Teleseriallar haqida  ( 155296 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:51:49

Dildor:

Odamlarni fikrini teleseriallar bilan chalg'itishmoqda, ayniqsa hind va meksika seriallari bilan, yoki turklarchi, ular hozir Italiya bilan aralashib ancha o'zgarishgan. E'tibor bergan bo'lsangiz, yosh qizlar ota-onasiz uyda bo'lmaganidan shu seriallardan tarbiya olyapti, o'gil bollar esa ko'chadan, albatta TVni ko'rma deb taqiqlab bo'lmaydi, lekin ko'rishiga ham ruxsat berib bo'lmaydi, hatto reklamalani ham!!!

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:52:05

Mohinur:

Seriallarni ko'rib, turmush qiyinchiliklarini ozgina unutishsa kerak-da... Yana boshqa narsalarniyam unutib yuborishayapti...

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:52:19

djdilshodbek:

Salom azizlar
O'zbek telekanallarida shunday seriallar dublaj qilishida men ularning ketgan vaqtlariga achinaman chunki ular dublaj qilayotgan serillarda ma'no bir xil ya'ni <muhabbat mojarolari>
yana hozirda Yoshlar tvda berilayotgan <Shubha> filmidagi voqealar bizning asrlar davomida rivojlanib kelgan azaliy urf-odatlar va madaniyatimizga umuman mos kelmaydi.
Ulardagi voqealar odamni zeriktiradi man umuman olganda O'zb dublajchilarini yomonlamoqchimasman faqatgina o'sha kinoni dublaj qilishga ketgan mablag'ga achinaman holos. Man arab dunyosi kinolarini tarjima qilishsa yaxshi bo'lardi. Chunki ulardagi g'oya insonni aniq bir yo'lga chorlaydi va ularda shariat qonunlari va hadislar va muqaddas islom dinimizning yog'dulari ziyolari o'z aksini topgan.
Balki mening bu so'zlarim ularga hech narsani anglatmas lekin O'zbekiston xalqining ko'p qismini yoshlar o'smirlar tashkil etadi shuning uchun ularni kamollikka bo'lgan orzusini amalga oshirish uchun kinolarda ularga qandaydir yo'l bo'luvchi ssujetlar yaratilsa maqsad muvofiq bo'lardi degan umiddaman .
Sizlar qanday firkdasizlar bu haqida aziz forum a'zolari????????????

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:52:35

Maknuna:

Judayam yaxshi gaplarni gapirdingiz.
Absurd narsa-de bu.
Davlat katta pul ajratadi TVga. Shu jumladan seriallarga ham. Lekin mana shu pullar bizning foydamizga emas, zararimizga xizmat qivotti.
Essiz, pullar, essiz, mehnat, essiz vaqt...

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:52:52

Noza:

Assalomu alaykum barcha serial ko'rishni yoqtiradiganlarga!

Esingizda bo'lsa shu bo'limda koreys seriallaridan biri "VABANK" haqida yozgan edim.
Hozir shu serialni O'zbekiston kanalidan uzbek tilida muhlislarga taqdim etishmoqda.
Serialga "Taqdir o'yini" deb nom berishibdi.
Juda yahshi serial. Ko'rishingizni tavsiya etaman

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:53:04

uztermbek:

Shu-u, koreys do'stlarimizning seriallari yaxshi, ma'noli, ibratli, behayo sahnalari ham yo'q, Lotin Amerikasining mahsulotlaridan farqli ravishda. Lekin, bitta salbiy jihati - yoshlarining deyarli hammasining spirtli ichimlik ichishini ko'rsatadi. Ayniqsa, qizlarining barda o'tirib olib, ustma-ust quyib ichib, mast bo'lib gandiraklashini deyarli har bir serialida (har holda, mening nazarimda shunday) ko'rsangiz bo'ladi. Mana shu tomoni yaxshi emas-da...

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:53:16

Mohinur:
Gaplaringizga qo'shilaman.
Haqiqatda mana shunday sahnalarni ko'rib hayron qolasan.

Balki, bu narsa ular uchun oddiy holatdir?

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:53:29

uztermbek;

He, oddiy bo'lmay ketsin...
Aftidan, rostdan ham o'zi shundayga o'xshaydi.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:53:42

shoir:

Yomonlash emas-u, koreyadagi o'rtog'imning aytishicha, koreyslar shayton suviga juda mukkasidan ketishgan ekan.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:53:55

farzonochka:
Ha, bugungi knda seriallani korish ham zararli bolib ketgan (ayniqsa yosh bollaga)

Qayd etilgan