Meni kuldirgan holatlar  ( 53256 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


Nоdirbek  09 Iyul 2010, 22:00:32

Abiturientlik paytlarim edi. Kvartirada men va ikki do'stim o'qishga tayyorlanardik. Ularni bittasi meni yaqin insonim, bolalikdan birga o'sgan amakimni o'g'illari edi. Ikkinchisi esa o'qish davomida tanishgan lekin bir-birimiz bilan aka-ukaday bo'lib qolgan yana bir inson. Bir paytlar Ma'murjon Rahimov qalamiga mansub, "Bulbulmisiz yoki Boyqushmisiz?" nomli maqolani o'qib, do'stlarim o'zlarini "Boyqush"lar toifasidan ekanligini aniqlashdi. Menga unchalik farqi yo'q edi. Bir payt qarasam ular kunduzi uyquni urib, kechasi bilan bedor dars qilishyapti lekin kunduzi men tugatgan bo'limlarni yarmini ham tugatishmasdi. Men hayron bo'lardim. Ana shunday tunlarning birida men uyqudan oldin ularga, endi yotinglar, ertaga birga dars qilamiz dedim lekin ular ko'nishmadi, biz dars qilamiz deb turib olsihdi. Men mayli dedim-da charchaganim uchun uxlay qoldim. Bir payt nima bo'ldiyu uyg'onib ketdim, qandaydir qizlarni nomini aytib baqirishadimiye, oh, sevaman, o'laman, kuyaman deydimiye, avval hayron bo'ldim, bular test yechishyaptimi yoki....
Nonushta qilib o'tirgandik, men kecha qaysi bo'limni tugatdilaring deb so'radim, ular kecha bir test javobini topolmay rosa qiynaldik deyishdi, men esa ularga kecha tush ko'rganimni tushimda, ularning shu kecha bo'lgan suhbatlarini ko'rganimni aytdim va kulgudan o'zimni to'xtatolmasdim, sirdoshlar bir-birlariga qarab nima deyishni bilishmasdi, men esa kulgudan to'xtamasdim.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  06 Avgust 2010, 19:33:30

Bismillohir rohmanir rohim!

Ushbu mavzuni o'qib bir qiziq voqea yodimga tushdi.

Xullas bu voqea sodir bo'lganda talaba edim. Adashmasam 3 kurs edi. Ingliz tili darsi, bir hushriygina yarmi o'zbek yarmi rus o'qituvchimiz berilib dars o'tayapti. Jonajon o'qituvchimiz o'zbek tilini bilmasdilar, darsda ruscha va inglizcha gapirardilar. Kaminai kamtarin rus tilini ozgina bilardi, ingliz tilini esa umuman bilmasdi. Bu fanga uncha qiziqmaganim uchun oxirgi partalardan joy izlardim.

Hammadan orqada , kursdoshlarni kuzatib, nima qilarimni bilmay o'tirgan edim, eshik taqillab qoldi. Eshik oldida o'tirgan kursdoshim sekin o'rnidan turib, eshik tomon yo'naldi. Men kim ekan deb diqqat bilan kuzatib turibman. Haligi o'rtog'im shundoq eshikni ochib, biroz talmovsirab turdida, bizlarga qarab "Salom alaykum" desa  bo'ladimi. Bu holatni ko'rib, qotib qolibman. Hech o'zimni to'xtatolmasam deng. Boshqalarning fikri xayoli darsada bo'lgani uchun bu do'stimning qilig'ini anglaymay qolishdi. Men esa qotib - qotib kulibman, o'rtog'imning o'zi ham o'ziga kelgandan keyin kulib yubordi.
Eshik ortida bir chiroyli qiz guruhning oldi kursdoshimizni so'rab kelgan ekan. U qizgina eshikni ochgan bolani ko'rib, salom bergan va muddoasini aytgan. Bizning qadrdonimiz bo'lsa, u qizni ko'rib og'zi ochilib qolgan va unga alik olish o'rniga bizlarga qarab "Salom alaykum" deb yuborgan ekan. Ushbu voqea hech esimdan chiqmaydi. Ollohning shunday bandalari borki, kishi undanlarga ko'zi tushganda o'zini yo'qotib qo'yadi. Shunaqa gaplar!


