uztermbek:
Shu-u, koreys do'stlarimizning seriallari yaxshi, ma'noli, ibratli, behayo sahnalari ham yo'q, Lotin Amerikasining mahsulotlaridan farqli ravishda. Lekin, bitta salbiy jihati - yoshlarining deyarli hammasining spirtli ichimlik ichishini ko'rsatadi. Ayniqsa, qizlarining barda o'tirib olib, ustma-ust quyib ichib, mast bo'lib gandiraklashini deyarli har bir serialida (har holda, mening nazarimda shunday) ko'rsangiz bo'ladi. Mana shu tomoni yaxshi emas-da...