Mening blogim...  ( 27511 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Abdulhafiz  10 May 2010, 00:15:29

:bsm:

:as:
"œBismillah"¦" deb boshlagum,Haq

Olsin o’z panohiga,

Barcha hamdu sano bo’lsin

Borliq mulkin Shohiga.

Salovat durudlar bo’lsin

Habibi,Rasuliga,

Ul Muhammad Mustafoga —

Haqning sodiq quliga.

Haqning rahmat salomlari

Bo’lsin chahoryorlarga,

Ashoblarga, ya’ni ul dam

Ul saflarda borlarga....


"Insonnoma"-dan


Biz ham anchadan beri blog ochishni niyat qilib yuruvdik nasib bugunga ekan....

Tahrir qilindi

Qayd etilgan


siddiqa  10 May 2010, 05:48:40

 :as:

Blog muborak bo'lsin !!!!!!!!!!!

forumdoshlar o'z ijodidan she'r yozishsinmi yoki farqi yo'q ???????.....

Qayd etilgan


JaviK  10 May 2010, 09:14:11

Muborak bo`lsin Bloglar
Jamlanar eng yahshi misralar
Keldik biz ham to`rtlik bilan
Safingizda turmoqlik niyati ila

Qayd etilgan


Abdulhafiz  10 May 2010, 22:36:51

:as:

Blog muborak bo'lsin !!!!!!!!!!!

forumdoshlar o'z ijodidan she'r yozishsinmi yoki farqi yo'q ???????.....
:vslm:
farqi yo'q !!!!!!!.....
forumdoshlar o'z ijodlaridan, boshqalar ijodidan ham o'zlariga yoqqanlarini yozishuvradi...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  30 May 2010, 23:04:03

:as:

Sarob


Har inson bu dunyoga mehmondir-mehmon,
Sahro kezib otguvchi  yolovchi karvon,
Iymon qo'lin tutsalar yo'llar farovon,
Ohirati saodatli, baxtlidir har on.
Iymonni unutsalar, cho'llarda sarson,
Jaholatga botmoq ham bo'ladi oson,
Kimligini unutsa, adashsa inson,
Hayoti yaproq kabi bo'ladi hazon.
Vaqtni ortga surmoqqa berilmas imkon,
Ko'zlarda yosh o'rniga oqajakdir qon,
Jaholatdan hattoki qizarar osmon,
Sadqai odam ketgur, hazon kabi yon,
Essiz bosgan yo'llaring, kezganing tuproq,
Tuproq zarrasidan ham gunohing ko'proq,
Sarson bo'lib kezasan-kezasan biroq,
Kezgan saring manziling bo'ladi uzoq.
Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo'ladi taxting,
Islom yo'lidan ketmoq, bo'lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning  taxting,
Yiqqan barcha davlating, savlating sarob,
Hayotdagi hurmating, taxting ham sarob,
Sarobga aldanganning ahvoli harob,
Jahannamda tayindir otashin azob.
Mayli totgin ey, inson hayot lazzatin,
Lek joyga qo'y o'zganing izzat-hurmatin,
O'qib, uqib Quronni, bilgin hislatin,
Rizosi uchun Haqning qilgin xizmatin.
Shunda kezgan sahroying chaman bo'lgaydur,
Shunda bosgan izlaring uzoq qolgaydur,
Avlodlar hurmat ila tilga olgaydur,
Va albatta haqqingga duo qilgaydur!


"Islomiy she'rlar" sobshestvasidan

Qayd etilgan


Robiya  04 Iyun 2010, 10:28:51

 :as:

She'riy GULISTON ichra qadam qo'yib astagina,
Robiya o'ylar bugun nelarni yozmoq mumkin...
Qalb asta shivirlab der bugun ayyom - Jum'a,
Abdulhafiz bloglar muborak, xayrli bo'lsin!  :)


Qayd etilgan


siddiqa  08 Iyun 2010, 15:19:50

Rashkim

(Shoirdan o'qishda yig'ilish bo'lganida ,shu she'ringiz qanday hotiralar bn bog'liq ,qanday yozilgan desak
 " Yahshi hotiralar bn bog'liq ,yahshi yozilgan degandilar kulib ) :7 :7 :7 :7

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.

