Kelajakka doir Musulmonga yarashadigan chiroyli orzu-niyyatlar qilish hammamizga ham nasib etsin inshalloh.
Rabbim qancha yashashni nasib qilgan bilmadim, lekin ko'taraolmaydigan, uddasidan chiqa olmaydigan yuk bermasin avvalo.
Sog'liqli sihhatli yashash nasib qilsin-da, qolgan orzular sekin-asta nasib bo'laveradi.
Mol-dunyoga kelsak, ko'p berib ozdirma, deydilar. Nima bo'lsa ham Rabbimiz haqqimizda hayirlisini nasib etsin. Kasallikda ham bir hayir bor, biz sahroda yo'lini ko'ra olmayotgan, ko'zi qum bilan to'lgan qullarmiz, Rabbimiz qalb ko'zimizni ochsin iloyim...
Men ham ojizona shaklda -Rabbimdan menga bergan umrini insonga hos shaklda yashashni, nasib qilgan farzandini faqat O'zini yo'lida, butun amrlariga bo'yin ekkan holda tarbiya qilishni orzu qilaman...