Microsoft Office 2007. Yangi "Offis" ga nazar.Assalomu alaykum!
Hozir mensizlarga Microsoft korporatsiyasining Office ni yaratishdagi keyingi qadami -
Microsoft Office 2007 haqida ma'lumot beraman. Hozircha faqat
Word 2007 haqida.
Office 2007 mahsuloti 2007-yil yanvar oyida(
Windows Vista bilan bir paytda) sotuvga chiqariladi. Hozir esa Beta 2 versiyasi mavjud bo`lib, uni
http://www.microsoft.com/office/preview/beta/download/en/default.mspx dan olishingiz mumkin.
Endi qisqacha yangi Office haqida:
1. Yangi va juda qulay interfeys.
Bu interfesda hech qanday menyu yo`q. Buyruqlar knopkalar orqali ajariladi.
Oynaning yuqori qismida menyular o`rniga "lenta"(TabBar) lar qo`yilgan.
2. Birgina menyu: Fayl menyusi.
3. Aniq va tushunarli yordam(hint). Agar biror oynani ochib beruvchi knopka ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib borsangiz, bu knopka vazifasi haqida ma'lumot va shu knopkani bosganda chiqadigan oyna rasmi paydo bo`ladi.
4. Qulay qaynoq knopkalar(shortcut). Agar siz Alt klavishini bossangiz, yuqoridagi lentalarning pastki qismida ularga o`tish uchun bosish lozim bo`lgan klavish nomi chiqadi. Masalan,
Alt+H Home paneliga o`tish.
Alt keyin
H ni bosganimizda esa, shu paneldagi buyruqlar klavishlari chiqadi:
5.
Word 2007 ning yana bir qulayliklaridan biri bu matnning biror qismini belgilaganingizda paydo bo`ladigan shaffof paneldir. Bu panel matnni tahriri uchun ko`p kerak bo`ladigan buyruqlardan iborat.
6. Hozircha
Word 2007 Beta 2 da
PDF faylga eksport qilish imkoniyati bor. Bu sotuvga chiqariluvchi variantida bo`lmasligi mumkin, chunki
Microsoft va
Adobe bu borada tortishib qolishdi:).
Bundan tashqari siz
Vista ko`rinishini ham tanlashingiz mumkin. Bunda oyna ko`rinishi
Windows Vistadagi kabi bo`ladi.
Shaxsan menga yanfi Office juda yoqdi. Agar sizlar ham qiziqqan bo`lsangiz, uni ko`chirib olib ishlatib ko`ring yoki
[email protected] ga yozsangiz, men bilan bog`lanib disska yozib olishingiz mumkin.
http://microsoft.com/http://www.microsoft.com/office/preview/default.mspxhttp://www.microsoft.com/office/preview/beta/download/en/default.mspx