Umumiy bo'lim > Islom

Allohim duolarimni ijobat qil...

<< < (4/5) > >>

maknuna:
Hojat duosi va namozi.

Allohdan ishini amalgam oshishini, hojati ravon bo’lishini istab o’qiladigan namoz va duoni Abdulloh ibn Avf(r.a) rivoyat qilib, Payg’ambarimiz(s.a.v) shunday deganliklarini aytganlar:
"œKimning Allohga yoki biror odamga ehtiyoji bo’lsa tahorat olib , ikki rakar namoz o’qisin. Allohga hamd, PAyg’ambarga salovat aytganidan so’ng shunday duo qilsin:
"œLa ilaha illallohul Haliymul Kariym. Subhanallohi Robbil arshil Aziym. Alhamdulillahi robbil ‘alamiyn. As’aluka mujibati rohmatika va a’zaima mag’firotika val g’onimata min kuli birrin vas salamata min kulli ismin. La tada’li zanban illa foffartah. Va la hamman illa farrojtah. Va la hajatan laka fiyha rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn".
"œHaliym va Kariym (sifatlarining sohibi) Allohdan boshqwa iloh yo’q. Buyuk arshining rabbi—Alloh nuqsonlardan pok. Olamlarning rabbi—Allohga hamd bo’lsin. Rahmating bilan gunohlarimni ketkazguvchi sifatlarni, mag’firatingni taqozo qiluvchi, har bir yaxshilikdan g’animatni, har bir yomonlikdan salomat bo’lishni Sendan istayman. Hech bir gunohimni qoldirmay mag’firat qil. Hech bir aziyatimni qoldirmay ketkazgin. Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi, Sen xushnud bo’ladigan, roziligingga uyg’un bo’lgan hojatimni ravon qil".
Hojat namozini shanba kuni sahar o’qish afzalroqdir. Chunki Payg’ambarimiz s.a.v :"Kim shanba kuni ertalab hojatini aytsa hal bo’ladi. Uning hojati ravon bo’lishiga men kafilman",-deganlar".

maknuna:
Bir olimdan so'rabdilar:
- Bir kimsa tavba qilgan chig'ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilish mumkinmi?
Olim shunday javob berdi:
- Yo'q, qabul qilingani yo rad etilgani to'g'risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko'rsatuvchi ba'zi bir alomatlar bor:
1. Kishi o'zida gunoh qilishga mayl bo'lmayotganini ko'radi;
2. Qalbidan shod-hurramlik ketganini ko'radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda topadi;
3. To'g'ri va yahshi ahloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe'lli kishilardan o'zini uzoq tutadi;
4. Ochko'zlik qilmaydi. Oz bo'lsa ham halol yo'l bilan topilganiga qanoat qiladi. Ozgina bo'lsa ham halol yo'l bilan topgan narsalari uning ko'ziga ko'p ko'rinadi, lekin qilgan hayrli va go'zal amallari ko'p bo'lsa ham uning ko'ziga oz ko'rinadi;
5. Qalbi doim Alloh farz qilgan narsalar bilan band bo'ladi;
6. Dinini yomon ko'zlardan himoya qiladi;
7. Davomli tafakkur holida yoradi;
8. O'tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi.

maknuna:
Duo

"œEy Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug’ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni, asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg’ambari, barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo’lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli, nabiylarining so’ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad (alayhissalom)ga ehson et!".

Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko’zni oydin etajaging va o’zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir!

Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et!

Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg’ambarlarning mezonidan og’ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga yuksaltir!

Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor bo’lmasdan, razil bo’lmasdan, pushaymon bo’lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning yo’lini o’zgartirmasdan, o’zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et.

Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so’ng nafsimning bexosiyatligi, jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag’firat tilayman.
   

xojarnur:
jazakallohu xoyron.

xojarnur:
Musulmon birodarlar ,forumda yangimanu ,mahmadonalik qilib ko'p post qoldirayotganim uchun uzr. Asli mahmadona emasman. Bu islom ahli va suhbatlarini sog'inganimdan. Allohni yaxshi ko'radiganlarni Alloh uchun yaxshi ko'raman. va yana muhim bo'lgan postni qoldiraman.

Duo qilaylik! Suriyadagi musulmonlar haqqiga. Internetda uchratib qoldim. Tiriklayin yoqilayotgan musulmonlar La ilaha illalloh!!! kalimasi bilan jon berishayotgan ekan.
Duo qilaylik. Zero Alloh hamisha G'olib. Mag'rib va Mashriq Unikidir.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version