Qayd etilgan


AbdulAzim  07 Avgust 2010, 00:56:11

 :as:
Sizning (Samarqandiy) hikoyangizni o'qib shunga o'xshash bir voqea esimga tushdi. Universitetda 1 - chi yo 2 - chi kursda edim. Bir kuni ertalab universitetga kelib, o'quv binosining eshigidan kirishda, to'satdan oldimdan zamdekan chiqib qolgan shunda "Assalomu alaykum" deyishni o'rniga "Bismilloh" deb yuborganman. Chunki har kuni o'sha eshikdan kirayotganimda "Bismilloh" derdim. O'sha kuni endi "Bismilloh" deyman deb turganimda U kishi to'satdan chiqib qolgani uchun shunday bo'lgan. Hozir ham eslasam kulgim keladi.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  07 Avgust 2010, 19:56:01

:as:
Sizning (Samarqandiy) hikoyangizni o'qib shunga o'xshash bir voqea esimga tushdi. Universitetda 1 - chi yo 2 - chi kursda edim. Bir kuni ertalab universitetga kelib, o'quv binosining eshigidan kirishda, to'satdan oldimdan zamdekan chiqib qolgan shunda "Assalomu alaykum" deyishni o'rniga "Bismilloh" deb yuborganman. Chunki har kuni o'sha eshikdan kirayotganimda "Bismilloh" derdim. O'sha kuni endi "Bismilloh" deyman deb turganimda U kishi to'satdan chiqib qolgani uchun shunday bo'lgan. Hozir ham eslasam kulgim keladi.

AbdulAzim, postingizni o'qib yumalab qoldim. O'zi hali o'zimni postim ham esimdan chiqqani yo'q edi. Sizniki o'lganni ustiga tepgan bo'ldi o'ziyam. Tani joningiz sog' bo'lsin,Ilohim!

Qayd etilgan


UzMuslim  08 Avgust 2010, 20:15:23

To'risini Aytsam Birinchi Martda Chanishev degan Familyani Ko'rib O'zimi To'xta Olmadim,Kulaverib.

Qayd etilgan


JaviK  08 Avgust 2010, 20:19:04

Men o`zimdan kattalar bilan ishlaganim uchun ko`p aka deb chaqiraman, telda ham ko`pchilik bilan aka deb gaplashaman. Bir kuni uyga ketayotganimda dadam tel qilib qoldi, kelyapsizmi? Kelishda nonushtaga narsalar olib kelishimi aytdi, Ho`p, mana ketyapman aytganlarizni olib boraman aka devoribman. Uyga kelsam dadam kulib ha uka keldizmi deganda yana yuzimga kulgu kelgan.

Qayd etilgan


Muhseena  09 Avgust 2010, 23:44:25

Bugun buvimgilarni ko'rib keldim.Shirin buvijonlarim borde ajooyib,kuldirvurishadi.Yaxshi ko'rgan buvimga telefon obergandim.Qarimasmilar hali tushunmidilar gaplashib bo'lganlaridan keyin chirog'i o'chmasa vay mana buni o'chirib qo'y pul yozib yotibdi deb baqirib qoladila  :D,keyin bilmasdan vibratsiyaga tushirib qo'yibdilar.Bir payt kimdir tel qilayotgan ekan nima bo'ldi boyidan beri pashsha go'ng'illagan ovoz keladi deb qolsalar rosa kuldim   ;D
Yana bitta buvim borla,ulayam shirin buvimla biza ulani erkalab quyoncha deb qo'yamiz.Ro'mollarini orqaga o'rab osiltirib oladila shunga quyoncha deymiz.Bugun borsam nimadir kino bo'layotgan ekan,ha nima bo'votti kinoyiz desam  ha anavi otda yurib avariya bo'ldi dilla  :D
Qariyalarni yaxshi ko'ramande,biram sodda va ajoyib bo'lishadiki...Umrlari uzoq bo'lsin...

Qayd etilgan


Nurilla  14 Avgust 2010, 09:36:28

3-4 kun oldin netdan smartimga antivirus yozib oldim, ertasiga bazasini yangilab, polni tekshirishga berudim, antivirusni o'zida virus bor ekan. Beixtiyor kulib yuboribman. Antivirusni o'zi virus bo'lganini birinchi martta ko'rishim.

Qayd etilgan


BelleQizcha  02 Sentyabr 2010, 07:41:25

Anchaaaaa kunlardan kiyin, kuldim...
beg'ubor, aybsiz yolg'oni bilmiydigan bir yosh bolla kuldirdi afsus videoga olishga imkon bo'madi,..
Boshida mana bunaqa boshlandi:
farruh  maktabga chiqdizmi?
A? o'qtuvchim rossa zo'r..
Ha zo'r qiynalmayapsizmi?
Man ikkita balonlik velek uchvoman diydi, man tog'dan kesam u bog'dan.
Endi qachon fransuscha o'rganarkansiz disam
man fransuscha bilaman didila.
Uzbekchani esdan chiqazmadizmi disam
Yo man uzbekchani bilmiman Adam bilala diydi,
Khozir qaysi tilda gaplashvosiz disam?
Man Balonda suzaman diydi...
Qottib qoman,... bizayam shunaqa bo'ganmizami?

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 14:28:06

Bugungi Ahvolimdan<o"zimi Ustimdan Qotib Qotib Kulibman..Ha Shunaqa Ham Kulguli Bo'ladimi Odam Deganaaa..

Qayd etilgan