Bugungi Kunim Hissasi  ( 37938 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


siddiqa  15 May 2010, 06:36:01

J O Y N A M O Z


Serg`alva dunyodan sokinlar  izlab,
Beorom ko`nglima taskinlar izlab.
Ziyoga intib, savobni ko`zlab
Qaytaman bobomning joynamoziga


                                     Botir Qodirov qo`shig`idan

 :as:

Aslida namozga ilk mugabbatimni uyg'otgan ham faqtgina yoz oylarida 1 oyginaga kelib bir yillik mehrlarini berib ketadigan opog'dodam (bobo) edilar .

kechagidek yodimda doim masjidda namoz o'qirdilar uyda o'qib qolsalar kaaaattttttttttaaaaaaaaaaaaaaa qizil chetiga naqsh solingan joynamozlari bor edi .

Kichkina hijolatxon (ular shunaqa chaqirqrdilar ,chaqalog'ligimda ko'tarsalar bezovta bo'luvrganimdan hijolatxon derdilar ) joynamozimni solib qo'ying .

u joynamozga 4 kishi mendaqalarni 8 tasi sig'ardi o'shanda .chetiga o'tirib men ham namoz o'qirdim .keyin opog'dodamni soqollarini yahshi ko'rardim .

negadir siqilib yurganimda ... uydan o'sha joynamozni topib oldim ,g'ariblashib egasini sog'ingan .uni avvalgidek yozidim va har doimgiday bir chetida o'qidim .

Joynamoz bor edi ...........u hozir ham bor lekin egasini sog'ingan
.

Allohim shundayin joynamoz egalariga qiyomatga qadar qabrda omonlik ,jannat bog'larini ko'rsatin turuvchi darcha ,va kenglik ila mukofotlasin .jannatlarga dahldor qilsin ,jahannam olovini ularga va hammamizga harom qilsin .............

Qayd etilgan


akmal bax  15 May 2010, 06:45:29

Haliyam kech emas, hali bor fursat
Axir vujuddamas qalbdadir quvvat
Lahzada o'zingni o'zingga ko'rsat
Ehtimol ertaga bo'lmaydi bu vaqt

Qayd etilgan


JaviK  16 May 2010, 11:27:18

Kim aybdor?

          Turli omillarga ko`ra, biz musulmonlar boshimizga tushgan  musibatlar uchun o`zimizdan boshqalarni ayblashga odatlanib qolganmiz. Islom olamining qayeriga borsang, muammo, mushkulliklarda, balo ofatlarda va musibatlarda hali mustamkachilarni, hali xalqaro uyushmalarni,, hali g`ayri dinlarni ayblashayotganini ko`rasan. Bu masalani aniqlash uchun Qur`oni karimga murojaat qiladigon bo`lsak, ayb o`zimizda ekani ko`rinadi-qoladi.  
<<Sizga qaysi bir musibat yetsa, bas o`z qo`lingiz qilgan kasbdandir va U zot ko`pini afv qilur>>  (Sho`ro surasi 30-oyat )


Shayx M.S.M Yusuf "Din Nasihatdir"

Qayd etilgan


JaviK  21 May 2010, 07:18:03

Sayfiddin qori akani o`zlari bilan ko`rishmagan bo`lsamda, maruzalarini eshitib U insonga ixlosim baland edi. Janazasiga ulgub yetib kela olmadim, qalbimni bir chetida armon bo`lib qoldi.

