namanganga bir bor, kelib keting, siz...

O'tmishni varoqlab ko'zyoshi tinmas,
O'rgangan ko'ngil bir o'rtansa qo'ymas,
Nahot endi Usmon Nosiri kelmas?..
Namanganga bir bor, kelib keting, siz.

Daryolar oqmoqda, yillar o'tmoqda,
Kulib uyg'ongan kun ma'yus botmoqda,
Dard-alam, xasratlar malham topmoqda...
Namanganga bir bor kelib keting siz.

Egilgan niholning qad rostlashi bor:
Boburni eslatar qo'rako'zi bor,
Mashrabga tortgan xo'p shoirlari bor,
Namanganga bir bor kelib keting siz.

Namangan uyimdur, Namangan onam,
Akamdur, singlimdur, mehribon otam,
Bu kun jannatim deb tebratdim qalam,
Namanganga bir bor kelib keting siz.

(c)Azizbek. 13.04.11

P.S:Lobar AZIZ opamizi maslahatlari bn tahrir qilindi ;D

Qayd etilgan


Nurdinboy  21 May 2011, 01:09:17



Marhabo do'stlar sizga Tungi Namangonimiz!

Qayd etilgan