To'g'ri- iymonli, ota-onasini hurmat qiladigan, qadriga yetadigan, sog'likni ham qadriga yetadigan odamda bir sifat bor bu...U hotirjam hayot kechiradi undagi sifat bu - ''Qanoat''dir.Topganiga qanoat qiladi.
Alloh taolo bunday bandasiga - ''Iffat''ni beradi.
Iffat-birovga muhtoj bolmaslik, so'rasa, ol qulim, deb beradi.
Keragini beradi...
Insonni nasibasi
Alloh taolo har bir bandasining rizqini beruvchidir.
<<Yerda o'rmalovchi biror narsa (jonzot) yo'qki, uning rizqi (ta'minoti) Allohning zimmasida bo'lmasa!
(U) uning qarorgohini ham, oromgohini ham bilur. Hammasi aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da
(yozilgan)dir.
HUD — 6-oyat.>>
Ozimizdan qolar gap yo'q, birinchi tomon - Alloh beradi rizqimizni, desa, ikkinchi tomon esa - harakat ham qilish kerakda, deydi.
Bunday gap so'zlar oddiygina tushunchani no to'g'ri tushunganlikdan kelib chiqadi.
Aslida ikkala tomonnig gapi haq.
Ikkala tarafni qanday tushunish kerak?
Bu savolga quyidagi rivoyatdan tushunib olamiz:
Bir inson o'rmonda o'tin kesib, bozorga olib kelib sotardi.Bir kuni o'tinchining ko'zi bir qanoti singan qarg'aga tushib qoldi.Keyin o'sha qarg'ani kuzata boshladi. Qarg'a o'z rizqini topish uchun imkoni yo'q edi.Shunda bir qarg'a uchib kelib yemish tashlab ketadi. Buni ko'rgan o'tinchi ishini yig'ishtirib, yotib oladi.
Keyin o'tinchini oldiga nasihat qilguvchilar kelib, -Nega ishingni tashlab yotib olding, deya sorashadi.
O'tinchi esa, -bo'lgan voqeani aytib beradi.
Songra nasihatchilardan biri, -Qanoti singan qarg'a bo'lmasdan, yemish toshiydigan qarg'a bo'lmaysanmi, deydi.
Bundan shuni tushunamizki - Yotvosa ham Alloh rizqini beradiyu ammo yotib olish yahshi emas. Ya'ni Alloh taolo bari-bir qay holatda bo'lsamda O'zi beradi, degan etiqotda sobit turishga aytildi.
Birinchisi - Mazkur etiqod.
Ikkinchisi - Rizqni topishda-sababini qo'ldan kelganicha a'lo darajada tashkil qilib, natija haqida g'am qilmaslik. Chunki natija Allohdan. Sizga yuklatilgan vazifani ado etdingiz...
Misol:
Baliq tutish uchun (sababi qilinadi)baliq bor, deb gumon qilingan joyga boriladida tuzoq tashlanadi.Shu yerda sababi qilindi.Endi natija baliq chiqsa ham Alloh taolodan chiqmasa ham Allohdan...
Topganiga qanoat qilish haqiqiy boylikdir !
Qanoat qilsa qilmasa yozganini oladi.
Qanoat qilgan kishi pul topishda qiynalmaydi va iffatli bo'ladi.
Bir maruzadan foydalanildi.