Qayd etilgan


JaviK  21 May 2010, 07:28:33

Bir yigit bir qizni sevib unga uylanaman deb qizga aytibdi. Qiz senga tegaman lekin bir shartim bor debdi. Qanday shart? Qaynani yomon ko`raman, onanggizni o`ldirib yuragini olib kelasiz debdi, faqat issiq sovumagan bo`lsin debdi.
Nodon yigit esa uyga borib, Onasini uxlayotgan yerida o`ldiribdi. Sovub qolmasin  deb yugura boshlabdi. Oyog`i toyib yiqilibdi, shunda Onasini yuragidan ovoz chiqibdi. "Bolam yomon yiqilmadingmi? Hech qayerin lat yemadimi?".
(Sayfiddin qori.  To`ydagi ma`ruzadan. )   

Qayd etilgan


JaviK  22 May 2010, 20:42:46


Qayd etilgan


JaviK  26 May 2010, 16:47:55

 :as: Universiadaga tayyorgarlik sababli bugun jami katta ko`cha, prostpektlar, shox ko`chalar va ularga chiquvchi mahalla boshlarini berkitib qo`ydi. Yangi bozor, Eski shahar, Va bekilgan ko`chalardagi odamni ko`rib nahot shuncha insonlar orasida yashamoqdaman deb o`ylab qoldim. Uyi, ishi tomon yo`llari berkilgan insonlarni jonhalak qaysi tomonga yurishini bilmay qolib turgan holatini ko`rib, Oxiri zamonda hech qayerga qocha olmay qilgan ishlarimizga javob berish fursati hayolimdan o`tdi. Olloh Hammamizni panohida saqlasin.

Qayd etilgan


JaviK  28 May 2010, 15:44:10

Hikmatli so`zlar:



Odam bolasini tuzoqqa tushirish uchun shaytonni eng kuchli quroli faqirlik bilan qo`rqitishdir. (Sufyoni Savriy)

Kimga yahshi kuyov uchragan bo`lsa u odam  o`g`illik bo`libdi, kimga yaramas  kuyov yo`liqqan bo`lsa  u odam  qizini yo`qotibdi.


davomini eshitish uchun [email protected] ni moy mirida joylangan.

Link qo`ysam to`g`ri kelmayapti .


Qayd etilgan


JaviK  28 May 2010, 15:56:06

Xudoga aytib beraman.(Hayrulla Hamidov)


eshitish uchun [email protected] ni moy mirida joylangan.

Qayd etilgan


JaviK  28 May 2010, 16:10:53

BENAMOZLIK

Oxiri zamonda Habibim Muhammad alahissalom ummatlari keladi. Ular qancha tashvish bilan o`ylar bilan, quloq qoqib qo`yib pulini sanash qo`yish bilan, tahoratida shikastalik bilan  ozgina daqiqada 2 rakat bomdod namozini o`qiydi seni o`qigan namozingdan afzal. degan ekan olloh taolo.
=================================================================================================================
Bir odam sayohatga chiqibdi, bir mo`ysafid kishi unga hamroh bo`libdi,  kun bo`yi yurishibdi, charchab  kechqurun bir darahtni tagiga kelishibdi, dam olishmoqchi bo`lib o`tirganida  haligi mo`ysafid qochib qolmoqchi bo`libdi shunda, ey birodar kun bo`yi birga yurdik, kech kirdi bir birga yotmaymizmi?  debdi.
Sen meni tanimading men odam suratidagi shayton edim.  Men hayotimda ollohga to`xtamay sajda qilganman, umrim davomida bir marotaba Insonga sajda qilmaganim uchun barcha ibodatlarimni hayf qilib dargohidan quvdi, Sen bir kunda Hudoning 5 marta hudoni gapini qilmayapsan. Bomdodni o`qimadin, Peshin, Asr, Shom Huftonni o`qimadin. endi senio tepanga bir balo kelib qolsa men sherik bo`lib qolmay deb qochib ketib qolgan ekan benamozdan. Sen bir kunda besh marta sajda qilmadin, Men umrimda 1 marotaba sajda qilmaganim uchun Shayton bo`lib qolganman, sen mendan ham yomon ekansan deb qochib ketgan ekan Benamozdan. (Sayfiddin qori)



davomini eshitish uchun [email protected] ni moy mirida joylangan.

Qayd etilgan