Ko'zim yongay senga nargis —
Ko'zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.

Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

Seni jonim dedim yolg'iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo'pol aytgan so'zimdan ham.

Visol onida ko'z ochsa,
Ne tong, tongdan ko'ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz,
Xumor ko'z yulduzimdan ham.

Senga o'n to'rtda bog'landim,
Hanuz erkin bo'lolmas dil,
O'zim dog'man, aql kirmas,
To'zimsiz o'ttizimdan ham.


Erkin Vohidov ( bu she'rni sevib o'qimagan muhlis bo'lmasa kerak )

Qayd etilgan


Shokir  09 Iyun 2010, 12:34:56

BISMILLAHIR ROHMANIR
ROHIM
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Dunyoda yashashga
qo'ymasangiz gar,
Shu sizga buyursin qaytib
beraman.
Ammo arimagay ko'nglimdan
kadar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Fitratda tug'ildim, vale'
tarbiya,
Mudhish bir holatga soldiku
soya.
Sof ta'lim neligin bilmadim
deya,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Yoshlikda g'am nima bilmay
yurgandim,
Bog'chani eng oliy dargoh
bilgandim.
Kalima o'rniga qo'shiq
o'rgandim,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Quvnab yo'l tushganda
maktabim tomon,
Jami' ilmlarga izladim imkon,
Ammo nimaligin bilmadim
Iymon,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
So'ng oliy bilim yurt o'ziga
chorlar,
Muhabbat atalmish go'zal
bahorlar.
Ustozlarim dindan etgan
bezorlar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Allohga hamd bo'lsin
qutqardi O'zi,
Qalbimga sochildi hidoyat
tuzi.
Shunda yaqinlarim burdilar
yuzin,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Aroqli to'ylarga bormay
qolsam gar,
Otamga la'nat der eng yaqin
jigar.
Ko'zimdan yosh emas
oqqanda zahar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Yodimda o'zini eng zo'r er
degan,
Namozxon bo'ldingmi, deya
jerkigan.
Bo'g'zimga qadalib yovuz
sher kelgan,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Xaq so'z yetkazilsa mard
jo'vonsherlar,
O'zingcha nelarni so'ylading
derlar.
Kecha kim eding, deb yuz
burgan ellar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Alloh ruhsat, degan oyatni
bilib,
Hayotga tadbiq et, gar desam
kulib,
Ayol zoti minar g'azabga
to'lib,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Hammaga tegishli aytilgan
so'zlar,
Xaqdan olib qochamng
jovdirar ko'zlar.
Qiyomat kelganda ko'rasiz,
do'stlar,
Xudoga hammasin aytib
beraman.
Hayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Abdulhafiz  28 Iyun 2010, 05:22:52

Sog'inch
Vatanni sog'inish nimadir asli
Chanqagan mahali suv topgan misol
Yoki oshiqlarni qiynagan vasli
To tongga qadar xayoliy visol
Vatanni sog'inish nimadir, do'stlar
Itarib yuborgan jami qo'rqinchni?!
Hatto kitoblarda eng go'zal so'zlar
Izohlab berolmas ushbu sog'inchni!
Vatanni sog'inish nimadir, balki
Og'iz yetganidir tansiq taomga!
Vatanni sog'inish nimadir? Topdim!
Quvonchdan ko'z tugul, yurakda ham nam:
Bag'rida indamay ko'zimni yopdim
U meni ezozlar ikkinchi onam!
Vatanni sog'inish tushsa gar dilga
Qarshi bo'lolmagay eng yovuz qo'rqinch.
Ishoning, dunyoda biron bir tilga
Tarjima qilinmas yagona sog'inch!

Qayd etilgan


siddiqa  14 Iyul 2010, 12:24:55

Tashvish tashlamasin yuzingga soya ,
Quvonching topmasin also nihoya ,
Men bahtiyor bo’lay bahtingni ko’rib ,
Menga shunisi bas,menga kifoya

Qayd etilgan